©... Hayot haqida 5 ta quvnoq saboq
1. Supermarketda birga ishlaydigan sotuvchi, hisobchi va ish boshqaruvchi tushlik qilishga ketayotganlarida eski bir chiroqni topib olishibdi. Chiroqni ishqalashgan ekan, undan Jin chiqibdi va shunday debdi: “Har biringizga bittadan tilak beraman”
“Men birinchi! Men birinchi!” debdi hisobchi,- “Men Bagam orollariga borishni va tezkor qayiqda maza qilib suzishni xohlayman” "Poof!" U g'oyib bölibdi. “Endi men! Endi men!” debdi sotuvchi,- “Men Gavai oroliga borishni, shaxsiy massajchim bilan sohilda toblanishni xohlayman” "Poof!" U ham g'oyib bölibdi. “Yaxshi, endi sening galing”, debdi jin ish boshqaruvchiga. U shunday tilak tilabdi: “Boyagi ikkalasining tushlikdan söng ishga qaytishini istayman”
Birinchi saboq: Har doim boshliqning birinchi gapirishiga qöyib ber.
––––––––––––––––––––––––––––
2. Bir kishi ishdan uyiga qöng'iroq qilsa, göshakni 8 yoshli qizi kötaribdi:
- Salom shirinim, bu dadang. Oying telefon yaqinidami?
- Yöq, u möylabli amaki bilan yotoqxonada shashka öynayapti.
Narigi tarafda biroz sukunatdan söng dadaning ovozi eshitilibdi:
- Lekin qizalog'im, sening möylabli amaking yöqku?
- Ha, men ham avval shunaqa deb öylardim..
Yana biroz sukunatdan söng haligi kishi qizchaga iltimos qilibdi:
- Qizim, göshakni yerga qöyda, borib oyingning yotoqxonasi eshigini taqillat va yölda dadamning mashinasi kördim, deb baqir, maylimi?
- Xöp, dadajon. Hozir...
Birozdan söng qizcha qaytib keldi.
- Allo...
- Nima böldi shirinim?
- G'alati böldi, oyim baqirib yotoqdan chiqdida uy böylab yugura boshladi. Zinadan yiqilib boshini yorib oldi, hozir hech narsani eslay olmayapti.
- Möylabli amakichi? U nima qildi?
- U ikkinchi qavat derazasidan basseynga sakradi. Ammo özingiz ötgan haftada basseyn suvini böshatgandingizku. Menimcha u öldi.
Biroz jimlikdan söng, ota qizchadan söradi:
- Basseyn? Lekin, mening uyimda basseyn yöqku? Bu 486-57-31 mi?”
- Yöq, bu 486-57-13.
- Kechirasan, qizaloq, adashibman ....!!!
Ikkinchi saboq: Hech qachon bolalarni e'tiborsiz qoldirma.
––––––––––––––––––––––––––––
3. Ayol uyga tunda keldi. Yotoqxona eshigini ochib, adiol ostidan chiqib turgan ayol va erkakning ikki juft oyog'ini körib nihoyatda g'azablandi.
Eshik yonidagi beysbol tayog'ini olib, kuchi boricha oyoqlarni zarb bilan urdi. Baqir-chaqirga parvo qilmay oshxonaga chiqdi va öziga kelish uchun ozroq suv ichdi. Mehmonxonaga kirganida, jurnal öqib ötirgan eriga közi tushdi.
- Salom azizam, - dedi eri, - ota-onang seni körgani kelishibdi. Ularga öz xonamizni berdim. Nega bunaqa qarayapsan? Hali ular bilan salomlashmadingmi?
Uchinchi saboq: Vazmin böl, "shoshilgan qiz" deb boshlanadigan maqolni unutma.
––––––––––––––––––––––––––
4. Militsiya idorasidagi jabrlanuvchi va inspektor suhbati:
- Mening xotinim yöqolib qoldi.
- Yoshi nechada?
- Anig'i esimda yöq.
- Xotirasi, sog'ligi yaxshimidi?
- Yaxshi bölishi kerak, yana ham bilmadim.
- Sochining rangi qanaqa edi?
- Mavsumga qarab özgarib turardi.
- Közining rangichi?
- Eslolmayapman...
- Qanaqa kiyimda edi?
- Tög'risi, ahamiyat bermabman...
- Yolg'izmidi yoki kim bilandir ketganmidi?
- Ha, Romeo laqabli kuchugimiz bilan ketgandi, xotinimga men sovg'a qilgandim. Uning yoshi 3 da, sog'lom, yungi malla-sariq, quloqlarining bir qismi qora rangda, közlari jigarrang, chap oyog'idagi örta tirnog'i sinib qolgan, böyinbog'i tillarang edi. Koptok öynashni, göshtli ovqatlarni yaxshi körardi…
- Keling, bölmasa avval itni qidiramiz!
Törtinchi saboq: Xotiningga sovg'a berishdan erinma, har ehtimolga qarshi sovg'a chekini asrab qöy.
––––––––––––––––––––––––––––
5. Bir odam pivo bariga kirdi va dedi:
-Кolya, Кolya! Xotiningni köchada urishyapti!
Yigit yugurib chiqdi, mushtlashuvga aralashdi, uni ham urishdi. Ertasiga ertalab, gips va bint bilan öralgan yigit reanimatsiyada öziga keldi va öylay boshladi:
- Yöq... Har qalay asabni davolash kerak. Birinchidan, men Kolya emasman, ikkinchidan esa umuman uylanmaganman...
Beshinchi saboq: Har kuni kamida 5 marta kulib qöyishni unutma! ;-)
––––––––––––––––––––––––––––
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8