Umr bo'yi qarindoshdan bezmaslar,
Achchiq so'zlab do'st qalbini ezmaslar.
Fisqu - fasod rejalarni tuzmaslar,
Ketgum kelur jayronlarga ergashib..
Ular o'tgan sahroda gul yashnaydi,
Gul atriga to'yib ko'ngil hushlaydi.
Qasamho'rga sira ishi tushmaydi,
Ketgum kelur jayronlarga ergashib..
Dardim aytsam yosh to'kib qon yutarlar,
Qo'l tutmasa tillo tuyoq tutarlar.
Yetolmasam soy bo'yida kutarlar,
Ketgum kelur jayronlarga ergashib..
Jayronlarim tor uyimga sig'maydi,
Arzi pinhon, unsizgina yig'laydi.
Bo'tako'zlar orasida uhlaydi,
Ketgum kelur jayronlarga ergashib..
Tosh qulaydi, qulamaydi tog'liqdan,
Bemahal yem bo'lmog'i ham holiqdan.
Mehr izlab garchi oyoq toliqqan,
Ketgum kelur jayronlarga ergashib!
✍Mirzo Karim
🎙Xurshid Rasulov
https://youtu.be/MQxAzadAHg0
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев