-Xm keldim. -Jinnivoy yig'layapsanmi? Nega yig'layapsan? - Qanday kulay? Axir xayrlashgani keldimku! Ertaga to'yim. Ertadan sizni boshqa ko'rolmayman. Ko'rsam ham gaplasholmayman, tushunyapsizmi?! Yig'lamaslikning iloji bormi? - Garchi xayrlashayotgan bo'lsak ham sendan oxirgi iltimos kulib xayrlash. Toki seni eslaganda doim tabassum bilan eslay. Qani endi jilmaychi. - Xo'p mana. - Exx, hatto kulgularing ham yig'i aralash. - Menga tushuntirib bering, bizga nima bo'ldi? Axir hammasi yaxshi edi. Qanday sabab borki xayrlashyapmiz? Men hamma narsaga tayyor edim. Nega qo'rqoqlik qildik? Kurashmay taslim bo'ldik? Yoki sevmaganmidingiz? Ayting, aybim nima? - Bilasanmi, har doim ham biz xohlaganday bo'lavermaydi. Mendan nafratlanishing mumkun. To'g'ri, baxtli bo'lishimizga ikki qadam qolgandi, lekin shu ikki qadamni bosib o'tolmadik. Meni sharoitimni o'zing bilasan. O'qishim bor. Uning ustiga shartnoma asosida o'qiyman. Turmush bu faqat ikki kishining birga yashashi emas. Men o'qishimni bitirishim, ish topishim kerak. Bunga vaqt kerak. Seni esa uydagilaring kutishmasdi. Yo'q, men ota-onangni ayblamayman, bular bir sabab holos. Ular faqat seni baxtli bo'lishingni xohlashdi. Hamma ota onalar kabi. Aslida birga bo'lish peshonamizga yozilmagan. O'zingni esa hecham ayblama. Seni faqat bitta aybing bor, u ham bo'lsa onang seni chiroyli tuqqan. - Siz o'zingizni o'ylayapsiz, menichi? O'ylamadingizmi? O'ylamadingiz a? Yana shoirlarday gapirishinichi. Onam meni chiroyli tuqqandan ko'ra, baxtli tug'sa bo'lmasmidi? Axir men sizga sodiq qolmoqchi edimku. Endi odamlar sevgiga ishonmay qo'yadi. - Mana bu daraxtga qara, hu anavi sarg'aygan bargni ko'ryapsanmi? U ham daraxtiga sodiq qololmay uzilib yerga tushdi. Bu tabiat qonuni, shu kabi hayotimizda ham biz istamagan qonunlar bor. - Sog'insamchi? Nima qilaman? - Bilaman senga tanlashgan yoring yaxshi inson. Har taraflama o'zinga mos. Keyin bolalar, rozg'or, uy yumushlari bilan sog'inishga vaqting bo'lmaydi. Yoningda ko'rkam yoring ham bo'ladi. -Sizchi? Sog'insangiz nima qilasiz? - Meni o'ylama. Sog'inchimni yuragimga ko'mib qo'ydim. Aslida hammadan senga qiyin bo'ladi. O'zga qo'llarga, o'zga muhabbatga, boshqa barmoqlar sochlaringni o'ynashiga ko'nikishing kerak. Endi o'zga ovoz seni erkalab suyushiga chidashing kerak. Buning uchun esa senga katta kuch va sabrkerak. Senga Allohdan katta kuch va sabr tilab qolaman. - Bunaqa gaplarni gapirmang, battar yig'lab yuboramanku. -Mana ro'molcha. Voy uzr, o'rganib qolibman. Doim xafa bo'lsang yoshlaringni artib qo'yardim. Endi bu gunoh. Yoshlaringni o'zing artib olaqol. -Meni "yig'lama" deb o'zingiz yig'lapsizku. Ana ko'zingizda yosh ko'rindi. - Jinnivoy bu quvonch yoshi... Axir ertaga sen orzu qilganday oq libos kiyasan. Ertadan seni "kelinchak" deb atashadi. Shirindan shakar og'il qiz farzandlaring bo'ladi. Afsus bu go'zallikni ko'rish menga nasib etmas ekan. Shuni bilamanki sen dunyodagi eng go'zal kelin bo'lasan... Boshqalarga o'xshab "Meni unutma" demayman. Chunki meni har bir eslashing senga gunoh bo'ladi. Men gunohkor bo'lishingni xohlamayman. Bir tush kabi meni unut. Shu paytgacha shirin tushlar ko'ryotgandik, uyg'ondik deb tasavvur qilda hatto endi eslama. Agar sen tush bo'lganingda edi bir umr uyg'onmay uxlashga rozi edim. Sendan so'ngi iltimosim, menga qilolmagan vafoni jufti halolinga qil. Doim kulib yur, kulib yasha. Senga kulish yarashadi. -Sizchi? Siz nima qilasiz? - Meni o'ylama dedimku. Buncha qaysarsan? Men taqdirning masxaraboziman. Taqdirimdagini ko'raman. - Nima endi sizni hatto hayolan ham o'ylay olmaymanmi? Hatto hayolimda ham sog'inolmaymanmi? Gunohmi?Chiday olarmikinman? Sizdan ham iltimos, siz ham tezroq uylaning. Faqat mendan chiroyliroq, vafoliroq bo'lsin yoringiz. Doim sizga g'amxo'rlik qilib, mexriboningiz bo'lsin. - Buni vaqt ko'rsatadi. Biz sevdik, sevildik. Demak baxtli bo'lishga xaqlimiz. Baxtli bo'lamiz ham. Menga bir narsa taskin beradi. Bizda baxtli kunlar bo'lgan. Eslasak arzigulik xotiralarimiz bor. Eng muhimi bir-birimiz orqali muhabbatni angladik. Mening yashashim uchun shuning o'zi kifoya. Telefoning jiringlayapti. Qo'ng'iroqqa javob ber. Menimcha u qo'ng'iroq qilyapti. - Xm u telefon qilyapti. Ketishim kerak, lekin hecham ketgim kemayapti. Qani vaqt to'xtab qolsayu shu yerda qolsam. - Boraqol endi, quchog'imdan uch. Bor, boraqol. Seni kutib qolishdi. - Yana ozroq, ozgina qolay. - Boraqol endi ayiqcha ). -Xm, xo'p mana ketyapman. Yaxshi qoling. Baxtli bo'ling! - Sen ham baxtli bo'l! Asta-asta qadam tashlab ketayapsan, yerda yotgan xazonlar qadamlaringdan shitirlab ayriliq simfoniyasini chalayotgandek. Orqanga bir bir qarab qo'yasan. Ko'zlaring "Olib qoling" deya mo'ltirayotgandek. Goho "Xayr" deb qo'lingni ko'tarib qo'yasan. Oxirgi qarashda yig'i aralash kulib qo'ydingu, bulutlar ortiga berkingan quyoshdan ko'rinmay ketding... Sen ketding. Faqat ayriliq qoldi sevgimizdan. Xazonlar guvohligida mana shunday xayrlashdik bizlar. Yana bir sevgiga qo'yildi nuqtalar... •••
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев