A” litsenziyasi uchun tahsil olayotgan murabbiylar 8-noyabr sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, argentinalik mutaxassis uchrashuv davomida murabbiylarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tgan. Shuningdek, murabbiylik sohasi bo‘yicha turli masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, mazkur o‘quv kursida 24 nafar murabbiy ishtirok etmoqda. O‘quv kursini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga koordinator Oybek Davletmuratov yordam beryapti. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar 2019-yildan boshlab Pro-ligada bosh murabbiy, Superligada yordamchi murabbiy, terma jamoalarda esa murabbiy bo‘lib ishlash huquqini qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng murabbiylar 2 yil davomida murabbiy sifatida faoliyat yuritib, keyin “Pro” litsenziyasi uchun o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
https://t.me/sibir_shifo_salomatlik_uchun
https://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=55405710999557&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=5679&_aid=groupOwn
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев