Mavlono Jaloliddin Rumiy
uylarida yeydigan hech vaqo
qolmaganini xabar bergan
ayollaridan qayta-qayta
so‘rayveribdilar:
-Hech narsa qolmadimi?
-Yo‘q.
-Og‘izga oladigan hech vaqo
yo‘qmi?
-Yo‘q.
-Hech narsa-ya?
-Hech narsa...
-Rostdanmi?!
Xazrati Mavlono shodliklaridan
yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini
duoga ochdilar:
-Allohim, senga hamdu sanolar
bo‘lsinki, uyim Rasululloh
sallallohu alayhi vasallamning
xonadoniga o‘xshabdi.
***
Bir kishi Hasan Basriy (q.s.)
hazratlarining oldilariga kelib:
“Falonchi sening haqqingda
falonday pistonday noma’qul
gaplarni gapirdi”, debdi.
-Qachon?
-Bugun.
-Qaerda?
-Uyida.
-Uning uyida nima qilayotgan
eding?
-Ziyofatga boruvdim.
-Ziyofatda nima yeding?
Xaligi kishi sakkiz xil taomning
nomini sanadi.
Shunda Hasan Basriy (q.s.):
-O’sha odamning sakkiz xil
taomi qorningga sig‘diyu bir
og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu
yerdan! – dedilar va g‘iybatchini
dargohlaridan quvib chiqardilar.
***
Bir xristian popi o‘lkamizga kelib,
yoshgina boladan cherkovning
yo‘lini so‘rabdi.
Bola popni cherkovga kuzatib
qo‘yibdi. Minnatdor pop debdi:
- Barakalla, o‘g‘lim! Ertaga ham
shu yerga kelsang senga
jannatning yo‘lini ko‘rsataman.
Bola javob beribdi:
- Cherkovni yo‘lini bilmagan
jannatning yo‘lini qaerdan
bilardingiz?!
***
Boyazid Bistomiy hazratlari
jinnixona yonidan
o‘tayotganlarida, bir tabibning
havonchada dori
maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, -
debdilar, - shu kasalimga qarshi
doring bormi?
-Tabib boshini ko‘tarib
ulgurmasdan, jinnixona
panjarasidan qarab turgan bir
xasta javob beribdi.
-Tavbaning tomiri bilan
istig‘forning yaprog‘ini aralashtir.
Qalb havonchasida tavhid
to‘qmog‘i bilan tuyib maydala.
Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh
bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir
va bomdod bilan shom orasida
ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan
xastaligingdan asar ham
qolmaydi.
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari
jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
-Yo, Robbim! Bu dunyo
xastaxonasida ne tabiblaring
bor!!!
***
Tarix sohasida jahon miqyosida
tengi kam olimlardan bo‘lgan
Mahmud Kamoldan so‘radilar:
-Sizdagi bilimning o‘ndan
biriga ham ega bo‘lmaganlar
sizdan bir necha barobar ko‘proq
tanildilar. Buning sababi nimada
ekan?
-Min bilmoq uchun o‘rgandim,
ular bilinmoq uchun!
***
Hazrati Bahouddin Naqshband
(q.s.)dan muridlari bir karomat
ko‘rsatishni so‘rashdi. Hazrat
o‘rinlaridan turdilar-da, yengil-
engil besh-olti qadam yurib, yana
joylariga cho‘kdilar. Muridlar
hayron bo‘lib qarashdi. Hazrati
Naqshband (q.s.) dedilar:
-Ikki yelkamda tog‘day-tog‘day
gunohlarni ko‘tarib, qushday
yengil yurishimning o‘zi karomat
emasmi?!
***
Bir kishi mashhur turk shoiri
Mahmad Akif Ersoyni mazax
qilmoqchi bo‘libdi:
-Afandim, siz mol do‘xtirligini
bitirgan edingiz-a?
-Ha, bir yering og‘riyaptimi?!
***
Bir olim g‘iybatchiga debdi:
-Aytaylik, sen yomonlayotgan
odamning obro‘si kamaydi,
ammo bu to‘kilgan obro‘ senikiga
kelib qo‘shilmaydi-ku!
***
Bir boy davlatmandligidan
kerilib, shayxga debdi:
-Sizga qancha pulu oltin kerak
bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
-Yo‘q, - debdi shayx. – Men
qulimning qulidan narsa
so‘ramayman.
-Ie, qanaqasiga sizga qul
bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy.
Shayx javob beribdi:
-Nafs mening o‘ulim, sen esa
nafsning qulisan!..
***
O’qituvchi:
-Inson odamsimon maymundan
paydo bo‘lgan.
O’quvchi o‘qituvchiga ishorat
qilib past ovozda:
-Ba’zilari odamsimon eshakdan.
***
Dunyoda hech qanday dalil
qolmagan taqdirda ham, bir
mikrobning hayoti Allohni
anglash va anglatish uchun
yetarlidir.
PASTERNAK.
***
Dunyo yasangan, bezangan
chiroyli bir kelinchak kabidir! U
barchaga kulib boqadi, ammo
hech kimga tegmaydi.
Dunyoning bu kayfiyatini
anglagan buyuk zotlarimiz unga
qiyo ham boqmay o‘tib
ketaveribdilar.
***
Biz yo‘lda uchrashdik Azon
eshitildi.
-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun
jum’a!
-Masjidga bormasligimni
bilasan-ku, - dedi.
-Bilaman-u, ammo
qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim
to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor
emasman. Qolaversa, shimimning
tizzalari titilib, dazmoli
buzilishidan ham qo‘rqaman...
arzimaydi...
Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni
yaxshi ko‘rishimni, dog‘
tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U
ko‘pincha oq kiyim kiyardi.
Kiyimlari doim dazmollangan,
toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos,
uning jome’ masjidida ekanligini
eshitib qoldim. Yugurdim.
Jome’dagi nomoz saflarining eng
oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib
past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima
bo‘ldi? Masjidga bormayman
demaganmiding? – deb so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki
boshdan oyoq oppoq kafanga
o‘rangancha tobutda yotar,
uning uchun janoza namozlarini
o‘qishlarini kutar edi.
***
Saljuq sultonlaridan biri,
mavlono Jaloliddin Rumiyni
ziyorat qilib, gap asnosida
saltanatlari orasidagi farqni
so‘rabdi.
-Sening saltanating, to ko‘zing
ochiq turgan muddatgacha
davom etadi. Meniki esa ko‘zim
yumilganidan keyin boshlanadi, -
debdi mavlono.
***
Yo‘lda o‘zlariga to‘qnash
kelayotgan molni ko‘rib, Imom
A’zam yo‘l beribdilar. Sababini
so‘raganlarga esa shunday javob
qilibdilar:
-Molning shoxlari bo‘lsa, mening
aqlim bor!
***
Muallim savol qildi:
-Bolalar, agar Alloh
hammamizning jannatga
kirishimizni istasa, nega bu
dunyoga yubordi?
-Bir o‘quvchi o‘rnidan turib
javob berdi:
-Muallim siz ham
hammamizning a’lo baholar bilan
sinfdan sinfga ko‘chishimizni
istaysiz, ammo nega imtihon
qilasiz. Barchamizga birday besh
baho qo‘yib chiqmaysiz?!
***
O’qituvchi keltirgan qant-qursini
yashirib darsga kirdi-da,
o‘quvchilarga qarab:
-Alloh bor deydiganlar, qani,
hozirning o‘zida bergin deb
undan biron nima, masalan, qand
so‘rashsin-chi, Allohlari ularga
berarmikin. Ammo mendan
so‘rasangiz shu zahoti berishim
mumkin, - debdi. O’qituvchining
hiylasini bilib qolgan bir o‘quvchi
debdi:
-Muallim, qand menga allergiya
beradi, yaxshisi sizdan bitta olma
so‘ray qolay...
***
Boyazid Bistomiy hazratlaridan:
-Siz suv ustida yurar emishsiz.
Qanday qilasiz? – deb so‘radilar.
-Bir quruq yog‘och ham suvda
yuradi. Biz yog‘ochcha
bo‘lmadikmi?!
***
Nasriddin Xo‘jadan so‘radilar:
-Xo‘jam! Shu, dunyo necha
chaqirim kelarkin?
Shu asno yonlaridan tobut
ko‘tarib o‘tdilar. Nasriddin Xo‘ja
tobut tomonga ishorat qildi:
-Ana undan so‘ranglar, o‘lchash
ishini bitirib qaytyapti!..
***
Najib Fozil kemada kitob o'qib
ketayotgan ekan. Muxlislaridan
biri yaqinlashib:
- Ustoz, dunyoga payg'ambar
yuborishning nima keragi bor
edi? Alloh aql berib qo'yibdi,
yo'limizni o'zimiz ham topib
olardik, - debdi.
Najib Fozil kitobdan bosh
ko'tarmay javob beribdi:
- Kemaning nima keragi bor.
Dengizdan o'zing suzib o'taver!..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев