Bu insonlar omadni, xizmat
pog’onasidan ko’tarilishni yaqqol
tasavvur etish iqtidoriga ega. Omilkor,
a’lo darajada reja tuzadigan, o’tkir aql
soxiblari. Ulardagi g’ugur, mustaqillik,
qat’iyat o’ziga xos. Qarzlarni tez
uzishadi. Ammo boshqa tomonlama
tushkun, o’ziga ishonmaydigan,
gumonsiraydigan, xafsalasi pir odamlar
bo’lib, ko’plab imkoniyatlarni qo’ldan
boy beradilar.
Barcha jabhadagi kuchli aql, parvoz
qilishdagi qobiliyatlari tez o’qib-
o’rganish, o’zlariga biriktirilgan ishni
yuqori darajada ado etishlarini
ta’minlaydi. Biroq o’zlarini tortadigan
bo’lsalar, omadsizlikka girifdor
bo’lishadi. O’zlarida boriga kamdan-kam
qanoat hosil qiladilar, ko’p narsa
hohlaydilar.
Nozik masalalarda hayotlari og’ir,
mashaqqatli kechadi: Tashqi taraflama
o’ziga ishonch zamirida ich-ichidan
tanglik yashirilgan do’st va ishqiboz
orttirishlari yengil kechmasa-da butun
umr ularga saodat ko’rsatadilar. Ishqiy
jabxada ishtahalari chakki emas. Bu
odamlar maddadga muxtoj. Rashkchi
ammo fitnakor emas. Ularning
tushkunligi omadga to’sqinlik qiluvchi
yagona to’siq bo’lib, bu omil
boshqalarning zardasini qaynatadi.
Salomatlik borasida bosh, orqa va jigar
a’zolarida muammolar kutiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1