joylamoqqa iloj etding,
Oliy maqom aql shoxdir, ilmimni
unga toj etding.
Nafsim esa gado erur, qorin
unga to'rva halta,
Teshik qopni to'ldirmoq uchun,
ovvorayu mushtoq etding.
Aqlim ila topdim seni, LA ILAHA
ILLALLOH deb,
Tilga olsam kalimani, iymonimga
rivoj etding.
Nafs jilovin [shayton] la'in,
qo'lga olmoq istagida,
Bul bandanga mol dunyoni,
nechuk kim ehtiyoj etding.
Aqli nafsni sinamoqqa, risq
ne'mating bir imtixon,
Shukuronani farz qildingu,
hayru ehsonni boj etding.
Suv ila o't jam bo'lgandek, aql va
nafs hamdam yo'ldosh,
Tomirlarda chopgan qonni, issiq
sovuq mizoj etding.
Ikkovining yo'li ayro, biri ofat
biri najod,
Nafsni tuproqqa qorursan, aqlim
ruxga siroj etding.
ALLOHga matx aytmoq uchun,
g'azalni dilxiroj etding.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев