©... Qisqa satrlarda: "Jonli dialoglar" 4-qism.
1. "O'zgarish..."
- Ona bölish qanaqa ekan?
- Boshqacha...
- Xomilador ekanliginingni bilgach nima haqda öylading?
- Qörqdim. Hayot tarzim özgarsa, qanday yasharkanman deb öyladim.
- Farzanding tug'ildi, endi nima haqda öylayapsan?
- Avval usiz qanday yasholgan ekanman, shu haqda öylayapman...
––––––––––––––––––––––––––––
2. "Yolg'izlik..."
- Sen yolg'izmisan yo kimdir bormi?
- Kimdir bor...Lekin hamon yolg'izman...
––––––––––––––––––––––––––––
3. "Namoyish..."
- Yur boqqa kiramiz
- Nega?
- U yerda dunyodagi eng chiroyli gullar bor!!!
- Xo'sh nima qipti?
- Seni atirgullarga ko'rsataman!
––––––––––––––––––––––––––––
4. "Muhabbat..."
- Salom azizam, yaxshimisan?
- Unchalikmas...
- Nega? Nima böldi?
- Shamollab qoldim.
- Nima??? Qanaqasiga?
- Muzqaymoq yegandim...
- Muzqaymoq yeganding??? Senga bunday salqin mavsumda muzqaymoq yemaslik kerakligini aytgandimku!!! Hayoling qayerda?? Közlarimga qara, meni ham öylaginda. Yosh bola emassanku, özingni ehtiyot qilsang bölmaydimi???
(Qiz jilmaydi, yigitni quchib shivirladi:)
- Sizni yanada köproq sevaman...
- Iltimos, tög'risini ayt, nima böldi?
- Mana shunday koyishizizni eshitmoqchiydim. Men uchun qayg'urishingiz shunaqa yoqimliki, shamollab qolishimni bilsam ham, har kuni xuddi bugungidek muzqaymoq yeyishga roziman...
- Aqldan ozibsan, lekin baribir seni sevaman...
––––––––––––––––––––––––––––
5. "Savol..."
Ayol yig‘lab o‘tirardi. Bolakay kelib so‘radi:
- Nega yig‘layapsiz?
Ayol:
- Hech kimga kerak emasman...
Bolakay ketdi. Keyinroq yana qaytib keldi:
- Aniq hammadan so‘rab chiqdingizmi!?
––––––––––––––––––––––––––––
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
2. "Yolg'izlik" Ajoyib
K
L
A
S
S