Bir kun, ikki döst öz
baxtlarini izlab
safarga yöl olibdi.
Boshlari oqqan
tomonga yurishibdi.
Dala bag'ridagi uyga
yetib borishibdi va
bilishibdiki uy egasining 2 ta qizi
bor
ekan. Kattasi juda chiroyli, kichigi
unchalik chiroyli emas eka...
Döstlardan
biri aytibdi:
-'Böldi men baxtimni topdim, shu
yerda
uylanaman va baxtli bölaman'.
Ikkinchisi:
- 'Tög'ri qaror, u chiroyli, aqlli,
aniq
bahtli bölasan.'
Birinchi döst:
- 'Yöq, men kichigini nazarda
tutdim'.
Ikkinchisi:
- 'Nima, sen aqldan ozdingmi? U
unchalik chiroylimasku...'.
Shu tariqa birinchi döst qarorida
qatiiy
turibdi va uy egasining oldiga
qizini qölini
sörashga ketibdi. Dösti esa unga
baxt
tilab yanayölda davom etibdi.
Birinchi
döst uy egasini oldiga borib:
- 'Qizingizga uylanmoqchiman.
Rozi
bölsangiz oila qursak' - debdi.
Uy egasi:
- 'Chiroyli ham aqlli, yahshi uy
bekasi
böladigan qizlar qishlog'imizda
10 tanga
turadi'.
Yigit:
- 'Mayli, roziman, lekin, kichik
qizingizni
qölini sörab keldim'.
Uy egasi:
- 'Sen adashtirding shekilli, yo
aqldan
ozganmisan? U unchalik
chiroylimasku...
Böpti, roziman, u juda
chiroylimas,
rostgöyliging uchun ham 3 tanga
bersang böldi'.
Yigit:
- 'Yöq, u uchun 10 tanga
tölayman' -
debdi. Va qizga uylanibdi....
Oradan yillar
ötib ikkinchi döst yana shu
dalaga yöli
tushibdi va döstidan xabar olgani
unikiga
kiribdi. Chiroyli ayoldan döstini
sörabdi,
ayol uyga kiritibdi. Uyda birinchi
döst
atrofida bolalari bilan öynab
ötirgan
ekan.
Ikkinchi döst sörabdi:
- 'Bahtlimisan?'
Dösti:
- 'Ha, shubxasiz'.
Ikkinchi döst:
- 'Qayta uylandingmi?'
Dösti:
- 'Yöq, bu ösha'.
Ikkinchi döst:
- 'Bölishi mumkin emas, axir, bu
ayol
juda gözalku! Qanday qilib
özgardi?'
Dösti:
- 'Buni uning özidan söra'.
Ikkinchi döst ayolga yuzlanib:
- 'Men sizni körgandim,
qöpolligim uchun
kechiring, qanday qilib gözal
bölganingizni sirini bilmoqchi
edim....'
Ayol:
-'Bir kuni, xatto, men ham 10
tangaga
arzishimni, kimgadir kerakligimni
tushunib yetdim, siri shunda'....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев