©... Qisqa satrlarda: Jonli dialoglar. 3-qism...
1. "Eslash..."
- Bitta savol bersam maylimi?
- Mayli.
- Ayrilgan vaqtlarimizda meni eslab turdizmi?
- Unchalikmas, eslamadim...
- Rostdan eslamadizmi?
- Rostdan eslamadim.
- Bir marta hammi?
- Bir marta ham
- Hm... :(
- Nega qovog'ingni solasan, axir eslash uchun avval esdan chiqarish kerak. Seni esdan chiqarib bölarkanmi, jinnivoy. Boshqa bu savolni berma...
––––––––––––––––––––––––––––
2. "Javob..."
- Katta bo'lgach kim bölishni xohlaysan?
- Baxtli bo'lishni xohlayman!
- Yo'q, sen savolni tushunmading...
- Yo'q, siz javobni tushunmadiz!
––––––––––––––––––––––––––––
3. "Özgarish..."
- Allo!
- ...
- Allo!
- ... Salom, azizam...
- ...
- Qalaysan? Sog'lig'ing yaxshimi? Seni juda sog'indim.
-Unda nega qöng'iroq qilmadiz? Men sizni kutdim...
- Meni kechir. Men
baxtimdan qochdim.
Mas'uliyatsizligimdan köp qiynaldim. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qöl ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutardim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyatlar qilardik...
- ... :'(
- Yig'lama, azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki mendan köngling qoldimi?
- Yöööq. . .
- Mendan xafamisan, ketganim uchun?
- Yöööq. . .
- Meni endi sevmay
qöydingmi?
- Yöq unday emas.
- Unda kel, öz baxtli hayotimizni quramiz. Endi seni hech qachon tashlab ketmayman.
-Iltimooos. . .
- Doim yoningda bölaman, Hayotim...
- Meni eshiting!
- Senga faqat baxtli
onlarni taqdim etaman. Iltimos, faqat yöq dema. . . !
- Ilojim yöq meni.
- Nega?
- Endi kech!
- Nima uchun?
- Hammasi özgardi...
- Nima? Yarim yilda nima özgardi?
- Men turmushga chiqdim...
- ...
––––––––––––––––––––––––––––
4. "Qo'ng'iroq..."
- Allo...
- Allo... Bu menman...
- Ha oyi, tinchlikmi?
- Tinchlik, özing yaxshimisan?
- Oyi, shuni sörash uchun telefon qilyapsizmi, soat necha bölganini bilasizmi?
- Bilaman bolam, 3 böldi...
- Bilsangiz, yarim kechasi telefon qilib, bezovta qilishingiz shartmidi? Ertalab gaplashsak ham bo'lardiku!
(Ona közi yoshga tölib javob berdi:)
- Bundan roppa-rosa 30 yil oldin shu soatda sen ham meni bezovta qilganding. Tug'ilgan kuning bilan
bolajonim...
––––––––––––––––––––––––––––
5. "O'xshashlik..."
- Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham öxsharkansiz?
- Yög'e?
- Ha...
- Nechta farzandingiz bor o'zi?
- Hozircha, bitta ham emas...
––––––––––––––––––––––––––––
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 22
Tezda uzr söraydigan kishi aybdorligidan emas yaqin insonini yöqotib qöyishdan qörqani uchun uzr söraydi. Eng sara mazmunli statuslar, ma'noli aforizmlar va ibratli bitiklar m.ok.ru/group/52152974966959 guruhida.