Qiz juda chiroyli edi. Boshqa
qizlardan farqli ravishda
hayotga özgacha nigoh ila
qarardi. 19
yoshli sohibjamol qizni tabiiy
ravishda sevuvchilar ham
bisyor edi. Lekin uni atrofdagi
yigitlar umuman qiziqtirmas,
qanaqadir özgacha bir sevgini
kutardi.
Yuragining tub- tubidan uning
kelishini ham his etib turardi.
Bir kuni darsga kelganida,
partasining ustida turgan qip-
qizil atirgulni kördi. Gul
bandiga biriktirilgan
qog'ozchaga atiga ikki jumla
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Negadir qizning lablarida
tabassum
uyg'ondi... Keyingi kunlarda
yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip- qizil atirgul
va doimgi bir
xil dastxat. Qiz bu gullarning
sohibi kim ekanligiga judayam
qiziqardi... Kunlarning birida
qiz uyqudan
uyg'onib, derazadan köchaga
qaradi va birdan özgacha
hayajonlanib ketdi.
Röparadagi
dökonchaning oppoq devoriga
har xil böyoqlarda katta qilib
yurak shakli chizilgan, uning
ichiga
qiz ismining bosh harfi
yozilgandi. Eng ajoyibi esa,
surat tagiga ösha sirli dastxat
qöyilgandi: "Hayot
gözal..." Qiz endi doim ösha
sirli yigit haqida öylardi. Uning
özini kuzatib yurganligini ham
yaxshi bilardi.
Odamlar orasidan uning
qiyofasini axtarardi. Avvallari
doim öychan yuradigan qiz
endi kulib,
jilmayib yurar, bu tabassumi
uni yanada jozibador
körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni
qöliga
olib zavqlanar, chindan unga
hayot judayam gözal
körinardi. Bahor tonglarining
birida velosipedda
sayrga chiqqan qiz musaffo
havo va xiyobondagi yashil
gözallikdan zavqlanardi. Lekin
velosiped
g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir
örnidan chiqib ketib, qiz
töxtashga majbur böldi. U
zanjirni joyiga örnatishga
urinardi-yu buni hech
eplolmasdi. - Balki yordamim
kerakdir? Qiz yoniga kelib
töxtagan velosipedli yigitga
qaradi. - Yöq, özim... - Mana
bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi
zanjirini örniga qöydi, - Ana
böldi. - Rahmat! Qiz yigitga
e'tibor bilan qaradi. Yigit böy-
basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda
yarasharkan",- öylardi qiz. -
Arzimaydi. Yigit öz
velosipediga ötirib, qanaqadir
yoqimli kuyni xushtak qilib
chalganicha qizdan uzoqlashdi.
Qiz
esa uning ortidan bir zum
termulib qoldi... Qizga
atirgullar kela boshlaganiga
bir oydan oshgandi.
Lekin, qiz haligacha ösha sirli
yigitning kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz
u- bu ishlar bilan ushlanib,
judayam kechga qolib ketdi.
Aksiga olib havoning avzoyi
buzuq, kuchli momaqaldiroq
bölayotgandi.
Qiz taksi ushlash maqsadida
kollej yonidagi bekatga
kelganida allaqachon öta
shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u
bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech
kim yöq, osmonni qoplagan
qop- qora bulutlar atrofni
yanada qorong'u körsatardi.
Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi. Shu
mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir? Bu
ösha tongdagi velosipedli yigit
edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha
yigitni yana körganligi
uchunmi yoki
boshqa sababdanmi özi ham
bilmasdi. Lekin yigitga
dilidagini aytmadi: - Yöq,
özim ... Yigit
ham jilmaydi: - Yomg'ir hali-
beri tinmaydi. - Nima, meni
mashinangizda uyimgacha
kuzatib
qöymoqchimisiz? - Menda
yaxshiroq fikr bor. Yigit
shoshib qayergadir yugurib
ketdiyu, zumda qaytib keldi: -
Xösh, qalay? Qiz
yigitning qölidagi oq va pushti
rangli soyabonlarni körib
jilmaydi. - Bahor oylarida
yomg'ir mahali piyoda yurish
zavqli,- dedi
yigit. Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning
sohibi shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi: - Siz
yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam
qilasizmi? - Har biriga emas ...
hammasiga. Ular kulishdi. Qiz
uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda
yigit qizning uyi taraf
burilgach, qiz sevindi. "Bu
ösha yigit", - öylardi -
Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi
tarafda shifoxona va boshqa
binolar, atiga bir-ikki xovli
bor. Adashmasam
tög'ri ketyapmiz,- qizning
fikrini öqigandek javob berdi
yigit. - Ha, yaqin qoldi, - xunob
böldi qiz, -
aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz? - Menimcha
bunaqa sharoit va vaqt uchun
noörin savol,- kuldi yigit. Ular
qizning
uyiga yaqinlashishgandi. -
Buyog'iga özim ketaman, sizga
katta rahmat. - Soyabon sizda
qola
qolsin, menga oq ranglisi
köproq yoqadi. "Ey Xudo, -
hayolidan ötkazardi qiz, -
mening pushti
rangni yoqtirishimni ham
bilarkan!" - Mayli xayr, - yigit
ortga ön qadamlar tashlagach
qiz uni
töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib
qaradi. - Savolimga javob
bermadingiz. Yigit ösha
yoqimli tabassumida jilmaydi
va baland ovozda
baqirdi: - Hayot gözal! Qizning
yuragi juda- juda tez va baland
urardi. Qiz ayni damda baland
musiqa
eshitayotgandek öz yuragining
dukurini eshitib turardi. U
hayajonlanganidan yomg'irni
ham ilg'amasdi. U tanish
yoqimli musiqani xushtak qilib
chalib
ketayotgan yigitning ortidan
qarab qoldi... Ertasi kundan
boshlab qizga negadir gul
kelmay qöydi. Qiz endi
juda ham öychan bölib qoldi. U
yigit haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi hozir balki yordamim
kerakdir, deb paydo
böladigandek
tuyulardi. Lekin yigitdan ham
atirgullardan ham darak
bölmasdi. Shu bir- necha kun
ichida qiz özi
bilmagan holda yig'lab ham
yuborardi. Ha, qiz sevib
qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi.
Nihoyat bir kuni ösha kutilgan
ovozni eshitdi: - Salom! -
Salom, - javob berdi qiz. -
Biroz aylanib
kelmaymizmi? - Bahor oylarida
yomg'irsiz havoda piyoda
yurish ham zavqlimi? - Albatta.
Ular
birinchi marta körishishgan
xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi.
Nihoyat yigit qizga bir dona
qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni
oldiyu uning bandiga köz
yugurtirdi. Qog'ozcha yöq edi.
Savol
nazdida yigitga qaradi. Yigit
har doimgidek kulib turardi. -
Mana u, - yigit qöllarini yozdi.
Uning kaftiga
böyoq bilan ösha dastxat
yozilgandi: "Hayot gözal..."
Keyingi kunlar xuddi shirin
tush kabi
tez ötardi. Qiz yigit sevgi izhor
qilganidan keyin özi ham uni
sevishini anglab yetdi. Chindan
ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy
röyo haqiqatga
aylanganidan baxtiyor edi.
Juda ham chiroyli muhabbat
edi bu... Yigit rassom edi.
Qizga juda chiroyli tabiat
manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt
va sevgidan sarmast yashardi.
Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz
öz suratiga qaradi. Judayam
nafis va chiroyli chizilgandi. -
Nega meni
bulutlar orasida turibman?
Söradi qiz. - Chunki sen
mening farishtamsan,- javob
berdi yigit. Har bir kuni gözal
edi bu
sevgining... Lekin öshanda qiz
hali özini oldinda nimalar
kutayotganini bilmasdi... Kuz
kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit
bilan körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit
odatdagidek jilmayardi, lekin
bu tabassum ortida juda ham
özgacha
mahzunlik sezilardi. - Nima
böldi? - Hech narsa. Kecha
unutibman, kechir azizam.
Shuncha vaqtdan
beri atiga yarim daqiqaga
kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi. Keyingi kunlarda ular
yana odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan
köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon
ötirardilar... Bir kuni qiz yana
uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit
körindi. - Salom, - dedi yaqin
kelgach. - Nega bunaqa
yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha,
jin ursin, velosipeddan
yiqildim. Ular odatdagidek
örindiqqa ötirgan köyi, quyosh
botishini tomosha qildilar...
Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi.
Balki, ösha kuni qizning yuragi
yigit bilan shunday sönggi bor
yonma- yon ötirganliklarini
sezgandir... Ertasiga qiz
yigitning shifoxonada
ekanligini eshitganida, karaxt
bölib qoldi. Ming xavotir ila
tezda yetib keldi. Uni yigitning
yoniga qöyishmadi.
Bilsa, yigit juda og'ir kasal
ekan. Kechagi kun tongda
kasali xuruj qilgan va
kasalxonaga keltirishgan
ekan. - Unga yurish mumkin
emasligini aytgandik. Lekin u
kechroq kasalxonadan qochib
ketibdi. Mana oqibati. U
oyoqlarini
his qilmaydi. Shol... Qiz titrab
ketdi. Közlariga quyilib
kelayotgan köz yoshlarini
töxtata olmasdi. Xamshiraning
sönggi gaplari öta dahshatli
ovoz bölib, qizning quloqlari
ostida jaranglardi: U
oyoqlarini his qilmaydi...
Shol... Yigit uyg'ongach qiz
uning yoniga kirdi.
Yigitning ahvolini körib, battar
siqildi. U yig'lardi, yigit
közlarini shiftga tikkancha gap
boshladi: - Bilasanmi, seni
birinchi marta körganimda
maktabda 7- sinf eding.
Öshanda pushti lenta
taqvolganding... Yigit biroz tin
olgach davom etdi: - Biram
chiroylisanki... Sen bilan juda
shirin hayot kechiraman deb
öylagandim... Buni qara,
baribir peshonaga yozgani
bölarkan... - Bas qiling! Qiz
köz yoshlariga erk berdi. Juda
ham ezilib yig'lardi. - Yig'lama.
Beri kel, muhim bir gap
aytaman. Qiz yigit aytgandek
qildi.
Yigit qizning yuzini silagancha
shunday dedi: - Qachon
hayotda nimadandir siqilsang,
kimnidir sog'insang, köz
yoshlaringni mana bunday
qilib sidirib tashla, - yigit
barmoqlari bilan qizning
közlaridagi yoshni artdi,-
Chunki hayot gözal... Qiz shu
kuni
tongga qadar yig'ladi. Ösha
tunda u yigitni qanchalar
sevishini tushundi. "Men
baribir umrbod u bilan
qolaman",- qaror qildi qiz.
Ertasiga shifoxonaga kelgan
qiz yigitni topolmadi. Unga
yigitni tongda Germaniyaga
olib ketishganligini aytishdi.
Qiz holsiz devorga suyanib
qoldi. Uning boshida
million xil hayollar aylanardi.
Nega? Öylardi u. Shu mahalda
unga bir xamshira qip- qizil
atirgul keltirib berdi. Qiz yigit
bergan sönggi gul bandidagi
qog'ozchani titragan qöllari
bilan arang ochdi. Unda
shunday yozilgandi: "
Bilasanmi,
doktorlar mening tirik
qolishimga deyarli umid yöq
deyishdi. Insult xavfi kundan-
kun oshib borarkan. Sen meni
baribir tashlab ketmasding.
Men esa sening judayam baxtli
bölishingni istayman... Men
juda uzoqqa ketyapman.
Bilasan-a, seni
judayam sevaman. Agar sen
ham meni zarracha sevsang,
ötinaman, men uchun ham
baxtli hayot kechir. Sira ham
yig'lama. Yig'laganingda meni
yuragim og'riyotgan böladi.
Kelishdikmi? Men uchun esa
baribir hayot gözal. Ehtimol,
ertaga uyqudan
uyg'onmasman, lekin hayotim
juda gözal. Chunki
unda sen borsan..." Qiz
maktubni quchganicha juda
uzoq yig'ladi... Qiz ikki yil
yigitning xotirasi bilan yashadi.
Keyin yigit aytganidek
yashashga harakat qildi. Bir
yigitga turmushga chiqdi.
Ammo uning hayollari tubida
hamon eski xotiralar
hukmronlik qilardi.
Har lahzada uni yod qilib
yashardi. Ög'illik bölganida,
unga yigitning ismini qöydi...
Taqdir qizga hali ancha
sinovlarni tayyorlab qöygan
ekan. Farzandi tug'ilgach köp
ötmasdan, eri avtohalokat
tufayli dunyodan köz yumdi.
Qiz tag'in
köz yoshlari tubiga g'arq böldi.
4 yil vaqt ötib ketdi. Endi
qizning hayotdagi bori ög'li va
xotiralari edi. O'g'lini
bog'chaga kuzatib qo'ygach,
qiz bir vaqtlar yigit bilan
uchrashuv joyi bo'lgan
xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi.
"Hayot gözal"
deb, kulib turadigan yigitning
qiyofasini köz oldiga keltirdi.
Oradan shuncha 8 yil ötgan
bölsada, uning muhabbati bir
qatra bölsin, kamaymagandi...
Uyga kelgach, yuragi
sog'inchdan boshqacha
urayotganligini his qildi va özi
"shirin xotiralar" deb
ataydigan qutini ochdi. Özining
portreti, ösha pushti zontik,
dastxatlar... Hamma-
hammasini bir-bir körib chiqdi.
Uyga kirib kelgan ög'il
oyisining yig'layotganini kördi.
U sekin oyisining yoniga keldi.
- Oyi, qachon hayotda
nimadandir
siqilsangiz, kimnidir
sog'insangiz, köz yoshlarni
mana bunday sidirib
tashlang... Qiz köz yoshlarini
artayotgan ög'liga hayrat
bilan tikilib qoldi. - Buni kim...
kim aytdi? - Bir amaki oyingni
sira ham yig'latma dedilar,
rasm chizishni
ham örgatdilar. Qizning yuragi
qachonlardir yigit yomg'irli
kechada "Hayot gözal"
deganidagi kabi zarbli urardi.
"Nahotki u tirik bölsa?" Qiz
tonggacha mijja qoqmadi.
Allohdan umidlari puch bölib
chiqmasligini söradi. Ertasi kun
bog'chaga borib, rasm
murabbiyini söradi. Uni bir
xonaga kuzatib qöyishdi.
Xonaga
kirgan qiz burchakda turgan
yangi chizilgan suratni tanidi.
Qachonlardir tongda
uyg'onganida
dökoncha devoriga chizilgan
yurak shakli edi bu. Qiz
judayam hayajonlanardi. -
Balki yordamim kerakdir?
G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan
ovoz eshitildi. Ögirilganida
qarshisida ösha rom qiluvchi
tabassumi bilan yigit turardi...
Yigitni Berlinda 3 yil davomida
davolashgan, keyin 2 yilga
yaqin nogironlik aravachasida
yashagan, nihot keyin
butunlay sog'ayib ketgandi.
Ular ancha vaqt bir- birlariga
termulib qoldilar. Qizning
sakkiz yil oldingidek chiroyi
yigitning ösha vaqtlardagidek
jozibador tabassumiga qarshi
turardi. Qiz shu yillar ichida ilk
marta sevinganidan yig'lardi.
Yigit qizga yaqin keldi. -
Qachondir nimadandir
siqilsang, kimnidir sog'insang,
köz yoshlarni mana bunday
sidirib tashla... Keyingi jumlani
ular baravariga aytishdi: -
CHUNKI HAYOT GÖZAL...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1