Umrimiz davomida, köplab odamlar bilan uchrashamiz: ba'zilari hayotimizda muhim örinlarni egallaydi, ba'zilari esa begona bölib qolaveradi; turli tuyg'ular ila hayotimizni yanada gözallashtirishga urinamiz. Bizni kimlardir bilan nimalardir bog'lab turadi. Ösha nimalarnidir biz rishtalar deb ataymiz. Quyidagi hikoya ham ikki kishi örtasidagi g'aroyib bir rishta haqida. Ular umuman uchrashishmagan, lekin ularni bog'lagan közga körinmas rishta inson qalbi möjizaning aynan özi ekanligiga yorqin misoldir. Hech qachon, özgalar hayotiga qanchalar dahldor ekanligingizga past baho bermang.
–––––
Bolaligimda, telefon endi urf bölayotgan vaqtlarda, uyimizda otamning telefoni bölardi. Qora rangli, devorga osig'liq turardi. Agar undagi g'ildirakni aylantirib, raqamlarni tersang boshqa telefon egalari bilan bog'lanish mumkin edi. Boshqa raqamlarni doim operator ulab berardi. Qisqa vaqt ichida, özim uchun shuni kashf qildim: telefondagi qaysidir raqamlarni terishim bilan göshakdan shunday yoqimli ovoz eshitilardi: “Operator eshitadi”. Operator juda bilimdon edi. U barcha odamlarning, restoran, shifoxonalar va hatto shahar chetidagi dökonchaning ham raqamini bilardi. Operator bilan birinchi suhbatimiz, uyda hech kim yöqligida, barmog'imni eshik qisib qolgan kuni böldi. Men nima qilishni bilmay, barmog'imni sörarkanman yodimga shu söz tushdi: “Operator!” Tezda telefon g'ildiragini aylantirib, uning ovozini kuta boshladim.
“Operator eshitadi…”
“Barmog'imni eshik qisib qoldi…”,- dedim yig'lab. Ösha lahzada yuragim tölib ketib, köz yoshlarim jumbushga kelgandi, chunki meni endi kimdir eshitayotgandi.
“Oying uydami?”,- söradi u.
“Hech kim yöq!”
“Barmog'ing qonayaptimi?”
“Yöq, lekin rangi qip-qizil, juda og'riyapti”
“Muzlatkichni ocholasanmi?”,- söradi u.
“Ha”
“Bir bölak muz olib, uni barmog'ingga qöy…”
Shundan söng, har gal nimagadir yordam kerak bölsa, operatorga telefon qiladigan böldim. Turli fanlardan savollarimga javob berardi, biror davlatning poytaxti nomi, matematika haqida ham sörardim. U yana olmaxonlarni qanday qölga örgatish mumkinligini, ular yong'oq yoki mevaning qaysinisini yeyishini tushuntirib berardi.
Bir kuni qölga örgatilgan qushcham ölib qoldi. Men operatorga qöng'iroq qilib ushbu qayg'uli yangilikni unga yetkazdim. U hamma gaplarimni jim eshitdi, keyin xafa bölgan bolani yupatish mumkin bölgan özi bilgan barcha sözlarni aytib chiqdi. Lekin mendagi alam juda ulkan edi. Undan söradim: “Nega har doim kuylab meni xursand qiladigan qushcham hozir qafasida chözilib yotibdi? Nahotki u endi kuylamasa?” U shivirlab javob berdi: “Chunki u hozir boshqa dunyoda kuylayapti…” Bu sözlar meni biroz tinchlantirdi.
Keyingi safar unga yana qöng'iroq qildim.
“Operator eshitadi”
“"kukuruyuk" sözining ma'nosini bilasizmi?”
Bu hol 9 yoshga tölgunimcha davom etdi. Keyin oilamiz bilan boshqa shaharga köchib ketdik. “Operator eshitadi” degan ovozni juda sog'inardim...
Vaqt ötardi. Ösib, ösmirga aylandim, bolalik xotiralarimni entikish bilan eslardim. Operator qiz mening hamma xarxashalarimni qanday sabr bilan tinglagan ekan. Qanday qilib butunlay notanish bir bolani hammadan köproq tushungan ekan. U haqda köp öylardim.
Bir necha yil ötgach, kollejga kirdim. Öquv sayohati vaqtida tug'ilgan shahrimga keldim. Kelishim bilanoq, telefon ofisiga qöng'iroq qilib, operatorni söradim. Göshakdan men sog'ingan ovoz eshitildi: “Operator eshitadi” Ösha-ösha ovoz. Öshanday yoqimli eshitliladi. “"kukuruyuk" sözining ma'nosini bilasizmi”,- söradim. Biroz jimlik chökdi. Keyin u ham söradi: “Jarohatlangan barmog'ing tuzalib ketdimi?”
Kuldim.
“Bu senmisan! Vau, vaqt juda tez ötyapti tög'rimi?”
Men bolaligimdagi u bilan suhbatlarni hayajon bilan eslashim haqida aytdim.
U jiddiy ovozda javob berdi: “Menga sen bilan suhbatlashish yoqardi. Doim qöng'iroq qilishingni kutdim”
Unga qalbimdan alohida joy egallaganligini aytdim. Undan kelasi safar yana qöng'iroq qilsam maylimi, deb söradim.
“Albatta, mening ismim Salli...”
Uch oydan keyin ona shahrimga qaytib keldim. Telefon operatoriga qöng'iroq qildim. Ovoz butunlay boshqacha edi. Men Salli ismli operator bilan gaplashishim mumkinmi, deb söradim. Begona ovozdagi qiz söradi: “Uning tanishimisiz?”
“Ha, judayam eski tanishiman”
“Buni aytayotganim uchun uzr, Salli oxirgi yillarni og'ir kasallik bilan ötkazdi. U 5 hafta oldin vafot etdi”.
Göshakni qöyishimdan oldin, ovoz shoshib söradi:
“Kechirasiz, siz janob Polmisiz?”
“Ha”
“Salli siz uchun xat qoldirgandi, bir parcha qog'ozga, eng söngi lahzalarida yozgandi, iltimos, kutib turing…” Biroz ötgach u Sallining maktubini ovoz chiqarib öqiy boshladi: “Polga, U HOZIR BOSHQA DUNYODA KUYLAYAPTI deb ayt. U özi hammasini tushunib oladi”.
Göshakni qöydim. Salli nimani nazarda tutganini tushungandim. Ösha lahzada yuragim tölib ketdi, köz yoshlarim jumbushga keldi. Göyoki yuragimni eshik qisib qolgandi. Quloqlarimda esa mayin bir ovoz qayta-qayta jaranglardi:
Operator eshitadi..
―――
Inglizchadan Z.Ayubov tarjimasi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 15