Bir kuni o`rtog`im meni 35 yil oldin tashlab
qo`yilgan o`likxonaga "ekskursiyaga"
chaqirdi. Men rozi bo`ldim va ertasi kuni
fotoapparatni olib, 4 da do`stim bilan o`sha
manzilga ravona bo`ldik. Ko`p o`tmay
ko`zimiz qo`rqinchli va tashlandiq o`likxonani
ilg`adi. Biz binoga kirdik. Qarshimizdan
qorong`u va vahimali yerto`la ochildi. Agar
yolg`iz bo`lganimda hech qachonu yoqqa
kirmagan bo`la edim. Ammo oldimda
do`stlarim borligi uchun ham unchallik
qo`rqmas edim.
Fonarlarni yoqib 2tadan bo`lib yerto`laga
tush boshladik. Biz ko`rgan birinchi g`alati
narsa bu tomdagi simda nogironlar
kalyaskasining, qotib qolgan qon bilan osilib
turgani edi. Atrofda temir tuvaklar, qonli
bintlar va har xil tibbiy axlatlaryoyilib turar
edi. Biz atrofdagi narsalarni sinchkovlik bilan
ko`zdan kechirayotganda birdaniga yurakni
titkilab tashlovchi qichqiriq ovozini yeto`la
qaridan eshitdik. Oddiy inson bunaqa
qichqira olmas edi Hammamiz qo`rqib ketgan
holda eshikka qarab otildik. Eshikka qarab
yugurayotganda ortimizdan nimaningdir
og`ir qadamlarini eshitdik. o`z vaqtida
eshikdan chiqib uni atrofda yotgan temir
gi`sht va boshqa qurilish axlatlari bilan
berkitib tashladik. Shu shu biz u yerga qaytib
bormadik. Ammobiz, o`sha nimadir boshqa
yo`ldan ozodlikka chiqishidan, yoki bizga
o`xshagan qiziqqonlaruni bilmasdan ozod
qilib qo`yishidan qo`rqamiz. Bizga o`shanda,
yerto`laning tubiga kirib bormaganimiz
uchun omad kulib boqdi deb o`ylaymiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3