©... Qizga yigit yoqmasdi. Uning fe’l-atvori, o’zi yoqmasdi…
Uning ortidan ko’p yurdi yigit. Uning uchun ko’p narsalar qildi. Uni deb ko’p narsadan voz kechdi. Lekin qizda iliqlik sezmadi...
Yigit shoirtabiat edi. Dunyoni, olamni, tabiatni sevardi,
gullarni, qushlarni, oy- quyoshni sevardi... Qizni hammasidan köproq sevardi yigit…
- Menga bunaqa, ko’rgandayoq yuzimga qarab she’r to’qiydigani kerakmas. Otam zamonidan qolib ketgan xatlarni yozib
boshimni og’ritmasin, - yigitdan olib kelingan xatga va xatni olib kelgan elchiga shunday dedi qiz.
Keyingi safar yigit qizning dugonasini ishga soldi. Ammo bu ham hech qanday natija bermadi.
- Menga so’zlaridan, ko’zlaridan o’t chaqnaydigan yigit kerak! Yonimga kelishga botinolmay,
qator-qator elchilarini
yuboradigani emas! Shunday yigit bo’lsinki, meni tilim lol bo’lsin, uniki emas. Har gapida "Gulim, lolam” degan o’t- o’lanlar nomi bilanmas, ismim bilan
chaqirsin! Chaqirsinki, o’sha ondayoq qarshisida hozir bo’lay. Ovozlaridan yuragimgacha titrab
ketay!
Qizning bu gaplaridan keyin yigit unga boshqa elchi yubormadi. Shu gaplar unga hayot sabog’ini berdi.
* * *
- Nargiz!!!
Darvoza daranglab ochilib, ismini
eshitgandayoq Nargizning oyoq-qo’li bo’shashib, yuragi gupillab qoldi: "Yana ichibdilar-da!”
Hayolidan shu o’y o’tdiyu, yugurgilab hovliga chiqdi.
Ana eri! O’zi bir umr orzu qilgan, gapirganda so’zlaridan o’t chaqnaydigan, chaqirganda ovozi yuragigacha titratadigan
eri. Oyog’ida zo’rg’a turibdi, hozir yana hammasi takrorlanadi. Bir
shapaloq bilan qutulsa mayli edi, lekin eri holdan toyguncha uradi-da. Nargiz katta bo’lib qolgan qizlarining yonida uyaladi. O’gli hali kichkina, bunaqa narsalarni tushunmaydi.
Janjallarning boisi ‘’o’glim yo’q” edi. Ikkita qizi bor. Boshida yaxshi
yashashdi. Yaxshi deb ham bo’lmasdi. Bu kunlar bilan qiyoslaganda u kunlar oltinga teng edi.Shirin so’zlar eshitmasa-da har holda urush janjalsiz edi… Ikkinchi qizi tug’ilgach, eri ichishga mukkasidan
ketdi."Menga o’gil kerak!”- deb to’polon qiladigan odat chiqardi.
Ko’zining tagidagi ko’kimtir ranglar ketib ketmasdan yana
yangisi bosilardi. Nihoyat o’g’illi bo’lishdi. Lekin eri ichishni tashlamadi, qaytaga avj oldi.
Oxirgi paytlarda o’sha shoirtabiat yigitni ko’p o’ylaydigan bo’lgan.
"Balki uning sevgisini, tuyg’ularini uvol qilganim uchun
taqdir menga shunday kunni ravo ko’rgandir,” – deb o’ylaydi.
O’sha o’ziga yoqmagan, yoqmaganini hammaga oshkora
aytgan yigit oldida o’zini bir siqim his qiladi. Ayol bo’lib eridan bir shirin so’z eshitmaganini
o’ylab, xo’rligi keladi. Bolalari ham dadasidan zirillaydi.
Erkalanib, bo’yniga osilib o’tirisholmaydi.
Shuncha o’qib diplom olgani ham bir pul
bo’lgan. "Ishlamaysan!”- dedi, tamom.
Shularni o’ylab yuragi
siqildi. Talabalik yillarini eslab, suratlari, kitoblari turgan javonni ochdi. Suratlarda o’zini ko’rib yig’lab yubordi. Hozir u Nargizdan asar ham qolmagan.
Yuzlariga g’am soyasini tashlab
bo’lgan, ajinlarning sanog’i yo’q. Ko’rganlar 5-10 yosh qo’shib aytishadi. Suratlarni ko’rarkan,
orasidan kichkinagina kitob chiqdi. Kitob qanday bu yerga
kelib qolganini eslolmadi. Lekin bu kitobni o’sha shoirtabiat yigit
berganini esladi. Ochdi. Muqovasida tanish shoirning
she’ri yigitning qo’llari bilan
yozilgandi:
"Gulim mehr ko’zda degani yolg’on,
Mening dilimdagi o’chmas yolqinsiz.
Qancha ko’rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo’lsak shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bo’lak kimim bor yana?..
Siz yo’q chog’imdagi dunyo begona,
Siz yo’q bog’imdagi gullar yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim.
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Siz mening ko’klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…"
Ko’zlari yoshdan harflarni ko’rmay qoldi. Hayollarga berilib o’tirarkan lablari tinmay "Siz
mening ko’klardan topgan oftobim, Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…” deb shivirlardi. Darvozaning zarb
bilan ochilishi-yu, erining "Nargiz!” deb chaqirgani ham
uni hayollar og’ushidan olib
chiqolmadi."Qars” etgan ovoz chiqdi, Nargiz yuzining lovullab yonayotganidan shapaloq yeganini angladi. Erining baqir- chaqiriga Nargizning qalbida takrorlanayotgan so’zlar qorishib
ketdi.
"Siz mening ko’klardan topgan
oftobim, Yerlarda yo’qotgan ko’zmunchog’imsiz…”
––––––––––––––––––––––––––––
("Dunyoda sensiz" guruhidan olindi)
––––––––––––––––––––––––––––
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 57
Мен сенсиз ойи йук коронгу тунман
Куёши чикмаган булутли кунман
Бутун борлигини сукунат босган
Парийсин йукотган куриган кулман
Ошикман кулимда хидсиз гулларим
Кел гузал сен менинг атру ифорим
Атрофга карайди излаб кузларим
Узингсан керагим узинг дилбарим
Майли сен жонгинам олгин жонимни</s...ЕщёИшк кушиги
Мен сенсиз ойи йук коронгу тунман
Куёши чикмаган булутли кунман
Бутун борлигини сукунат босган
Парийсин йукотган куриган кулман
Ошикман кулимда хидсиз гулларим
Кел гузал сен менинг атру ифорим
Атрофга карайди излаб кузларим
Узингсан керагим узинг дилбарим
Майли сен жонгинам олгин жонимни
Майлига бахш этай бутун умримни
Факат сен рад этма менинг севгимни
Сен ила яшайман севиб узингни!!
Менга сен ғаниматсан, мен шӯрлик эса сенга.
Азизу мухтарамсан, бу немат- бахтур менга.
Хамма дардлар менга бӯлсин, фақат Бедардлик сенга,
Майли сен рохатда юр, барча бедорлик менга.
Умидсизлик менга бӯлсин, барча орзулар сенга.
Дард алам чекиб юрай, Яхши кайфият сенга.
Айрилик азобин қӯйгил, бу дардга чидаб бӯлмас.
Менга сен рахм қилгин, муштоқман фақат сенга.
tomchi YOSH bilan közlar tölarkan. Odamzot
bariga chidarkan ammo, Orzusi ushalmasa
ALAM qilarkan . Boyvachcha baxtini pulga
o'lcharkan. Faqirchi chorasiz, baxtsiz,
bölarkan. Odamzot bariga chidarkan ammo,
Orzusi ushalmasa ALAM qilarkan . Yillarham
ötarkan, Odam ölarkan . Qachondir porlagan
yulduz SÖNARKAN. Odamzot Xudodan baxtin
sörarkan. Orzusi ushalmasa ALAM qilarkan ....
Пойимга чечаклардан,
Поёндозлар тўшайсан
Худди эрта тонглардан
Шабнамларга ўхшайсан.
Алвон рангга бурканган
Боғдаги атиргулимсан,
Кўрк таратиб ястанган
Келинчакка ўхшайсан.
Дилим тортар ширин сўз
Беозор хуш забонсан,
Хуснинга тегмасин кўз
Париларга ўхшайсан.
Қанотларинг йўқ лекин
Қалбан озор бермайсан,
Самодаги хур эркин
Фариштага ўхшайсан.
Ифоринг бунча ёқимли
Майин сас сабомисан,
<p...ЕщёПойимга чечаклардан,
Поёндозлар тўшайсан
Худди эрта тонглардан
Шабнамларга ўхшайсан.
Алвон рангга бурканган
Боғдаги атиргулимсан,
Кўрк таратиб ястанган
Келинчакка ўхшайсан.
Дилим тортар ширин сўз
Беозор хуш забонсан,
Хуснинга тегмасин кўз
Париларга ўхшайсан.
Қанотларинг йўқ лекин
Қалбан озор бермайсан,
Самодаги хур эркин
Фариштага ўхшайсан.
Ифоринг бунча ёқимли
Майин сас сабомисан,
Садойинг хам шовқинли
Шамолларга ўхшайсан.
Tunlaridur uyqusiz.
turar doim kulgusiz,
Chimildiq ko`rmagan qizlar.
Xar bir to`y aza bo`lar,
Qalbi alamga to`lar.
Chekkani faqat g`am bo`lar,
Chimildiq ko`rmagan qizlar.
Doimo ko`zida yosh,
Qolmaydi qalbda bardosh.
O`tib boraverar yosh,
<s sfhy4gFFF...ЕщёKunlaridur ma`nosiz,
Tunlaridur uyqusiz.
turar doim kulgusiz,
Chimildiq ko`rmagan qizlar.
Xar bir to`y aza bo`lar,
Qalbi alamga to`lar.
Chekkani faqat g`am bo`lar,
Chimildiq ko`rmagan qizlar.
Doimo ko`zida yosh,
Qolmaydi qalbda bardosh.
O`tib boraverar yosh,
Chimildiq ko`rmagan qizlar
o`tar kunlar ma`nosiz
Na quvonch na Kulgusiz.
o`tmas tuni qayg`usiz
Chimildiq ko`rmagan qizlar
Xabar olsa do`stlari
Maqtab doim o`zlarin
O`ylamaydi xech qachon
CHimildiq ko`rmagan qizlarni
Kamiga savol berar
"To`ying qachon" deb so`rar
Exx... Buni qaydan bilar
CHimildiq ko`rmagan qizlar.
Jonimni orosiye, ko'zimni qarosi.
Dardimni davosiye, boshimni balosi.
Yuragim har zarbiye, sen uchun uradi.
Faqat uchrashmaymane, to'xtab qoladi.
Shartlaringga ko'mma mani balki yetar bas bas,
Uchrashgim kelmayapti negadir yurak g'ash g'ash,
Ko'z ko'zga tushganida nima deyman vay vay,
Undan ko'ra uchrashmay o'zimni baloga solmay.
Shartlaringga ko'mma mani balki yetar bas bas,
</s...Ещё_._._._._._Qiynama_._._._._._
Jonimni orosiye, ko'zimni qarosi.
Dardimni davosiye, boshimni balosi.
Yuragim har zarbiye, sen uchun uradi.
Faqat uchrashmaymane, to'xtab qoladi.
Shartlaringga ko'mma mani balki yetar bas bas,
Uchrashgim kelmayapti negadir yurak g'ash g'ash,
Ko'z ko'zga tushganida nima deyman vay vay,
Undan ko'ra uchrashmay o'zimni baloga solmay.
Shartlaringga ko'mma mani balki yetar bas bas,
Uchrashgim kelmayapti negadir yurak g'ash g'ash,
Ko'z ko'zga tushganida nima deyman vay vay,
Undan ko'ra uchrashmay o'zimni baloga solmay.
Boshimni baloga solma,
Sochlari sumbul janona,
Onangga yoqmayman netay,
Uchrashasiz deya qiynama.
Kayfiyati yo'g'ey, qaynonamniyey,
Zardalari yomon, yurakka bordiyey,
Aytudima senga, bormay qo'yay deb,
Majburlading meni bormay o'ldim deb.
Nimalarni eshitmadim bilsang edi vay vay,
Gapira gapira so'ngra baqirib kettila vay,
Qo'rqib ketdim ovozlari buncha jarangdor vay,
Ona boshimdan silang boshqa unday urushmang.
Nimalarni eshitmadim bilsang edi vay vay,
Gapira gapira so'ngra baqirib kettila vay,
Qo'rqib ketdim ovozlari buncha jarangdor vay,
Ona boshimdan silang boshqa unday urushmang.
Boshimni baloga solma,
Sochlari sumbul janona,
Onangga yoqmayman netay,
Uchrashasiz deya qiynama.
temagan, Xis tuyg'uga
böyîn egmagan. Evropacha
kiyim kiymagan, Oddiygina bir
qiz topaman. Yuragidan urib
ketmagan. Har kim bilan yurib
ketmagan. Yurar yölda kulib
ketmagan, Oddiygina bir qiz
topaman. Bitta bösa köp
diyedigon, Nima disam xop
diyedigon. Õpay desam yöq
diyedigon, Oddiygina bir qiz
topaman. Bowlarimni siledigon,
Onamga xam qarawedigon.
Xiyla nayrang qimidigon.
Oddiygina bir qiz topaman lekn br narsani 6ylayman wunaqa qiz topaolarmikanman?
topaman
O'zga uyga bormoqlika chog'lanibdi
Ko'yida bir xofiz yigit dog'lanibdi
Yor-yor yoronchiyey xadice yolg'onchi
Oq liboli kelin powo ketmoqdadur
Yor yor ila yor uyiga yetmoqadur
Orta qolgan xofiz yigit aytmoqdadur
Yor_yor yoronchiyey yogowa yolg'onchi
Bevafo qiz unga vada bergan edi
Qirdan birga qirmiz lola tergan edi
Bir umirga Billol uni degan edi
Yor_yor yoronchiyey guli yolg'onchi
Xaqiqatni ayta olmi sevganiga
Sevganim bor deyolmi kutganiga
Billolni maktubin ochirar ornida
Yor_yor yoronchiyey GULI yolg'onchi
Тўйиб емас гилос
тарвузни, Телефондан
узолмас кўзни, Фақат соғинч
қийнейди сизни, Россияда
ишлаб юрганлар.
//////////////////////////////// ///////////
Соғинади ўғил қизини,
Қадрлайди ватан тузини. Рус
аралаш айтар сўзини, Россияда
ишлаб юрганлар.
//////////////////////////////// ///////////
Долларларга олдим дея қўй,
Борсам бошлармикан дейди
тўй. Хаёлида факат яхши ўй,
Россияда ишлаб юрганлар.
//////////////////////////////// ////////////
Мусофиру қалбида иймон,
Соғинчига тополмас имкон.
Қайда бўлса бўлсин соғ омон,
Россияда ишлаб юрганлар
Оиласини халол боққанлар. . . ! ! !