aytib bordik
mozorigacha
Unashtirilib yaqin kunda to'yi
bo'ladigan,
lekin baxtsiz hodisa tufayli
avtohalokatga
uchrab vafot etgan qiz!
O'ng yelkamda tobut
ko'zlarimda
yosh,
Xaqiqat oldida egilganda bosh,
Tobutda yotardi go'zal qora
qosh,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular
sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi
tinmayin
achchiq,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
U kirmagan edi yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga
qadam.
Karaxt bo'lib qolar eshitgan
odam,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Ona voh dod deydi hushin
yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Seplar yig'gan edi orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar
ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Taqdirmi qaranga yosh ketdi
essiz,
Mevasi qolmadi o'tdiku izsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi
hushsiz,
Yor-yor aytib bordik
mozorigacha.
Mana so'nggi yo'lga kuzatdik
go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik
go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo
avzal
Yor-yor tugab qoldi
mozorigacha.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев