Salom hayotim. Endi
seni hayotim deyishga ham haqqim
yo’q. Sen endi o’zga bir insonning
hayotiga mazmun baxsh etasan.
Naxotki, naxotki sen meni emas, o’zga
bir insonning umr yo’ldoshi bo’lding. Seni o’zga inson bilan kelin ko’ylagida
tasavvur qilish bilsang edi menga
qanchalik azob beryaotganini. Eh-he
qanchadan qancha orzularimiz bor edi.
Afsus… Ming bor afsus, bu orzular
go’yoki saxroga suv quygandek sarob bo’ldi. Mana hozir shu
orzularimizmi va birga o’tgan shirin
lahzalarimizni sen va yoningda o’tirgan
baxtli insonga termulgancha
qismatimga achinib eslab o’tiribman.
Hayolimdan o’chirolmasman mayin tabasssuming, o’tli nigohing, shirin
so’zlaring. O’sha kunlar mening eng
baxtli onlarim ekan. Esingdami bizning
sevgimizga kimlar xavas qilmadi. Yana
kimlardir xasad nigohi bilan qarardi.
Baxtli hayot kechirish nasib qilmaganmi yoki taqdir ekanmi biz
birga bo’la olmadik. Maktubni
yozarman qo’limda alamli titroq ila
qalam, ko’zimda esa yigitlik g’ururini
mensimagan yosh. Bugun men birinchi
bor taqdirimga achinib ko’z yosh to’kmoqdaman. Qani endi bu kunlar
qo’rqinchli tush bo’lsayu,
uyg’onganimda esa sen bilan baxtli
hayot kechirayotgan bo’lsam. Lek
qanchalik urunmayin bu orzular
armon bo’lib qolaveradi. Senga yetishish uchun qilgan harakatlarim
chekkan azoblarim kamlik qilgani
uchun meni kechir. Nima ham qila
olardim. Otang menga emas, boshqa
bir insonga seni oq fotixasi bilan berib
yubordi. . Azizim ........... maktubim tamomlanar ekan senga yagona
tilagim doimo baxtli, yuzingda
tabassum bilan yasha. Taqdir
charxfalagi aylanib kelajakda ko’rishib
qolsak hayotdan zavqlanib
yashayotganingni ko’rayin. Men endi sendan..., shirin hotiralarimizdan
qochib, yangi hayot qurish uchun
uzoqlarda yuribman. Bu yozganlarimni
o’qiganingda esa men sendan
olislarda, boshqa bir insonga aylangan
bo’laman. ....... bu senga so’nggi so’zim so’nggi maktubim. Alvido armon
bo’lgan sevgilim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1