To'rt devoring yopiq,ko'rinmas quyosh Bu damda topilmay ketti bir sirdosh Xasrat-alaming-u,ko'zyoshing qoldi Sevging qudrati jim yakson bo'ldi Birovlar kuldilar,qo'shilding sen ham Masxara qildilar,indamading ham Sevging faryod solib qon yig'laganda O'zgalarga qo'shilib jim turding sen ham Mana endi nega kech bo'lganida Tangriga tavba qilib nola qilyapsan U go'zal tuyg'uni ravo ko'rganda Zor yig'latib,lek nega yana kutyapsan? Izla agar topa olsang armonlaringdan Yeta olsang agar samolaringdan Izla agar sabab bo'lsa voz kechganingga Topolmasang izlab ko'rgin gunohlaringdan Balki emassan gunohkor-aybdor Ammo sening aybing qildi uni xor Balki sham yoqqandi shu bir gunohkor Lek shu gunohkor deb,sensan aybdor Yetganlar bor,yetmaganlar ko'p Har kimgamas berilgan imkon Sen qodir eding sevishga ammo Xiyonating tufayli afsus u sarson Beayb Parvardigor,aybdor bizlar Yolg'onlarimiz deb uvol chin hislar Yondim-kuydim degan so'zlar bisyor-u, Aslida o'tmishda Farxod-Shirinlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев