Предыдущая публикация
Bilaman, ko’p armonlaring bor
Muhabbatni qarg’ama zinhor,
Yuragingga ko’mib qo’y meni!
Ketayapsan taqdirga ko’nib,
Orzularing chirog’i so’nib,
Ko’z yoshlaring yuzningga qo’nib,
Yuragingga ko’mib qo’y meni!
Maktublaring o’qilmay qolgan,
Meni kutib ko’zlaring tolgan
Bir so’zim bor senga atalgan
Yuragingga ko’mib qo’y meni!
Yig’lama hech entikib, to’yib,
She’rim o’qib bag’ringn o’yib
O’g’ilchangga ismimni qo’yib
Yuragingga ko’mib qo’y meni!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев