ko'zlarimda yosh, Haqiqat
oldida egilganda bosh.
Tobutda yotardi, go'zal qora
qosh, Yor- yor aytib bordik
mozorigacha... Yotardi u jim, ko'zlari ochiq, Yotardi jilmayib,
kulgular sochib. Ko'zimdan
yosh oqar, tinmayin achchiq,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha... U kirmagan edi,
yigirmaga ham, Endi qo'ygan edi, hayotga qadam. Karaxt
bo'lib qolar, eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha... Ona voh dod
deydi, hushin yo'qotib, Ota ne
qilishin bilmaydi, qotib. Yigit vidolashar, indamay yotib, Yor-
yor aytib bordik
mozorigacha... Seplar yig'gan
edi, orzular qilib, Bezatib ham
qo'ydik, liboslar ilib. Onasi
yig'laydi, bag'rini tilib, Yor-yor aytib bordik mozorigacha...
Taqdirni qarang-a, yosh ketdi
essiz, Mevasi qolmadi, o'tdiku
izsiz. Oq libos kiyvolib, yotardi
hushsiz, Yor-yor aytib bordik
mozorigacha... Mana so'nggi yo'lga, kuzatdik go'zal, So'nggi
bor qo'limiz, uzatdik go'zal. Bu
dunyodan ko'ra, u dunyo avzal,
Yor-yor tugab qoldi
mozorigacha...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев