Bir maktub… Bir qo’shiq… Bir taqdir…
Otam savdo bilan shug’ullanar edilar. Bir nechta savdo do’konlarmiz bor edi. Hullas shaharning eng boy oilaridan biri edik. Otam meni o’zim sevgan qizga uylantirdilar. Lekin bunga boshida qarshi bo’lgandilar. Sababi bo’lajak xotimning oilaviy muhiti yo’qmagan edi otamga.
Men ham aytgan so’zimda turib oldim. Yagona o’g’illari bo’lganim uchun oxiri rozi bo’lgan edilar. O’sha mudhish avtohalokat uchramagunimizcha otamni nega qarshi bo’lganliklarini tushunmagan ekanman…
Afsus bugun tushunganimda otam yonimda emaslar… Ming afsus…
O’tgan yili mart oyida otam va men avtohalokatga uchradik. Otam o’sha yerni o’zida jon berdilar. Meni og’ir ahvolda kasalxona olib kelishdi. Qo’lim va oyog’imdagi suyaklarim juda qattiq shikastlangan. O’zim esa koma xolatida edim. Yashab ketishim dargumon edi. Qo’l va oyoq suyaklarimni qayta o’z holiga keltirish uchun qilanadigan operatsiyaga Germaniyadan shifokorlar chaqirildi. Hullas shifokorlarning sayi harakatlari 9 oyda deganda sog’lig’mni tikladim. Hammasi ortda qolgan edi biroq…
Uyga javob bo’lganda hamma bemorlar xursand holda ketadi. Men ham xursand edim, lekin yuragimni bir chetida alamlar giryon urar edi. Men sevgan va meni sevgan xotinim meni uyda kutmasdi.
Ketar ekansan shod kunlarimda ketsang bo’lmasmidi
Ko’ngling yo’q ekan aytib ko’nglimdan o’tsang bo’lmasmidi
Tagrim bu kun kelib boshimga tushdi mushkul savdo
Shunday bir o’g’ir kunda yor bo’lib kutsang bo’lmasmidi
-O’zi o’g’liz o’lim to’shagida yotgan bo’lsa endi u oyoqqa turmaydi. Nima qilasiz bor pullarimizni shifokorlarga behudaga sovurib oyijon!
- Bu nima deganingiz kelin.Nahot shu gaplar sizdan chiqdi? Axir shu pullarni ishlatmasak o’g’lim o’lishi mumkin.
- To’g’risiyam shuda oyi.O’g’lingiz endi babibir o’ladi. Keyingi taqdidrimizni o’ylang. Borimizni kasalxonaga toshib tugatsangiz keyin qanday kun ko’ramiz?
- Ana endi asl yuzingi ko’rsatdin. Shu pullar uchun o’g’limga tekkan ekansanda iflosssssss
- Ha shu pullar uchun, boyligiga tekkanman. Agar yana biror so’mni shifokorga bersangiz menbu uydan ketaman, o’shanda tuzalmaydigan o’g’lingiz bilan qolasiz. Umumanchi chidoyotganimga manga rahmat deng
- Yo’qol ket bu uydan. Lanati
(Qaynona va kelin orasidagi bunday janjallar haqida onam menga tuzalganimda aytib berdilar)
Onam meni davolatish uchun hamma boyligimizni sarflabdilar. Bunga qarshilik qilgan "Xotin”imni esa uydan haydab solibdilar.
Bilasizmi Velikiy neznakomes boshga kulfat tushganda kimni aslida kim ekanligi bilanarkan.
Eng daxshatli voqea kasalxonadan uyga kelgan kunim bo’ldi….
Kun kelar quyosh nuri ham ado bo’lar ey jafokash
Bu kir orzuga yuzimni bosmay yetsang bo’lmasmidi
Kuyma Fidoiy bu bag’ri toshga sira ham arzimas
Shuncha mehringni bilganlarga bahsh etsang bo’lmasmidi
O’sha kuni uyga xotinim yonida bir begona erkak bilan kirib keldi.
Ularning muddaosi shu ekanki men ajrim qog’oziga qo’l qo’yishim kerak ekan. To’g’risi men rozi bo’ldim bunday boylikka ruju qo’ygan Bevafodan butunlay qutulishni ich ichimdan istardim lekin o’sha begona erkakni tanimadim keyin… Onamni aytishlariga qaraganda bizni savdo do’konlarni sotib olgan kishi ekan. Sobiq xotinim uydan xaydalgach oradan bir oy ham o’tmay o’sha kishiga ikkinchi xotin bo’lib tegib olibdi. Sababi nima ekanligini yaxshi tushundingiz manimcha Velikiy neznakomes!
Uylanishimda oldin raxmatli otamni gaplariga kirsam bo’larkan. Shunda pul uchun jonini berishga tayyor bevafo yorning jabridan bu yuragim bir umrga jarohatlanmagan bo’lardi…
Ey bevafo endi qaytmagin
Tunlar to’lg’onib sensiz yashayman
Sen unutganim meni kutmagin
Bag’rim o’rtanib sensiz yashayman
Ushbu xikoyada Ozodbek Nazarbekovning "Bevafo” nomli qoshig’i va Odnoklassni.ru saytidagi "Великий незнакомец”ga kelgan "сообщения”dan asosida yozilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев