Bilaman siz meni sog’inmagansiz. Chunki asli sevmagansiz ham. Ishq neligin anglamagan inson sog’inch hissini tuyarmidi? Ammo asl oshiqqa sog’inch, hijron haqida also so’z ochmang. Uning shundoq ham azob chekayotgan yuragini bu so’zlar bilan qiynamang. Agarda uning yana umid, yana quvonch porlashini istasangiz unga faqatgina o’sha mashuqi haqida xabar olib keling. O’shanda uni hayotga yana qaytarasiz. Men ham shunday shunday xabarga mushtoqman. Sizdan keladigan bir og’iz kalomni shunchalar sog’inmoqdamanki buni tasavvur qila olmaysiz. Mayli o’zingiz kelmang. Ammo bir og’iz salomni men g’aribingiz uchun yo’llab qo’ying. Sizni sevganim uchun emas siz uchun kunda bir o’lib bir tirilganim uchun. Hijron azobida har laxza so’lib borayotganim uchun. O’tinaman bir og’iz so’zingizni yo’llang.
Sevgingiz nasib etamadi. Bir og’iz so’zingizni tinglash orzularimda qolib ketdi. Umrimni bag’ishladim ruxsiz yashashga. Ahir sizni sevib dunyoga qayta kelgandim. Sizni yo’qotib yana shunday yashab bo’lmasdi. Sevgi yashashga o’rgatgan edi. Ammo o’lishga o’rgatmadi. Endi esa sevgimdan qolgan hazonlar uzra quruq jismimni sudrab yuribman. O’tinaman o’lim ostonasiga yetmasimdan bir laxza bo’lsada ruxsoringizni ko’ray. Yohud men mushtoq bo’lgan so’zlaringizdan bir marotaba eshitay. Umrimning yakuni shunday mazmunli tugasa armonsiz ketar edim. Yoki buni ham ravo ko’rmaysizmi? Sizsiz yashash jazosiga umrim so’nggigacha mahkum etdingizmi? Ahir men sizni cheksiz sevgandim, sizga bag’ishlagandim butun umrimni. Nahotki shularni o’ylamaysiz. Meni qiynaysiz...
Eslaysizmi kunning eng toza go’zal qismida shirin suhbatlar ila ko’chalar, bog’lar kezar edik. Eslaysizmi tunda suhbatlarimiz tongga qadar cho’zilar edi. Yana eslab ko’ring ko’ngillarimizni qanday avaylar edik. Go’yoki yuraklarimizni hovuchlab olgandek ehtiyot qilar edik. Suhbatlarimiz faqat samimiy bo’lar edi. So’zlaringizdan gavhar topgandek hech birini unutmaganman. Kechagidek hammasi yodimda. Har birini eslayman. Ahir ular yuragimning har bir manziliga marjondek qadalgan. Menda shunday qimmatli xotiralar va sevgi bor. Ammo xotiralar yurakka malham bo’lolmaydi. Yupanch bo’lmaydi. Men faqat o’zingizni ko’rsam taskin topaman, quvonaman. Siz esa buni bilmaysiz. Balki meni unutib ham yuborgandursiz. Yo’q-yo’q! Bo’lishi mumkin emas. Agar shunday bo’lsa, men uni ko’tara olmayman. Hammasiga chidashim mumkin. Ammo meni unutishingizga aslo rozi emasman.
Asl sevgidan kechmoq mushkuldir. Sizdan hech qachon kechish mumkin emas. Agar o’libla qaro tuproq aro jismim joy olsa-yu azoblar yetsa menga shunda ham sizni sevgan yuragim omon qoladi. Sozni sog’indim. Shu qadar sog’indimki bu sog’inchning azoblari, og’riqlari juda beshavqat. O’lim dardiga chidash mumkindir. Ammo sevgining bu azoblariga bardosh berish ancha mushkul ekan. Sog’inchlarim ohlarimning tinglang. O’tinaman meni qiynamang. Mayli qachon bo’lsa ham menga qayting. Men kutaman. Faqat o’tichimga rad javobin bermang. Mayli ko’zlarim nurin yo’qotay, jismimda qolmasin hatto madorlar. Ammo siz keeling. O’tinaman to umrim tugamay bir bor keling. Ahir sizni juda sog’indim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев