Nigina yo'lda ketib borarkan,
bekat
yonida sikripkada kuy chalib
o'tirgan
kishiga ko'zi tushdi... 7- dekabr
2010-yil
shoshib mashina yo'lidan o'tib
ketayotganda uzoqdan
kelayotgan
avtomobilni ko'rmay qoldi. Yurak
urushi
tezlashib, ko'zini yumdi...
Soniyalardan
so'ng ko'zlarini ochdi, uni bir
yigit
qutqarib qolgandi. Nigina
ko'zlarida
yosh, unga minnatdorchilik
bildirardi.
Ular shu kundan do'stlashib
qolishdi.
Yigitning ismi Abror edi va shu
kuni uning
tug'ilgan kuni edi. Ularning
oralarida sir
bo'lmas, bir-birlari bilan suxbat
qurib,
hech zerkishmasdi. Abror
Niginaning
beg'uborligidan quvonardi, uni
yo'qotishdan qo'rqardi, uni
sevardi.
Ularning uchrashuv joylari shu
bekat,
mana shu kuy ostida edi. Ilk bor
shu
yerga kelishganida ham shu kuy
yangrar
edi. Vaqt o'tib, Nigina ham uni
sevishini
angladi... 7-sentabr 2011-yil
tanishishganiga 10 oy bo'ganida
uchrashishdi, yana shu kuy va
yana shu
bekat. Bir birlariga dil izhori
qilishdi. Ular
juda xursand edilar. Shu payt
Abrorning
ko'ksida og'riq turdi. Nigina
ko'rmasligi
uchun unga jilmayardi. "Ey,
Xudoyim,
o'zing sharmanda qilma, so'nggi
bora
to'yib olay" derdi. Nigina buni
sezmas,
nimalarnidir gapirardi... Abror
behol
yerga yiqildi...Nigina uni
shifoxonaga olib
bordi. Abrorni "reanimatsiya"
bo'limiga
olib kirib ketishdi. Bir ozdan
so'ng
shifokorlar chiqib, Niginaga
kirishini
aytishdi. Nigina kirdi, ko'zlarida
hayrat
va yosh... Abror unga tikilib
"Nigina
yashagim kelyapti, sen uchun,
beg'uborim baxtli bo'l" deb
qo'liga xat
tutqazdi. Nigina xatni ochdi
"Urib
tursang
edi hasta yuragim, Niginam
qo'lidan
dadil tutardim..." Nigina chiday
olmadi
so'zsiz yig'lab Abrorga tikildi.
Ammo
Abrorning ko'zlari yumuq edi...
7-
dekabr
2011-yil Abrorning tug'ilgan
kuni, uni
yo'qotganiga 3 oy bo'ldi. Uning
qabridan
qaytar ekan, uni tabrikladi,
qabriga
gullar qo'ydi. Endi Nigina tanish
bekat,
tanish kuy oldida turardi. Mayin
jilmaydi
va mashina yo'liga chiqdi.
Uzoqdan
avtomobil katta tezlikda
kelardi...
Bu
safar Niginada qo'rquv emas,
mayin tabassum edi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев