Предыдущая публикация
Sen tomon talpinsam,tugamas yo'lim.
Hijronda yashamoqdan afzaldir o'lim,
Ko'zlarimni yoshlab ketgan sevgilim,
Azoblarga tashlab ketgan sevgilim.
Yig'lar yurak,xo'rsinar yurak,
Sensiz o'tar kundan og'rinib.
Ond ichmoqlik endi ne kerak,
Xudo haqqi,seni sog'indim.
Menga bir so'z ayt ham demayman,
Bir umrga qayt ham demayman.
Bir ko'rmoqqa yillar yig'layman,
Xudo haqqi,seni sog'indim.
Olib ketsin deya oq qushlar,
Tunni kutdim ko'rmoq uchun tush.
Hijron meni qafasda ushlar,
Xudo haqqi,seni sog'indim.
Guncha-yu gullar parvona,
Qush tilida honishlar aytdim.
Garchi bu so'z shoirona,
Lekin seni sog'inib ketdim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев