+19
DIQQAT! Hikoya o'zida nenormativ so'zlarni
mujassam etgan!
Taxminan tungi soat 3.15. Men tepa qavatdan
kelayotgan yoqimsiz tovushlardan uyg'onib
ketdim! Huddi tepada yashovchi qo'shnilarim, o'z
munosabatlarini tunda hal qilishga kelishishgan
ko'rinadi. Va bu dushanba ish kunining tungi 4-
soatiga to'g'ri kelganini qarang! Men sizlarga
ularning oilasi haqida qisqacha ma'lumot berishim
kerak albatta. Piyonista er, uni ichganini 20 metr
uzoqdan sezish mumkin, idish yoki kir
yuvgandan so'ng mazg'avasini derazadan
to'kuvchi yog' bosgan xotin, baxtga qarshi
ularning – o'n ikkiga kirgan Ivan ismli o'g'li Dauna
sindromi bilan kasallangan. Uning yoqtirgan
mashg'uloti podyezd bo'ylab yugurib duch
kelgan eshik qo'ng'irog'ini jiringlatib qochish,
menimcha bu undan ifodalab bo'lmas lazzat oladi,
yana kim bilsin. Krovatdan turib, qo'shnilarimni
birma-bir so'kib oshxonaga yo'l oldim. U yerda
chiroqni yoqib, tamaki chekdim, so'ngra bir
stakan suv ichib oynaga qaradim. Tashqarida iliq
yozgi tun edi, odamlar yo'q.
To'g'rida… soat to'rt bo'lsa, jin urgirlar! Qiziq, lekin
meni uyg'otgan ovozdan boshqa narsa
eshitmadim, shuning uchun o'z krovatimga yotib
ko'rayotgan tushlarni davom ettirishga qaror
qildim. Ko'zimni yopmasimdan oldin, tepadan
eshitilgan qattiq ovozdan krovatimdan ag'anib
tushdim, huddi nimadir yerga yiqilgandek edi.
Menimcha hozir shift ustimga tushsa kerak deb
o'yladim. «La'nati, onangdi seni» miyyamga
kelgan birinchi so'kish so'zi shu bo'ldi.
Shoshilinchda djinsi shimimni kiyib tepaga
chiqishga taradudlandim. Kayfiyatim tushib
ketgandi, uyqum kelardi, lekin yo'q... bu piyonista
tepada nima qilayotganini bilishim kerak! Chiqish
eshigini ochganimda podyezdning chirog'i urib
sindirilganligini payqadim, tashqari deyarli
ko'rinmasdi. Shkafdan fonus(фонарь)ni olib, tungi
sayohatchidek yo'lga tushdim. Bir qavat tepaga
ko'tarilib, men notinch oila eshigining qarshisida
turardim. Eshik tirqichi(глазok)dan kvartiraning
koridorida chiroq yonayotgani sezish mumkin
edi. Biroz to'xtab, eshik qo'ng'irog'ini bosdim.
Lekin hech qanday javob reaksiyasi bo'lmadi.
Yana bir martda bosdim. Hech qanday natija
yo'q!
13:02 Барон Аристократ ТD
"E o'lib ket hammang"
- past ohangda so'kinib ketmoqchi bo'lib
turgandim,birdan tirqichdan chiqayotgan nur
yo'qolib qoldi. Narigi tarafdan kimdir meni
kuzatayotgandi. «Eh, va nihoyat!» - o'yladim men
va aslida nima bo'layotganini tushintirib beruvch
uy egasini kuta boshladim, lekin hech qanday
harakat yo'q. Men qorong'u podyezda huddi Alan
Ueyk kabi fonus bilan turardim, eshikning narigi
tarafida kimdir meni kuzatib turardi. Hodisani
yaxshilab o'rganib chiqdim va ahvolim og'irlashdi,
bu yerdan tezroq ketishga qaror qildim. Daxshatli
nigohni ortimdan kuzatib qolishi meni battar
qo'rqitdi. Lekin o'zimni o'zim tinchlantirdim. Men
zinadan pastga tushayotganimda, hushimdan
ketishimga oz qoldi – daxshatli tovush bilan
qo'shnimning eshigi qiya ochildi. Turgan joyimda
to'xtab qoldim, shuni sezdimki yuragim ikki
marotaba tez urayotgandi.
Bor kuchimni to'plab fonus bilan qo'shnimning
eshigini yoritdim. Eshik hiyla ochiq edi, lekin u
yerda biron harakat sezmadim.
«Tiriklar bormi?» - hazl ohangida so'radim.
Yana hech qanday javob yo'q. Shu holatda yarim
daqiqa turib, axiri hozir kvartiramga kiraman
eshikni qulflayman, krovatimga yotib uyqiga
ketaman degan qarorga keldim. Tez-tez qadam
tashlab pastga tushdim kvartiramga kirib, eshikni
qulfladim va krovatimga yotdim. Men tinchlandim
va quyidagi voqeadan kulgim keldi. O'smir yigit
(27 yoshli) qorong'u va piyonistdan qo'rqsa-ya
uyat![23] Endi uhlayotganimda eshikning
qo'ng'irog'i chalindi. Hamma fikrimni bir joyga
yig'gunimcha, eshik qo'ng'irog'i uch martadan
chalindi.
13:49 Барон Аристократ ТD
Men o'rnimdan turib tirqichdan mo'raladim.
Kvartiramning qarshisida ularning o'g'li - Ivan
turardi. Uning bir qo'li eshik qo'ng'irog'ida, birida
esa tinmay burnini kavlardi. Men uni
ko'rganimdan biroz hursand ham bo'ldi, axir
odamsiz podyezda odamni ko'rish senga dalda
beradi! Bu holat menga 90-yillardagi qo'rqinchli
filmlarni eslatib yubordi. Navbatdagi qo'ng'iroq
e'tiborimni tortdi.
«Tinchlikmi?» - undan so'radim. Ivan burnini
kavlash bilan band edi. Jaxlim chiqib, eshikni
qulfladaim Ivanni qo'lidan tutdimda ularning
kvartirasiga yo'l oldim. Ko'zim qorong'ulikga
moslashib qolgandi, shuning uchun fonus
olmadim. Tepaga ko'tarilayotganimizda u tinmay
yig'ladi. Uyga kirgisi kelmayotganligi ko'rinib
turardi, lekin juda qattiq chiranmadi. Ularning
uyida chiroq ko'rinmasdi podyezd ham uy ham
qorong'u! Sukunatni Ivanning chuqur ho'rsingani
buzdi. Meni qo'rquv bosdi. Huddi dunyodagi
barcha daxshatning manbayi shu uydek. Men
Ivanga qaradim, u uyi tarafga alanglab qarab
turardi. «Dada» - dedi. Uning ovozi podzeyda
aks-sado bilan jarangladi. Men esa hech kimni
ko'rmadim. «Qani, Ivan, uyga bor» - unga sekin
pichirladim. O'z-o'zimdan uyalib ketdim, kichkina
bolakayni uyiga kuzatib qo'yolmadim-a! Lekin
boshqa ilojim ham yo'q edi. Men va Ivanni
orasidagi masofa uzoqlashdi. U oldinga tikilib
turardi. Orqa fonda men qandaydir sharpani
ko'rdim.
14:10 Барон Аристократ ТD
Birdan Ivan men tarafga qaradi va kulgi aralash
bor ovozi bilan, men eshitishni istamagan gapni
aytdi.
«DADAM OYIMNI YEB QO'YDI!»- dedi u va bor
ovozi bilan kula boshladi. Quloqlarimga
ishonmayman. Bu gap meni juda ham katta –
tahlikaga soldi.
Yuragimni to'xtashiga bir lahza qoldi.
«Nima?» - so'radim men va zinadan pastga
o'qdek otildim. Lekin javoban menga «gg-gg»
tushinarsiz ovozlar eshitildi. Qandaydir lahzada
ortimdan nimadir yerga qattiq urilgani eshitildi.
Shu ovozdan so'ng Ivanning og'ir nafas olishi
ham yo'qoldi. Miyyamdagi nerv tolalari
tugagandek edi! Oradan biroz vaqt o'tib
yuqoridan oyoq tovushlari eshitila boshladi. Bu
meni ancha tetiklashtirdi (qo'rquvdan) qadamimni
tezlashtirdim. Miyyamda millionlab hayollar fikrlar
kezardi tepada nima bo'ldi ekan. Lekin hozir
maqsad bitta tezroq uyimga kirib olish. Eshigim
qarshisiga kelib shoshilib cho'ntagimdan bir
uyum kalitlarni oldim.
Atrof qorong'iligi uchun kerakli kalitni topish qiyin
bo'ldi.
«Garajniki, javonniki, dachа…» - birma bir sanab
chiqdim. Bu vaqtda oyoq tovushlar
yaqinlashgandi. Kimdir mening oldimga kelyapti,
blin!!! Yig'lagim keldi. Chiroqni yoqib hech qanday
qo'rqinchli narsa yo'q ekanini ko'rgim keldi.
Uyg'ongim keldi qaniydi bularning barchasi –
qo'rqinchli tush bo'lsa.
«Mana u!» - hursandligimdan baqirdim va kalitni
qulfga soldim.
18:21 Барон Аристократ ТD
Qulfni ochib men ichkariga kirdim! Bo'ldi men
havfsiz joydaman! O'girilib eshikning tutqichini
o'zimga tortmoqchi bo'ldim, o'girilganimda...
odamning sharpasi ko'rindi. Uning nafasidan
qayd qilib yuborishimga oz qoldi. Umrimda
bunday jirkanchlikni sezmagandim! Meni
qarshimda turgan mavjudot harakatlanmasdi.
Orqaga qadam tashlab - men qo'lim bilan chiroq
yoqgichni qidira boshladim. Sharpa esa oldinga
qadam tashladi. Men bu holatdan shunday
hayratda edimki, qo'rquv meni bir lahzaga tark
etganday bo'ldi! Lekin uning o'rniga tabiiy vahima
keldi. Va nihoyat chiroqni yoqdim: Qarshimda
inson emas maxluq turardi. Uning sochlarining
yarmi yulingandi. Tanasi noodatiy oq tusga
kirgan, havorang vena tomirlari ko'rinib turardi.
Ko'zlari qop-qora tusga kirgandi. Qo'shnimning
Ko'kragidan etigigacha – qon edi. Katta ochilgan
og'iz, undan tomayotgan qon, qo'rqinchli qiyshiq
tishlar! Uning yuzidan hech narsani anglab
bo'lmasdi. Men nigohimni pastga qaratdim,
qo'shnim xotining yog'li qo'lini ushlab turardi. Biz
bir-birimizga 5 soniya tikilib turdik. Birdan u
baqira boshladi. Shu onda men o'zimga keldim,
miyyamga faqat bir fikr keldi «QOCH!». Bor
kuchimni yig'ib kvartira eshigini berkitishga
tushdim. Qutirgan qo'shnim, uni maxluq desam
to'g'ri bo'lardi, eshikka tashlandi. U eshikni
ochishga emas uni buzishga harakat qilardi. U
eshikni tirnar, boshi bilan urar, tishi bilan o'yardi,
huddi itdek. Men tortqichni mahkam ushlab jim
turardim, meni telefonim yo'lakdagi kurtkamda
edi, agar eshikni qo'yib yuborsam u bu yerga
kirib, meni huddi o'g'li va xotini o'ldirgandek
qiymalab tashlaydi. Hammasini eshitib turardim,
meni eshigimni u tinmay urar tirnardi, shu
holatda men tong otgincha chidadim. Yorug'
tushganda meni qavatimdagi qo'shni eshik ochila
boshladi – u yerda qariya bir kampir turardi.
Men bor kuchimni yig'ib baqirdim «QOCHING!!!».
Maxluqning ovozi bir necha daqiqaga tindi.
So'ngra qo'shnimning baqirgani eshitildida yana
hammayoq sukutga cho'mdi...
Tongda bu yerga politsiya hodimlari kelib meni
so'roq qilishdi.
18:21 Барон Аристократ ТD
Ular qo'shnimning uyida boshi vannada bir qo'li
oshxonada maydalanib ketgan ayolning jasadini
topishibdi. Bu qo'shnimning xotini edi. Podyezda
esa boshi uzilgan Ivan uning boshining yarmi yeb
bitilgandi, undan nariroqda esa ikki oyog'i uzilgan
qo'shni ayol. Men politsiyaga hammasini aytib
berdim. Politsiya "qo'shnim"ni qutirgan it tishlab
olganini taxmin qildi, yana kim bilsin! Lekin uni
boshqa hech kim ko'rmadi hattoki politsiya ham.
Har tunda meni eshigimni kimdir qattiq tirnaydi,
tovushlar eshitiladi! Lekin sizni ishontirib
aytamanki boshqa hech qachon tunda tashqariga
chiqmayman... Tamom
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Menimcha daydi itlarni odamlar yep quyvoti