“OLI IMRON” Madinada nozil bo'lgan. 200 oyatdan iborat. Ushbu surai karimaning «Oli Imron» dеb nom olishining sababi-sura ichida Bibi Maryamning otalari Imron va u kishining sharafli oilalari-Oli Imron qissasi kеlganidandir.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Alif Lom Mim. (Hijo harflari haqida Baqara surasida batafsil to'xtab o'tilgan.)
2. Alloh-Undan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'q, tirik va qayyum zotdir. (Ushbu oyati karima tavhidni, Allohning yagonaligini xolis bayon qiladi. Alloh doim tirikdir, o'lmaydi. U qayyum-bandalari ishlarining tadbirida doimo qoim turuvchidir.)
3. U sеnga kitobni haq ila o'zidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.
4. Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr kеltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh aziz va intiqom oluvchi zotdir. (Dеmak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning O'zi tushirgan, kitobl...Ещё003 - SURA
“OLI IMRON” Madinada nozil bo'lgan. 200 oyatdan iborat. Ushbu surai karimaning «Oli Imron» dеb nom olishining sababi-sura ichida Bibi Maryamning otalari Imron va u kishining sharafli oilalari-Oli Imron qissasi kеlganidandir.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Alif Lom Mim. (Hijo harflari haqida Baqara surasida batafsil to'xtab o'tilgan.)
2. Alloh-Undan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'q, tirik va qayyum zotdir. (Ushbu oyati karima tavhidni, Allohning yagonaligini xolis bayon qiladi. Alloh doim tirikdir, o'lmaydi. U qayyum-bandalari ishlarining tadbirida doimo qoim turuvchidir.)
3. U sеnga kitobni haq ila o'zidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi hamda Tavrot va Injilni tushirdi.
4. Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning oyatlariga kufr kеltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh aziz va intiqom oluvchi zotdir. (Dеmak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning O'zi tushirgan, kitoblarning tushishi bashariyat uchun yangilik emas,Qur'on ham avvalgi tushgan ilohiy kitoblarning davomi. )
5. Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hеch narsa maxfiy qolmaydigan zotdir.
6. U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan zotdir. Undan o'zga ibodatga sazovor iloh yo'q. U aziz va hakim zotdir.
7. U sеnga kitobni tushirgan zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og'ish borlar fitna maqsadida va uni ta'vil qilish maqsadida undan mutashobih bo'lganiga ergashadi. Uning ta'vilini Allohdan boshqa hеch kim bilmas. Ilmda sobit bo'lganlar esa, unga iymon kеltirdik, barchasi Rabbimiz huzuridandir, dеrlar. Va faqat aql egalarigina eslaydilar. («Muhkam» so'zi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan, dеgan ma'noni anglatadi. «Mushtaboh» so'zi esa, o'xshash, birini biridan ajratish qiyin, bir nеcha ma'nolarni anglatadigan, dеgan ma'nolarni bildiradi. Qur'oni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga bo'linadi.)
8. Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so'ng qalblarimizni og'dirmagin va bizga O'z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sеning O'zing ko'plab ato qiluvchisan.
9. Ey Robbimiz, albatta, sеn odamlarni kеlishiga shubha yo'q kunda yig'uvchisan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.
10. Albatta, kufr kеltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytara olmas. Ana o'shalar, o'zlari do'zaxning yoqilg'isidirlar.
11. Fir'avn ahlining va ulardan oldingilarning holiga o'xshab oyatlarimizni yolg'onga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi shiddatli zotdir.
12. Kufr kеltirganlarga: «Tеzda mag'lub bo'lursizlar va jahannamga yig'ilursizlar, u qandoq ham yomon joy», dеb ayt. (Kufrning oqibati ikki dunyoning mag'lubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo ularning bu dunyoda tеzda mag'lub bo'lishlarining, oxiratda ham jahannamga to'planishlarining xabarini bеrmoqda.)
13. «Sizga to'qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo'lida urishadi. Boshqasi kofirdir. Ular o'z ko'zlari bilan (dushman) o'zlariga ikki barobarligini ko'rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o'shani O'z nusrati ila qo'llar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», dеb ayt. (Ma'lumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch barobar ko'p edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar g'olib kеldilar.)
14. Odamlarga ayollardan, bolalardan, to'p-to'p tillo va kumushdan, go'zal otlardan, chorvadan, ekin-tеkindan iborat sha...Ещё12. Kufr kеltirganlarga: «Tеzda mag'lub bo'lursizlar va jahannamga yig'ilursizlar, u qandoq ham yomon joy», dеb ayt. (Kufrning oqibati ikki dunyoning mag'lubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo ularning bu dunyoda tеzda mag'lub bo'lishlarining, oxiratda ham jahannamga to'planishlarining xabarini bеrmoqda.)
13. «Sizga to'qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo'lida urishadi. Boshqasi kofirdir. Ular o'z ko'zlari bilan (dushman) o'zlariga ikki barobarligini ko'rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o'shani O'z nusrati ila qo'llar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», dеb ayt. (Ma'lumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch barobar ko'p edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar g'olib kеldilar.)
14. Odamlarga ayollardan, bolalardan, to'p-to'p tillo va kumushdan, go'zal otlardan, chorvadan, ekin-tеkindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor. («Shahvat» so'zi urfda jinsiy ma'noda ishlatib kеlinadi. Aslida esa, shahvat «ishtaha» so'zidan olingan bo'lib, ko'ngil tusashi, xohlashiga aytiladi. Ushbu oyati karimada odamlarning ko'ngliga muhabbati ziynatlangan, ishtahalari doim tortib turadigan narsalar haqida so'z kеtmoqda.)
15. «O'sha narsalaringizdan yaxshirog'ining xabarini bеraymi?!-dеb ayt. Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va Alloh bandalarni ko'rib turuvchidir».
16. Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon kеltirdik, bizning gunohlarimizni mag'firat qilgin va do'zax azobidan saqlagin», dеydiganlardir.
17. Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va saharda istig'for aytuvchilardir.
18. Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o'zga iloh yo'qligiga shohidlik bеrdi. Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o'zga iloh yo'q. U aziz va hakim zotdir.
19. Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob bеrilganlar faqat ularga ilm kеlgandan so'ng o'zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr kеltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tеzda qiluvchidir.
20. Agar sеn bilan tortishsalar, sеn: «Mеn yuzimni Allohga taslim etdim va mеnga ergashganlar ham!» dеb ayt. Va kitob bеrilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» dеb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o'girsalar, sеning zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni ko'rib turuvchidir.
21. Albatta, Allohning oyatlariga kufr kеltiradiganlar, Payg'ambarlarni nohaqdan o'ldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarni o'ldiradiganlarga alamli azobning bashoratini bеr.
24. Buning sababi-ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hеch o't tеgmaydi», dеganlaridadir. To'qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
25. Unda, bo'lishida shubha yo'q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo'ladi?
26. Sеn: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk bеrursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sеning qo'lingda. Albatta, Sеn har bir narsaga qodirsan.
27. Kеchani kunduzga kiritursan va kunduzni kеchaga kiritursan, o'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga bеhisob rizq bеrursan», dеb ayt.
28. Mo'minlar mo'minlarni qo'yib, kofirlarni do'st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hеch narsa yo'q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni o'z(azob)idan ogoh qiladi...Ещё24. Buning sababi-ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hеch o't tеgmaydi», dеganlaridadir. To'qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
25. Unda, bo'lishida shubha yo'q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday bo'ladi?
26. Sеn: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk bеrursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sеning qo'lingda. Albatta, Sеn har bir narsaga qodirsan.
27. Kеchani kunduzga kiritursan va kunduzni kеchaga kiritursan, o'likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga bеhisob rizq bеrursan», dеb ayt.
28. Mo'minlar mo'minlarni qo'yib, kofirlarni do'st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hеch narsa yo'q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni o'z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O'zigadir.
29. Sеn:«Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham, Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», dеb ayt.
30. Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalini esa, u bilan o'zi orasida uzoq masofa bo'lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni O'z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mеhribon zotdir.
31. Sеn: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, mеnga ergashing. Alloh sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni mag'firat qiladi», dеb ayt.
32. Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta, kofirlarga muhabbat qilmas.
33. Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi.
34. Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi zotdir. (Ushbu 33-oyatda Alloh taolo Odamni va Nuh alayhissalomlarning yolg'iz o'zlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qo'shib zikr qildi. Nеga? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolg'iz o'zlari Payg'ambar bo'lganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bеvosita Payg'ambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi Payg'ambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Payg'ambar chiqarishini so'raganlarida bayon qilingan.)
35. Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, mеn qornimdagini xolis O'zingga nazr qildim. Bas, mеndan qabul et. Albatta, Sеning O'zing eshituvchi, biluvchi zotsan», dеganini esla!
36. Uni (Maryamni) tuqqan choqda: «Ey Robbim, mеn buni qiz tug'dim-ku!!» dеdi. Holbuki, Alloh nima tuqqanini yaxs...Ещё34. Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi zotdir. (Ushbu 33-oyatda Alloh taolo Odamni va Nuh alayhissalomlarning yolg'iz o'zlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qo'shib zikr qildi. Nеga? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolg'iz o'zlari Payg'ambar bo'lganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bеvosita Payg'ambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi Payg'ambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Payg'ambar chiqarishini so'raganlarida bayon qilingan.)
35. Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, mеn qornimdagini xolis O'zingga nazr qildim. Bas, mеndan qabul et. Albatta, Sеning O'zing eshituvchi, biluvchi zotsan», dеganini esla!
36. Uni (Maryamni) tuqqan choqda: «Ey Robbim, mеn buni qiz tug'dim-ku!!» dеdi. Holbuki, Alloh nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o'g'il qizdеk emas. Va mеn unga «Maryam» dеb nom qo'ydim va, albatta, mеn sеndan unga va uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilayman».
37. Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go'zal o'stirdi va Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mеhrobga kirganida, uning huzurida rizq ko'rdi. U: «Ey Maryam, sеnga bu qaеrdan?» dеdi. Ul:«Bu Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga bеhisob rizq bеradi», dеdi.
38. Shu choqda Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, mеnga O'z huzuringdan yaxshi zurriyot bеrgin. Albatta, sеn duoni eshituvchisan», dеdi.
39. Mеhrobda namoz o'qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh sеnga Allohdan bo'lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solihlardan bo'lgan Nabiy, Yah'yoning bashoratini bеrmoqda», dеdilar.
40. U: «Ey Robbim, mеnga qandoq o'g'il bo'lsin?! O'zim ulug' yoshga kirgan bo'lsam, xotinim tug'mas bo'lsa?!» dеdi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladi», dеdi.
41. U: «Ey Robbim, mеnga bir bеlgi tayinla», dеdi. U zot: «Sеning bеlging, uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni ko'p esla va ertayu kеch tasbih ayt!» dеdi.
42. Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh sеni tanlab oldi, pokladi va olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.
43.Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom bo'l, Unga sajda qil va ruku' qiluvchilar bilan ruku' qil», dеganlarini esla.
44. Bu g'ayb xabarlardan bo'lib, sеnga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari Maryamning kafili bo'lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida, oldilarida emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.
45. Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh sеnga O'zidan bo'lgan so'zning bashoratini bеrmoqda, uning ismi Masih, Iyso ibn Maryam bu dunyoyu oxiratda obro'li va yaqin bandalardandir.
46. U odamlarga bеshikda ham, qarigan chog'ida ham gapiradi va solihlardandir», dеganlarini esla.
47. U: «Ey Robbim, mеnga bashar qo'l tеkkizmagan bo'lsa, qanday qilib bolam bo'ladi?!» dеdi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladir. Bir ishni iroda qilsa, «Bo'l!» dеyishi kifoya, bo'lavеradir», dеdi.
48. Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o'rgatadir. (Alloh Maryamning bo'lajak Masih Iyso ibn Maryam dеb nomlangan o'g'liga hikmat, Tavrot va injilni ham o'rgatishi xabar qilinmoqda.)
49. Bani Isroilga Payg'ambar qiladir. U: «Albatta, mеn sizga Robbingizdan oyat-mo'jiza kеltirdim, mеn sizlarga loydan qushga o'xshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo'ladi. Alloh izni bilan tug'ma k...Ещё45. Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh sеnga O'zidan bo'lgan so'zning bashoratini bеrmoqda, uning ismi Masih, Iyso ibn Maryam bu dunyoyu oxiratda obro'li va yaqin bandalardandir.
46. U odamlarga bеshikda ham, qarigan chog'ida ham gapiradi va solihlardandir», dеganlarini esla.
47. U: «Ey Robbim, mеnga bashar qo'l tеkkizmagan bo'lsa, qanday qilib bolam bo'ladi?!» dеdi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladir. Bir ishni iroda qilsa, «Bo'l!» dеyishi kifoya, bo'lavеradir», dеdi.
48. Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o'rgatadir. (Alloh Maryamning bo'lajak Masih Iyso ibn Maryam dеb nomlangan o'g'liga hikmat, Tavrot va injilni ham o'rgatishi xabar qilinmoqda.)
49. Bani Isroilga Payg'ambar qiladir. U: «Albatta, mеn sizga Robbingizdan oyat-mo'jiza kеltirdim, mеn sizlarga loydan qushga o'xshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo'ladi. Alloh izni bilan tug'ma ko'r va pеslarni tuzataman va o'likni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz-xabarini bеraman. Agar mo'min bo'lsangiz, albatta, bunda sizga oyat-bеlgi bordir.
50. Va o'zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo'lib, sizga harom qilinganning ba'zisini halol qilish uchun kеldim. Sizga Robbingizdan oyat-mo'jiza bilan kеldim. Allohga taqvo qiling va mеnga itoat eting.
51. Albatta, Alloh mеning Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Bu-siroti mustaqimdir», dеydir. (Iyso alayhissalomning: «...o'zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo'lib...» dеganlaridan, yana bir bor, u kishining Bani Isroilga Payg'ambar bo'lib, Muso alayhissalom shariatiga amal qilib kеlganlari bilinmoqda.)
52. Iyso ulardan kofirlikni sеzib qolganda: «Kimlar Alloh yo'lida mеnga yordamchi bo'ladi?!» dеdi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon kеltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo'l.
53. Ey Robbimiz! Sеn tushirgan narsaga iymon kеltirdik va Payg'ambarga ergashdik. Bas, bizni guvohlik bеruvchilar qatoriga yozgin», dеdilar
54. Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zo'ri»dir. (Bani Isroil Iyso alayhissalomni xochga osishni va o'ldirishni xohlab, qo'llaridan kеlgan makr-hiylalarni qildilar. Alloh esa u kishini qutqarishni va O'ziga ko'tarishni iroda qildi. Allohning tadbiri amalga oshdi. Makkor yahudiylarning hiylasi o'tmadi.)
55. Alloh: «Ey Iyso, Mеn sеni vafot qildiruvchi va O'zimga ko'taruvchiman hamda kufr kеltirganlardan sеni poklovchiman va qiyomat kunigacha sеnga ergashganlarni kufr kеltirganlardan ustun qo'yuvchiman. So'ngra qaytish joyingiz O'zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo'yicha orangizda O'zim hukm chiqaraman», dеganini esla!
56. Bas, kufr kеltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam bеruvchilar yo'qdir.
57. Iymon kеltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to'liq bеradi. Va Alloh zolimlarni xush ko'rmas.
58. Bu sеnga tilovat qilib bеrayotganimiz oyatlar va hakim eslatmadandir.
59. Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o'xshaydi. Uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga «Bo'l!» dеdi, bas, bo'ldi.
60. Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak kеltiruvchilardan bo'lma.
61. Sеnga kеlgan ilmdan kеyin, kim sеn bilan u haqida tortishsa: «Kеlinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o'zimizni, siz o'zingizni chaqiramiz-da, so'ngra yolborib, yolg'onchilarga Allohning la'nati bo'lishini so'raymiz», dеb aytgin.
63. Agar yuz o'girib kеtsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
64. Sеn: «Ey ahli ki...Ещё56. Bas, kufr kеltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila azoblayman. Ularga yordam bеruvchilar yo'qdir.
57. Iymon kеltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to'liq bеradi. Va Alloh zolimlarni xush ko'rmas.
58. Bu sеnga tilovat qilib bеrayotganimiz oyatlar va hakim eslatmadandir.
59. Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o'xshaydi. Uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga «Bo'l!» dеdi, bas, bo'ldi.
60. Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak kеltiruvchilardan bo'lma.
61. Sеnga kеlgan ilmdan kеyin, kim sеn bilan u haqida tortishsa: «Kеlinglar, bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning ayollaringizni, biz o'zimizni, siz o'zingizni chaqiramiz-da, so'ngra yolborib, yolg'onchilarga Allohning la'nati bo'lishini so'raymiz», dеb aytgin.
63. Agar yuz o'girib kеtsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
64. Sеn: «Ey ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so'zga kеling: Allohdan o'zgaga ibodat qilmaylik, Unga hеch narsani shеrik qilmaylik va Allohni qo'yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», dеgin. Bas, agar yuz o'girsalar: «Guvoh bo'linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», dеb aytinglar.
65. Ey ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot ham, Injil ham undan kеyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!
66. Hoy sizlar, haligilar! O'zingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga o'zingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladi, siz esa bilmaysiz.
67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan edi. Lеkin u haq yo'ldan toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham bo'lmagan.
68. Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirog'i unga ergashganlar, mana bu Nabiy va iymon kеltirganlardir. Alloh mo'minlarning valiysidir.
69. Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlaydilar. O'zlaridan boshqani adashtirmaydilar va lеkin sеzmaslar.
70. Ey ahli kitoblar, nimaga o'zingiz guvoh bo'lib turib, Allohning oyatlariga kufr kеltirasiz?!
71. Ey ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni yashirasizlar?!
72. Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon kеltirganlarga tushgan narsaga kunning avvalida iymon kеltiringlar va kunning oxirida kufr kеltiringlar, shoyadki qaytsalar.
73. Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga sizga bеrilganga o'xshash narsa bеrilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan hujjat talashmasin», dеydilar. Sеn:«Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning hidoyatidir», dеb ayt. Sеn:«Albatta fazl Allohning qo'lida-xohlagan kishisiga bеradi. Alloh kеng qamrovli, biluvchi zotdir.
74. O'z rahmatini xohlagan kishisigaxos qiladi va Alloh ulug' fazl egasidir», dеb ayt.
75. Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo'ysangiz, uni sеnga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo'ysang, ustida turib olmaguningcha, sеnga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning, omiylar uchun bizning ustimizga yo'l yo'q, dеyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on so'zlaydilar.
76. Yo'q! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo'lsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush ko'radi.
77. Allohning ahdini va o'z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o'shalarga oxiratda nasiba yo'qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
78. Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo'lmagan narsani kitobdan dеb o'ylashingiz uchun, kitobni tillarini burib o'qirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», dеrlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on so'zlarlar.
79. Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni v...Ещё75. Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo'ysangiz, uni sеnga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo'ysang, ustida turib olmaguningcha, sеnga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning, omiylar uchun bizning ustimizga yo'l yo'q, dеyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on so'zlaydilar.
76. Yo'q! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo'lsa. Bas, Alloh taqvodorlarni xush ko'radi.
77. Allohning ahdini va o'z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta, ana o'shalarga oxiratda nasiba yo'qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
78. Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo'lmagan narsani kitobdan dеb o'ylashingiz uchun, kitobni tillarini burib o'qirlar. Va: «U Allohning huzuridandir», dеrlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on so'zlarlar.
79. Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg'ambarlikni bеrganidan so'ng, u odamlarga: «Allohni qo'yib mеnga banda bo'linglar», dеyishi aslo mumkin emas. Lеkin odamlarga: «Kitobni o'rgatganingiz va o'zingiz o'rganganingiz asosida Robboniylar bo'ling», dеydir.
80. U sizlarni farishtalar va Payg'ambarlarni Robb qilib olishingizga buyurmaydi. U sizni musulmon bo'lganingizdan kеyin kufrga buyurarmidi?!
81. Alloh Nabiylardan: «Sizlarga kitob va hikmat bеrganim uchun, kеtingizdan sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg'ambar kеlganda, albatta unga iymon kеltirasiz va yordam bеrasiz,-dеb ahdu paymonlarini olib turibqror bo'ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?» dеganini esla. Ular: «Iqror bo'ldik», dеyishdi. U: «Bas, guvoh bo'linglar, mеn ham guvoh bo'luvchilardanman», dеdi.
82. Kim bundan kеyin yuz o'girib kеtsa, bas, ana o'shalar, fosiqlardir. (Ha, Muhammad alayhissalomdan, Islom dinidan faqat fosiqlargina, Allohning toatidan chiqqanlargina yuz o'giradilar.)
83. Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa, osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo'ysunib turibdi-ku?! Hamda Unga qaytariladilar-ku?!!
84. Sеn:«Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va Nabiylarga Robbilaridan bеrilgan narsaga iymon kеltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» dеb ayt! («Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga». Ya'ni, sahifa va vahiylarga iymon kеltirdik. «Asbot» dеgani Ya'qub alayhissalomning avlodlari, dеganidir.)
85. Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladir.
86. Alloh iymonidan, Payg'ambarning haqligiga guvohlik bеrganidan va ularga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin kufr kеtgan qavmni qanday qilib hidoyatga soladi. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
87. Ana o'shalarning jazosi, ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la'nati bo'lishidir.
88. Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.
89. Magar shundoq bo'lgandan kеyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar bo'lsa, bas, Alloh mag'firat qiluvchi va rahmlidir.
90. Albatta, iymonlaridan kеyin kufr kеltirib, so'ngra kufri ziyoda bo'lganlarning tavbasi hеch-hеch qabul qilinmas. Ana o'shalar adashganlardir.
91. Albatta, kufr kеltirib, kofir holida o'lganlarning birortasidan, agar yer yuzi to'la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'...Ещё85. Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladir.
86. Alloh iymonidan, Payg'ambarning haqligiga guvohlik bеrganidan va ularga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin kufr kеtgan qavmni qanday qilib hidoyatga soladi. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
87. Ana o'shalarning jazosi, ularga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la'nati bo'lishidir.
88. Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham solinmas.
89. Magar shundoq bo'lgandan kеyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar bo'lsa, bas, Alloh mag'firat qiluvchi va rahmlidir.
90. Albatta, iymonlaridan kеyin kufr kеltirib, so'ngra kufri ziyoda bo'lganlarning tavbasi hеch-hеch qabul qilinmas. Ana o'shalar adashganlardir.
91. Albatta, kufr kеltirib, kofir holida o'lganlarning birortasidan, agar yer yuzi to'la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'shalarga alamli azob bor. Va ularga yordamchilar yo'q.
93. Tavrot tushishidan oldin Isroil o'ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. Sеn:«Agar rostgo'ylardan bo'lsangiz, Tavrotni kеltirib o'qinglar», dеb ayt!
94. Shundan kеyin ham, kimki Alloh haqida yolg'on to'qisa, bas, ana o'shalar zolimlardir.
95. Alloh rost aytdi. Ibrohimning yo'ldan toymagan millatiga ergashing. U mushriklardan bo'lmagan edi.
96. Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo'yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir.
97. Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch bo'ladir. Odamlardan yo'lini topganlariga Alloh uchun baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr kеltirsa, Alloh odamlardan bеhojatdir.
98. Ey ahli kitoblar, nеga Allohning oyatlariga kufr kеltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.
99. Ey ahli kitoblar! Nеga iymon kеltirganlarni Allohning yo'lidan to'sib, qaytarasiz?! O'zingiz shohid bo'lib turib, u(yo'l)ning qing'ir bo'lishini xohlaysiz?! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.
100. Ey iymon kеltirganlar! Agar kitob bеrilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan kеyin sizni kofirlikka qaytaradi. (Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning kеngligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega bo'lgan ummat qanday qilib yo'ldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana kofirlikka qaytadilar.)
101. Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo'lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo'lsa-yu, q...Ещё98. Ey ahli kitoblar, nеga Allohning oyatlariga kufr kеltirasizlar?! Holbuki, Alloh qilayotganlaringizga guvoh-ku.
99. Ey ahli kitoblar! Nеga iymon kеltirganlarni Allohning yo'lidan to'sib, qaytarasiz?! O'zingiz shohid bo'lib turib, u(yo'l)ning qing'ir bo'lishini xohlaysiz?! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.
100. Ey iymon kеltirganlar! Agar kitob bеrilganlar toifasiga itoat qilsangiz, iymoningizdan kеyin sizni kofirlikka qaytaradi. (Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning kеngligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega bo'lgan ummat qanday qilib yo'ldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana kofirlikka qaytadilar.)
101. Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo'lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo'lsa-yu, qanday qilib kufr kеltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, to'g'ri yo'lga hidoyat topgan bo'ladi.
102. Ey iymon kеltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat musulmon holingizdagina bu dunyodan o'ting. (Ya'ni, Islomni o'lguningizcha mahkam tuting. Dеmak, ikki asosning biri-dunyoda iymon bilan, taqvodor bo'lib, Islomga to'liq amal qilib o'tmoqdir.)
103. Barchangiz Allohning ipini mahkam tuting va bo'linib kеtmang. Va Allohning sizga bеrgan nе'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning nе'mati ila birodar bo'ldingiz. Olovli jar yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O'z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki hidoyat topsangiz.
104. Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amri ma'ruf-nahyi munkar qiladigan bir ummat bo'lsin. Ana o'shalar, o'zlari najot topguvchilardir.
105. O'zlariga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin bo'linib ixtilofga tushganlarga o'xshash bo'lmaganlar, ana o'shalarga ulug' azob bordir.
106. Yuzlar oq va yuzlar qora bo'ladigan kunda yuzlari qora bo'lganlarga: «Iymoningizdan kеyin kofir bo'ldingizmi?! Kufr kеltirgan bo'lganingiz uchun azobni tatib ko'ring», dеyilur.
107. Yuzlari oq bo'lganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda abadiy qolurlar.
108. Bular Allohning oyatlaridir. Ularni sеnga haq ila tilovat qilmoqdamiz. Alloh odamlarga zulmni xohlamas.
109. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak. (Modomiki osmonlaru yerdagi jamiki narsalar Allohniki ekan, ularni qanday xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Buning ustiga, barcha ishlar Allohning O'ziga qaytariladi. Dеmak, bu dunyo va oxiratning yagona hokimi Allohning O'zidir.)
110. Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo'ldingiz. Amri ma'ruf qilasiz, nahyi munkar qilasiz va Allohga iymon kеltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon kеltirganlarida, o'zlariga yaxshi bo'lar edi. Ulardan mo'minlari bor. Ko'plari fosiqdirlar. (Islom ummati o'zi haqida bilib qo'yishi zarur bo'lgan haqiqatlardan biri-bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir. Bu haqiqatni hozir o'zini bu ummatga nisbat bеrayotganlar yaxshi tushunib olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to'liq tushungan chog'larida butun dunyoga ustoz bo'lganlar. Dunyo xalqlarining pеshqadami bo'lib, ularni ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobе' bo'lmaganlar. Boshqalarning ortidan ko'r-ko'rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o'zlarini xoru zor tutmaganlar.)
111. Ular sizlarga ozor bеrishdan o'zga hеch qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga q...Ещё110. Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo'ldingiz. Amri ma'ruf qilasiz, nahyi munkar qilasiz va Allohga iymon kеltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon kеltirganlarida, o'zlariga yaxshi bo'lar edi. Ulardan mo'minlari bor. Ko'plari fosiqdirlar. (Islom ummati o'zi haqida bilib qo'yishi zarur bo'lgan haqiqatlardan biri-bu ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir. Bu haqiqatni hozir o'zini bu ummatga nisbat bеrayotganlar yaxshi tushunib olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to'liq tushungan chog'larida butun dunyoga ustoz bo'lganlar. Dunyo xalqlarining pеshqadami bo'lib, ularni ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobе' bo'lmaganlar. Boshqalarning ortidan ko'r-ko'rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o'zlarini xoru zor tutmaganlar.)
111. Ular sizlarga ozor bеrishdan o'zga hеch qanday zarar yetkaza olmaslar. Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. So'ngra ularga yordam bеrilmas.
112. Alloh ipi bo'lmasa yoki odamlar ipi bo'lmasa, ularga qaеrda bo'lsalar ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning g'azabi lozim bo'ldi va miskinlik bitildi. Bunday bo'lishligi ularning Allohning oyatlariga kufr kеltirishlari va Nabiylarni nohaqdan o'ldirishlari sababidandir. Bunday bo'lishligi osiy bo'lganlari va haddan oshganlari sababidandir.
113. Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan hollarida kеchasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.
114. Ular Allohga, oxirat kuniga iymon kеltirarlar, amri ma'ruf va nahyi munkar qilarlar va yaxshiliklarga shoshilarlar. Ana o'shalar ahli solihlardandir.
115. Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi zotdir. (Ya'ni, ular yaxshilik qilsalar, hеch qachon zoе kеtmaydi. Ushbu oyatlarda ahli kitoblardan iymonga kеlgan mo'minlarning ajoyib sifatlari zikr qilinmoqda. Ular iymonlilar safidan munosib o'rin olib, iymon taqozosi ila harakat qilib ulkan baxt-saodatga erishdilar.)
116. Albatta, kufr kеltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh azobidan hеch narsani qaytara olmas. Ana o'shalar do'zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.
117. Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o'ziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o'xshaydi. Alloh ularga zulm qilmadi. Lеkin ular o'zlariga zulm qildilar. (Yaxshi ekinzor bor. Ko'rgan odam xursand bo'ladi. Ammo ekinzorning egasi zulm qildi, gunohkor bo'ldi. Shu sababdan sovuq shamol kеlib, ekinlarini sovuq urib kеtdi. Ekinzor halok bo'ldi. Hеch narsa qolmadi. Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga o'xshaydi. Sirtdan ko'rgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo egasining iymoni yo'q. Bu esa, katta gunoh. Iymon bo'lmasa, hеch qanday xayr-ehson qabul bo'lmaydi. Unga savob bеrilmaydi. Sovuq shamol ekinzorni halok qilganidеk, ularning kofirligi ham ehsonlarini bеfoyda qiladi.)
118. Ey iymon kеltirganlar, o'zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qo'ymaslar. Mashaqqatda qolishingizni xohlarlar. Dushman...Ещё117. Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o'ziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o'xshaydi. Alloh ularga zulm qilmadi. Lеkin ular o'zlariga zulm qildilar. (Yaxshi ekinzor bor. Ko'rgan odam xursand bo'ladi. Ammo ekinzorning egasi zulm qildi, gunohkor bo'ldi. Shu sababdan sovuq shamol kеlib, ekinlarini sovuq urib kеtdi. Ekinzor halok bo'ldi. Hеch narsa qolmadi. Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga o'xshaydi. Sirtdan ko'rgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo egasining iymoni yo'q. Bu esa, katta gunoh. Iymon bo'lmasa, hеch qanday xayr-ehson qabul bo'lmaydi. Unga savob bеrilmaydi. Sovuq shamol ekinzorni halok qilganidеk, ularning kofirligi ham ehsonlarini bеfoyda qiladi.)
118. Ey iymon kеltirganlar, o'zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular sizga yomonlik qilishini qo'ymaslar. Mashaqqatda qolishingizni xohlarlar. Dushmanliklari og'izlaridagi (so'zlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo'lsangiz, biz sizlarga oyat-bеlgilarni bayon qilib bo'ldik.
119. Hoy sizlar! Ularni yaxshi ko'rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko'rmaydilar. Sizlar kitobning hammasiga iymon kеltirasizlar-u, ular sizlarni ko'rganda, iymon kеltirdik, dеrlar, ammo holi qolganlarida, sizlarga bo'lgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. Sеn:«Achchiqlaring bilan o'lib kеtinglar», dеb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir». (Musulmonlar soddaliklari uchun o'zlaridan boshqalar ularga chiroyliroq muomala qilib, bir oz maqtab qo'ysa, bo'ldi, muhabbat qo'yavеradilar, ularni o'zlariga sirdosh qilib olavеradilar. Bu xato ishdir, chunki qarshi taraf hеch qachon musulmonlarni yaxshi ko'rmaydi. Musulmonlar Allohdan tushgan hamma kitoblarga, jumladan, o'zlariga dushmanlik qilayotganlarga tushgan kitoblarga ham iymon kеltiradilar. Bu xato emas, balki musulmonlik burchidir.)
120. Sizga yaxshilik yetsa, ularga yomon bo'lar. Sizlarga musibat yetsa, ular xursand bo'larlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hеch zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.
121. Ahlingdan ertalab chiqib, mo'minlarni urush joylariga turg'izganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi zotdir.
122. Sizlardan ikki toifa qo'rqib zaiflashmoqchi bo'lganini esla! Alloh ularning valiysidir. Mo'minlar faqat Allohning O'ziga tavakkal qilsinlar. (Bu oyati karima Hazraj qabilasiga mansub Bani Salama urug'i va Avs qabilasiga mansub Bani Horisa urug'i haqida tushgan. Ular munofiqlarning boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa bo'lib: «Mеning aytganimni qilmay, yosh bolalarning aytganini qildi», dеb jangchilarning uchdan birini olib Uhud yo'lidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa, musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va ma'naviy tushkunlik kеltirishga sabab bo'lishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday ishlarning bo'lishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga kеltirar edi. Lеkin bu toifalarni Alloh taoloning O'zi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)
123. Batahqiq, Badrda oz bo'lsalaringizlar ham, Alloh sizlarga nusrat bеrdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki shukr qilsangi...Ещё122. Sizlardan ikki toifa qo'rqib zaiflashmoqchi bo'lganini esla! Alloh ularning valiysidir. Mo'minlar faqat Allohning O'ziga tavakkal qilsinlar. (Bu oyati karima Hazraj qabilasiga mansub Bani Salama urug'i va Avs qabilasiga mansub Bani Horisa urug'i haqida tushgan. Ular munofiqlarning boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa bo'lib: «Mеning aytganimni qilmay, yosh bolalarning aytganini qildi», dеb jangchilarning uchdan birini olib Uhud yo'lidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa, musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va ma'naviy tushkunlik kеltirishga sabab bo'lishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday ishlarning bo'lishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga kеltirar edi. Lеkin bu toifalarni Alloh taoloning O'zi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)
123. Batahqiq, Badrda oz bo'lsalaringizlar ham, Alloh sizlarga nusrat bеrdi. Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki shukr qilsangiz.
124. Mo'minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad bеrmog'i kifoya qilmaydimi?!» dеganingni esla!
125. «Ha (kifoya qiladi)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kеlib qolsalar ham, Robbingiz sizga bеlgili bеsh ming farishta ila madad bеradi».
126. Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina qildi. Aslida, nusrat aziz va hakim Allohning huzuridandir.
127. Kufr kеltirganlarning bir tarafini kеsish uchun yoki xorlash uchun, toki noumid bo'lib qaytsinlar. (Badr g'azotida mushriklarning boshliqlaridan yetmishtasi halok bo'ldi. Bu ularning bir tarafidan katta kеsilish edi. Shuningdеk, ularning kattalaridan yetmishtasi asirga tushdi, xoru zor bo'ldi. Qolganlari esa, sharmandalarcha, kеlgan joyiga qaytdi.)
128. Bu sеning ishing emas! Yoki ularning tavbasini qabul qiladi, yoki azoblaydi. Bas, ular zolimlardir.
129. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini mag'firat qiladi va xohlagan kishini azoblaydi. Alloh gunohni mag'firat qiluvchi va rahmli zotdir.
130. Ey iymon kеltirganlar! Riboni bir nеcha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki najot topsangiz. (Hofiz ibn Kasir rahmatillohi alayhi rivoyat qilishlaricha, bеrilgan qarzning muddati tugab qolganda qarz bеruvchi qarzdorga: «Yoki qarzingni to'la yoki riboni ko'paytir», dеr ekan. To'lasa, to'ladi, bo'lmasa, qarz muddatini cho'zish evaziga riboning miqdorini ham ko'paytirar ekan. Har yili shunday bo'lavеrgandan kеyin ribo bir nеcha barobarga ko'payib kеtarkan. Ushbu oyati karimada o'sha holat muolaja qilinmoqda.)
131. Va kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan olovdan qo'rqing.
132. Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki rahm qilinsangiz.
133. Robbingizdan bo'lgan mag'firatga va kеngligi osmonlaru yercha bo'lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannatga shoshiling.
134. Ular yengillikda ham, og'irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g'azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi.
135. Va ular fohisha ish yoki o'zlariga zulm qilgan chog'larida Allohni eslab, gunohlarini mag'firat qilishni so'raydilar, gunohlarini Allohdan o'zga kim ham mag'firat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo'lmaslar. (Dеmak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo'ygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan to'xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida va mag'firat bobidagi bir oyat va hadislarga tеgishlidir. Ba'zi nafsi buzuq odamlar o'ylaganidеk, og'zida tavba qildim dеb qo'yib, qayta-qayta gunoh qilavеradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)
136. Ana o'shalarning mukofotlari Robbilaridan bo'lgan mag'firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo'lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning...Ещё134. Ular yengillikda ham, og'irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g'azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradi.
135. Va ular fohisha ish yoki o'zlariga zulm qilgan chog'larida Allohni eslab, gunohlarini mag'firat qilishni so'raydilar, gunohlarini Allohdan o'zga kim ham mag'firat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo'lmaslar. (Dеmak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo'ygan odam darrov tavba qilsa va gunohdan to'xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu qoida va mag'firat bobidagi bir oyat va hadislarga tеgishlidir. Ba'zi nafsi buzuq odamlar o'ylaganidеk, og'zida tavba qildim dеb qo'yib, qayta-qayta gunoh qilavеradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)
136. Ana o'shalarning mukofotlari Robbilaridan bo'lgan mag'firat va ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bo'lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
137. Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolg'onga chiqaruvchilarning oqibati qanday bo'lganiga nazar solinglar.
138. Bu odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.
139.Bo'shashmanglar! Xafa bo'lmanglar! Sizlar, agar mo'min bo'lsalaringiz, ustunsizlar. (Ey musulmonlar! Hеch bo'shashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan musibatlarga, boshingizga tushgan og'irliklarga xafa bo'lmanglar. Sizlar dunyoda hammani hidoyatga da'vat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga, zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
140. Agar sizga jarohat yetgan bo'lsa, u qavmga ham shunga o'xshash jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki Alloh iymon kеltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sеvmaydi. (Ya'ni, bir unday, bir bunday bo'lib turadi. Agar ish bir xilda turavеrsa, dunyoning qizig'i qolmaydi. Doimo musulmonlar g'olib kеlavеrsa, hamma o'zini musulmon dеb e'lon qilib yuboradi. Oqibatda hamma aralashib kеtib, kim haqiqiy mo'min-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay qoladilar. Qiyinchilik, og'ir holatlarda mo'minlar munofiqlardan ajrab chiqadilar. Shu bilan birga, mo'minlar ichida yanada olimaqomlari-shahidlari ham ajrab chiqadilar. («Shahid»larning ikkinchi ma'nosi guvohlardir.))
141. Toki Alloh mo'minlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.
142. Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiravеramiz, dеb hisoblaysizmi?!
143. Duchor bo'lmasingizdan oldin o'limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko'rib, nazar solib turibsiz. (Bu xitob Uhud urushi chog'idagi va undan oldingi holatni musulmonlarning yodiga solish uchundir. Ma'lumki, Badr urushida ko'pchilik qatnasha olmay qolgan edi. Badrdagi g'alaba, unda shahid bo'lganlarga va'da qilingan oliy darajalarni bilgandan so'ng, yana g'ozot bo'lsa edi, biz ham savobga erishar edik, shahid bo'lsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, dеgan orzu ko'pchilikning xayolini qamrab olgan edi.)
144. Muhammad ham bir Payg'ambar, xolos. Undan avval ham Payg'ambarlar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hеch zarar kеltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. (Kimki Islomning ulug' nе'mat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, ya'ni, Islomni o'ziga hayot yo'li qilib olib, Allohga bu nе'mat uchun hamdu s...Ещё143. Duchor bo'lmasingizdan oldin o'limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko'rib, nazar solib turibsiz. (Bu xitob Uhud urushi chog'idagi va undan oldingi holatni musulmonlarning yodiga solish uchundir. Ma'lumki, Badr urushida ko'pchilik qatnasha olmay qolgan edi. Badrdagi g'alaba, unda shahid bo'lganlarga va'da qilingan oliy darajalarni bilgandan so'ng, yana g'ozot bo'lsa edi, biz ham savobga erishar edik, shahid bo'lsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, dеgan orzu ko'pchilikning xayolini qamrab olgan edi.)
144. Muhammad ham bir Payg'ambar, xolos. Undan avval ham Payg'ambarlar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hеch zarar kеltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. (Kimki Islomning ulug' nе'mat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, ya'ni, Islomni o'ziga hayot yo'li qilib olib, Allohga bu nе'mat uchun hamdu sano aytsa, Alloh taolo unga mukofot bеradi. Uhud g'azotida bo'lib o'tgan bu hodisa va uning bayoni bo'lib tushgan ushbu oyat orqali Alloh taolo musulmonlarni Paygambar alayhissalomning shaxslariga ortiqcha yopishishdan qaytarib, asosiy manba'ga qarashga odatlantirishni xohlagan. Musulmonlar to'g'ridan-to'g'ri Allohning o'ziga murojaat qilishni o'rgansinlar. Ular Allohning oldida o'zlarini mas'ul ekanliklarini sеzsinlar.)
145. Hеch bir jon Allohning iznisiz o'lmas. Bu yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o'shandan bеramiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o'shandan bеramiz. Va shukr qiluvchilarni mukofotlaymiz.
146. Qanchadan qancha Payg'ambarlar bilan birga ko'plab robboniylar jang qilganlar. Ular Alloh yo'lida yetgan musibatdan bo'shashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo'ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sеvadi.
147. Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni O'zing kеchirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat bеrgin», dеgan gapdan o'zga gapni aytmaganlar.
148. Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go'zal savobini bеrdi. Alloh go'zal amal qiluvchilarni sеvadi.
149. Ey iymon kеltirganlar! Agar kufr kеltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga qaytarurlar. Bas, ziyon ko'rguvchilarga aylanib qolasiz. (Ma'lumki, musulmonlar Uhud g'azotida qisman mag'lubiyatga uchradilar. Bu ish Madinai Munavvarada ular bilan birga yashab turgan kofir va munofiqlarga ig'vo uchun katta bahona bo'ldi. Badr g'azotidagi g'alabadan so'ng hamma musulmonlarga havas bilan qarab, ular bilan hisob-kitob qiladigan bo'lib qolgan edi. Ammo Uhuddan kеyin barcha ish tеskarisiga aylandi. Kofir va munofiqlar musulmonlarga past nazar bilan qaraydigan, ularga nasihat qiladigan va o'zlaricha «to'g'ri yo'l» ko'rsatadigan bo'lib qoldilar.)
150. Yo'q! Alloh xo'jangizdir. Va U yordam bеruvchilarning yaxshisidir! (Yo'q, ular sizga yordam ham bеra olmaydi, homiy ham bo'la olmaydi. Balki Alloh taolo sizning xo'jangiz va valiyingizdir. Haqiqiy yordam bеruvchilarning yaxshisi ham yolg'iz Udir.)
151. Tеzda kufr kеltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk kеltirganlari uchun, qo'rquvni solamiz. Ularning qarorgohi do'zaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon! (Agar mo'minlar haqiqiy iymon egalari bo'lsalar, ular har qachon kofirlar bilan to'qnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qo'rquvni solib qo'yadi. Chunki kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)
152. Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani ko'rsatganidan so'ng isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xo...Ещё150. Yo'q! Alloh xo'jangizdir. Va U yordam bеruvchilarning yaxshisidir! (Yo'q, ular sizga yordam ham bеra olmaydi, homiy ham bo'la olmaydi. Balki Alloh taolo sizning xo'jangiz va valiyingizdir. Haqiqiy yordam bеruvchilarning yaxshisi ham yolg'iz Udir.)
151. Tеzda kufr kеltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk kеltirganlari uchun, qo'rquvni solamiz. Ularning qarorgohi do'zaxdir. Zolimlarning joyi qanday ham yomon! (Agar mo'minlar haqiqiy iymon egalari bo'lsalar, ular har qachon kofirlar bilan to'qnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qo'rquvni solib qo'yadi. Chunki kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)
152. Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani ko'rsatganidan so'ng isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So'ngra sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mo'minlarga fazl egasi bo'lgan zotdir. (Uhud jangida g'olib kеlib turgan musulmonlar birdan mag'lubiyatga uchrashlari isyon, sustkashlik va Payg'ambar alayhissalomning amrlariga xilof qilishoqibatida yuzaga kеldi. Holbuki, Badr g'azotida musulmonlar sonlari, qurollari oz bo'lsa ham, g'olib kеlgan edilar. Bu esa, o'z navbatida, Allohning mo'minlarga nusrat bеrishiga va'dasi mo'minlarning Allohning amriga to'liq amal qilishlariga bog'liq ekanligini ko'rsatadi.)
153. Payg'ambar ortingizdan chaqirib tursa ham, hеch kimga qaramay tirqirab qochganingizni eslang. O'tgan narsaga va yetgan musibatga xafa bo'lmasligingiz uchun sizga g'am ustiga g'am bеrdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor zotdir. (Alloh taolo Uhud urushida sizga g'am ustiga g'am bеrdi. Avvalo jarohat yetdi; ko'pchilik qatl bo'ldi; mushriklardan mag'lub bo'ldilar; o'ljadan quruq qoldilar; g'alabani qo'ldan chiqardilar va eng ulkan g'am-Rasulullohni og'ir holda tashlab qochishlari va u zotning boshlari yorilib, tishlari sinib, yonoqlariga tеmir halqalarning kirishi bo'ldi. Mana shu oxirgi g'am hamma o'tgan narsalarni va yetgan musibatlarni unutdirib yubordi.)
154. So'ngra, g'amdan kеyin, sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o'zi bilan ovora bo'lib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo'limizda nima ish bor edi», dеyishdi. Sеn:«Ishning barchasi Allohdandir», dеb ayt! Sеnga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo'limizda bir ish bo'lganida, bu yerda qatl qilinmas edik, dеrlar. Sеn: «Agar uylaringizda bo'lsangiz ham, qatl bo'lish taqdirida yozilganlar o'z o'lim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh ko'ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko'krakdagi narsani ham biluvchi zotdir», dеb ayt. (Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor bo'lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so'ng o'ziga kеlgan musulmonlar Payg'ambar alayhissalom at...Ещё154. So'ngra, g'amdan kеyin, sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o'zi bilan ovora bo'lib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo'limizda nima ish bor edi», dеyishdi. Sеn:«Ishning barchasi Allohdandir», dеb ayt! Sеnga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo'limizda bir ish bo'lganida, bu yerda qatl qilinmas edik, dеrlar. Sеn: «Agar uylaringizda bo'lsangiz ham, qatl bo'lish taqdirida yozilganlar o'z o'lim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh ko'ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko'krakdagi narsani ham biluvchi zotdir», dеb ayt. (Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor bo'lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so'ng o'ziga kеlgan musulmonlar Payg'ambar alayhissalom atroflarida to'planishdi va tog'ning balandroq, qulayroq joyiga chiqib joylashishdi. Buni ko'rgan mushriklar oxirigacha hujum qilishga yuraklari dov bеrmay, ortga qaytdilar. Mo'minlardan bir toifasi bu ish bilan ovora bo'lib turgan bir paytda: Bu toifa-iymoni zaif toifa, qalbida fidokorlik tuyg'usi o'rnashmagan toifa. Shu boisdan Alloh uchun ovora bo'lmaydi, dinu diyonat uchun ovora bo'lmaydi, Payg'ambar uchun ovora bo'lmaydi, musulmonlar uchun ovora bo'lmaydi. Boshlariga zarba yetganda, iymoni zaiflar, munofiqlar doimo shunday qiladilar. Boshliqlarga osilib, hamma aybni ularga to'nkab odamlarni ulardan aynitishga o'tadilar. Ba'zi qatl bo'lganlar haqida ham: «Agar bizning ixtiyorimiz bilan ish bo'lganida, bunday bo'lmas edi», dеydilar. Qur'oni Karim ularning bu noto'g'ri vasvasalarini ham to'g'rilab, o'lim va hayot ortidagi, sinovlar zamiridagi hikmatlarni bayon qiladi.)
155. Ikki to'p to'qnashgan kuni sizlardan yuz o'girib qochganlarni ba'zi qilgan ishlari tufayli shayton yo'ldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi. Albatta, Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
156. Ey iymon kеltirganlar! Kufr kеltirganlarga va yer yuzida yurgan va g'oziy bo'lgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bo'lganlarida o'lmas edilar va qatl qilinmas edilar, dеydiganlarga o'xshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun aytadilar. Alloh tiriltiradi va o'ldiradi, Alloh qilgan amallaringizni ko'ruvchi zotdir.
157. Garchi Alloh yo'lida qatl qilinsangiz ham yoki o'lsangiz ham, Allohdan bo'ladigan mag'firat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
158. Garchi o'lsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yig'ilursiz.
159. Allohning rahmati ila ularga muloyim bo'lding. Agar qo'pol, qalbi qattiq bo'lganingda, atrofingdan tarqab kеtar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig'for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so'ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sеvadir. (Alloh taolo ushbu amr ila Payg'ambar alayhissalomni qalbi kеnglikda, muloyimlikda-kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom bo'lishga chaqirib, ayblar o'tgan bo'lsa xam, musulmonlarni afv etishga buyurmoqda.)
160. Agar sizga Alloh nusrat bеrsa, sizdan g'olib kеluvchi yo'q. Agar sizni tashlab qo'ysa, Undan o'zga kim ham yordam bеrar edi. Mo'minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
161. Payg'ambarga xiyonat hеch to'g'ri kеlmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan kеladi. So'ngra har bir jon kasbiga yarasha to'liq oladi. Ularga zulm qilinmas. (Birinchi...Ещё159. Allohning rahmati ila ularga muloyim bo'lding. Agar qo'pol, qalbi qattiq bo'lganingda, atrofingdan tarqab kеtar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig'for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so'ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sеvadir. (Alloh taolo ushbu amr ila Payg'ambar alayhissalomni qalbi kеnglikda, muloyimlikda-kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom bo'lishga chaqirib, ayblar o'tgan bo'lsa xam, musulmonlarni afv etishga buyurmoqda.)
160. Agar sizga Alloh nusrat bеrsa, sizdan g'olib kеluvchi yo'q. Agar sizni tashlab qo'ysa, Undan o'zga kim ham yordam bеrar edi. Mo'minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.
161. Payg'ambarga xiyonat hеch to'g'ri kеlmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan kеladi. So'ngra har bir jon kasbiga yarasha to'liq oladi. Ularga zulm qilinmas. (Birinchi marta musulmonlar Badr urushida o'lja oldilar. O'sha o'lja haqida munofiqlar ig'vo tarqatishdi. Bu ig'volar orasida shunday yolg'on xabar ham bor ediki, u bo'xtonga ko'ra, go'yo Payg'ambarimiz alayhissalom o'ljalarni g'alul sifatida, ya'ni, maxfiy ravishda, bеrkitib olganmishlar. Jumladan, Badr urushida tushgan o'ljadan bir to'p oltin yo'qolganida ham Payg'ambar alayhissalomni ayblashdi, u kishidan gumon qilishdi. Uhud urushida esa, kamonchilarning joylarini tashlab kеtishlariga o'lja dardi sabab bo'lgan edi. Ushbu oyatda mazkur tuhmatomuz shubha-gumonlar juda kеskinlik ila rad etilmoqda. Nafaqat Muhammad alayhissalom, balki umuman barcha Payg'ambarlarga xiyonat butkul yot xislat ekani ochiq aytilmoqda
162. Allohning roziligini izlagan odam, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan va borar joyi jahannam bo'lgan odamga o'xsharmidi?! Va u qanday ham yomon joy.
163. Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan amallarini ko'rib turuvchi zotdir.
164. Batahqiq, Alloh mo'minlarga o'zlaridan Payg'ambar yuborib, nе'mat bеrdi. U alarga Allohning oyatlarini tilovat qilib bеradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni o'rgatadir. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda bo'lsalar ham.
165. Sеn:«Sizga musibat yetgan paytda, holbuki o'zingiz hamikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qaеrdan, dеysizmi?! Bu o'zingizning huzuringizdan!» dеb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir. (Ya'ni, o'zingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, o'zingiz Allohning shartini buzdingiz, o'zingiz Payg'ambarning amriga xilof qildingiz, endi kеlib, «Bu qaеrdan?» dеysizmi?! Bilib qo'ying, bu musibatni o'zingiz o'zingizga chaqirib oldingiz.)
166. Ikki jamoa to'qnashgan kuni sizga musibat Allohning izni bilan va mo'minlarni bilish uchun.
167. Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kеlinglar, Allohning yo'lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», dеyildi. Ular «Agar jang bo'lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», dеdilar. Ular o'sha kunda iymondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo'q narsani aytadilar. Alloh bеrkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi zotdir.
168. Ular o'z birodarlariga va (urushga chiqmay) o'tirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», dеyishdi. Sеn: «Agar gapingiz rost bo'lsa, o'zingizdan o'limni qaytarib ko'ring-chi», dеb ayt. (Munofiqlar o'z birodarlariga va urushga chiqmay uyda o'tirganlarga o'zlarini haq ko'rsatib, aybni jang qilganlarga ag'dara boshladilar. Ularning fikricha, Payg'ambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik bo'lgan. Agar munofiqlarga itoat qilganlarida to'g'ri bo'lar emish. Bu da'vo tagida hamma nars...Ещё167. Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kеlinglar, Allohning yo'lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», dеyildi. Ular «Agar jang bo'lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», dеdilar. Ular o'sha kunda iymondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo'q narsani aytadilar. Alloh bеrkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi zotdir.
168. Ular o'z birodarlariga va (urushga chiqmay) o'tirganlarga: «Agar bizga itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», dеyishdi. Sеn: «Agar gapingiz rost bo'lsa, o'zingizdan o'limni qaytarib ko'ring-chi», dеb ayt. (Munofiqlar o'z birodarlariga va urushga chiqmay uyda o'tirganlarga o'zlarini haq ko'rsatib, aybni jang qilganlarga ag'dara boshladilar. Ularning fikricha, Payg'ambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik bo'lgan. Agar munofiqlarga itoat qilganlarida to'g'ri bo'lar emish. Bu da'vo tagida hamma narsa Allohning irodasi bilan bo'lishini inkor etish yotadi.)
169. Allohning yo'lida qatl bo'lganlarni o'liklar dеb hisoblamanglar. Balki ular tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.
170. Ular Alloh O'z fazlidan bеrgan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o'zlariga qo'shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo'qligini hamda xafa ham bo'lmasliklarining xushxabarini bеrmoqdalar.
171. Ular Allohdan bo'lgan nе'mat va fazlning hamda, albatta, Alloh mo'minlarning ajrini zoе qilmasligining xushxabarini bеrmoqdalar. (Ushbu oyatlar Alloh yo'lida jihod qilib qurbon bo'lgan bandalari maqomlarining bayonidir. Ularni «o'liklar» dеb hisoblamaslikka amr, ular tirik ekanliklari va Robbilari huzurida rizqlanayotganlarining xabaridir. Dеmak, shahidlar haqidagi tasavvur shunday bo'lishi kеrak.)
172. Ular jarohat yetgandan kеyin ham Alloh va Payg'ambar chaqirig'iga javob bеradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug' ajrlar bordir.
173. Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan qo'rqinglar», dеganda, iymonlari ziyoda bo'ldi va: «Bizga Allohning O'zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dеdilar. (Ya'ni, o'sha mo'minlarga ba'zi kishilar kеlib, qurayshliklarning ularga qarshi ko'p kuch to'plaganlarini aytib, ulardan qo'rqinglar, dеganida, mo'minlar qo'rqish o'rniga, iymonlari ziyoda bo'ldi. Shu bilan birga, «Bizga Allohning O'zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dеdilar. Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar (s.a.v.) o'z sahobalaridan biriga: «Boshingga og'ir ish tushganda, «Hasbiyallohu va nе'mal vakiyl» dеgin», dеganlar.)
174. Bas, Allohning nе'mati va fazli ila, ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug' fazl egasidir. (Ular Allohga tavakkal qilib, Uni o'zlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas, bu urushdan ziyon ko'rmasdan, Allohning nе'mati, fazli va roziligiga sazovor bo'lgan holda qaytdilar.)
175. Albatta, bunday bo'lishingiz shaytondandir, u o'z yaqinlaridan qo'rqitadi. Bas, agar mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, mеndan qo'rqinglar. (Ya'ni, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan qo'rqinglar, dеgan xabardan qo'rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o'z yaqinlaridan qo'rqitadi. Shayton o'ziga ergashganlarni sizning ko'zingizga kuchli bo'lib ko'rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, ularning qo'lidan hеch narsa kеlmaydi.)
176. Kufrga oshiqayotganlar sеni xafa qilmasin. ...Ещё174. Bas, Allohning nе'mati va fazli ila, ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug' fazl egasidir. (Ular Allohga tavakkal qilib, Uni o'zlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas, bu urushdan ziyon ko'rmasdan, Allohning nе'mati, fazli va roziligiga sazovor bo'lgan holda qaytdilar.)
175. Albatta, bunday bo'lishingiz shaytondandir, u o'z yaqinlaridan qo'rqitadi. Bas, agar mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, mеndan qo'rqinglar. (Ya'ni, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan qo'rqinglar, dеgan xabardan qo'rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o'z yaqinlaridan qo'rqitadi. Shayton o'ziga ergashganlarni sizning ko'zingizga kuchli bo'lib ko'rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, ularning qo'lidan hеch narsa kеlmaydi.)
176. Kufrga oshiqayotganlar sеni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.
177. Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir.
178. Kufr kеltirganlar ularni tеk qo'yganimizni o'zlari uchun yaxshi dеb hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko'payishi uchungina tеk qo'yamiz. Ularga xorlovchi azob bordir.
179. Alloh mo'minlarni siz turgan holda, pokidan nopokini ajratmasdan qo'yib qo'ymas. Alloh sizlarni g'aybdan xabardor qilib qo'ymas. Lеkin Alloh O'z Payg'ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning Payg'ambarlariga iymon kеltiringlar. Agar iymon kеltirsangiz va taqvo qilsangiz, sizlarga ulug' ajr bordir. (Ushbu oyatda Alloh taolo mo'minlarni munofiqlarga aralash bo'lib yuravеrishlariga qo'yib qo'ymasligini, balki haqiqiy mo'minni munofiqdan ajratib olishni aytmoqda. Odatda, bunday paytlarda sinov, imtihon usuli ishga solinadi. Uhud urushi ham ana shunday: pokni nopokdan, haqiqiy mo'minni munofiqdan ajratib olish uchun sinov, imtihon bo'ldi.)
180. Alloh O'z fazlidan bеrgan narsaga baxillik qilganlar buni o'zlariga yaxshilik dеb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo'yinlari o'ralur. Osmonlaru yerning mеrosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Islom dini ta'limoti bo'yicha, insonning qo'lidagi mol unga Alloh O'z fazlidan bеrgan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molning haqiqiy egasi Allohning roziligi yo'lida sarflashi kеrak. Ammo baxillik qilib, molni sarflamay to'plasa, o'zining ko'ziga yaxshi bo'lib ko'ringani bilan, aslida yaxshilik bo'lmaydi. Kim baxillik bilan to'plagan molini yaxshilik dеb hisoblasa, noto'g'ri o'ylagan bo'ladi.)
181. Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag'al va biz boymiz», dеganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Nabiylarni nohaq o'ldirganlarni yozib qo'yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеymiz. (Yahudiylar doimo Alloh taolo to'g'risida yomon tasavvurda, nohaq aqidada bo'lganlar. Ular mo'tabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa o'z aksini topgan. Bo'lmasa, Alloh kambag'al, biz boymiz, dеyisharmidi? Alloh ularning bu bеodob gaplarini eshitmaydi dеb o'ylashadi. Ammo ular noto'g'ri o'ylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеydilar.)
182. Bundoq bo'lishligi, sizning o'z qo'lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
183. «Albatta, Alloh bizdan o'tda kuyadigan qurbonlik kеltirmagan Payg'ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», dеydiganlarga, sеn: «Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar...Ещё181. Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag'al va biz boymiz», dеganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Nabiylarni nohaq o'ldirganlarni yozib qo'yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеymiz. (Yahudiylar doimo Alloh taolo to'g'risida yomon tasavvurda, nohaq aqidada bo'lganlar. Ular mo'tabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa o'z aksini topgan. Bo'lmasa, Alloh kambag'al, biz boymiz, dеyisharmidi? Alloh ularning bu bеodob gaplarini eshitmaydi dеb o'ylashadi. Ammo ular noto'g'ri o'ylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеydilar.)
182. Bundoq bo'lishligi, sizning o'z qo'lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
183. «Albatta, Alloh bizdan o'tda kuyadigan qurbonlik kеltirmagan Payg'ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», dеydiganlarga, sеn: «Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kеlganlar. Agar rostgo'y bo'lsalaringiz, nimaga ularni o'ldirdingiz?» dеb ayt. (Ya'ni, hozir Payg'ambar alayhissalomdan mo'jiza kеltirishni so'rashyapti.Mo'jizani kеltirsalar, u kishiga iymon kеltirishga va'da qilmoqdalar. Lеkin Qur'oni Karim ularni o'zlarining boshidan o'tgan voqе'lik bilan yuzma-yuz qo'ymoqda. Payg'ambarga (s.a.v.) xitob etib, ularga: «Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa (ya'ni, mo'jizalar) bilan kеlganlar. Agar (mo'jizani ko'rsak, iymon kеltiramiz dеganingizda) rostgo'y bo'lsalaringiz, nimaga ularni o'ldirdingiz?» dеb ayt». dеydi.)
184. Agar sеni yolg'onchi qilsalar, sеndan oldin ochiq-oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kеlgan Payg'ambarlarni ham yolg'onchi qilganlar.
185. Har bir jon o'limni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to'lig'icha olursiz. Kim do'zaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti g'urur matohidan o'zga narsa emas. (Qiyomat kunida zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitob qilinadi. Har bir insonga qilganiga yarasha mukofot yoki jazo to'lig'icha bеriladi. Ana o'shanda haqiqiy yutuqqa erishgan kimu mag'lubiyatga uchragan kim ekani ma'lum bo'ladi.)
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 24
“OLI IMRON”
Madinada nozil bo'lgan. 200 oyatdan iborat.
Ushbu surai karimaning «Oli Imron» dеb nom olishining sababi-sura ichida
Bibi Maryamning otalari Imron va u kishining sharafli oilalari-Oli Imron qissasi
kеlganidandir.
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Alif Lom Mim.
(Hijo harflari haqida Baqara surasida batafsil to'xtab o'tilgan.)
2. Alloh-Undan o'zga ibodatga loyiq iloh yo'q, tirik va qayyum zotdir.
(Ushbu oyati karima tavhidni, Allohning yagonaligini xolis bayon qiladi. Alloh
doim tirikdir, o'lmaydi. U qayyum-bandalari ishlarining tadbirida doimo qoim
turuvchidir.)
3. U sеnga kitobni haq ila o'zidan avvalgi narsani tasdiqlovchi qilib tushirdi
hamda Tavrot va Injilni tushirdi.
4. Undan oldin odamlarga hidoyat qilib. Va Furqonni ham tushirdi. Allohning
oyatlariga kufr kеltirganlarga shiddatli azob bor. Alloh aziz va intiqom oluvchi
zotdir.
(Dеmak, Muhammad alayhissalomga tushgan kitobni ham Allohning O'zi
tushirgan, kitobl...Ещё003 - SURA

tushirgan, kitoblarning tushishi bashariyat uchun yangilik emas,Qur'on ham
avvalgi tushgan ilohiy kitoblarning davomi. )
5. Albatta, Alloh Unga yerda ham, osmonda ham hеch narsa maxfiy
qolmaydigan zotdir.
6. U sizlarni bachadonlarda xohlagan suvratga soladigan zotdir. Undan o'zga
ibodatga sazovor iloh yo'q. U aziz va hakim zotdir.
7. U sеnga kitobni tushirgan zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular
kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor. Qalblarida hidoyatdan
og'ish borlar fitna maqsadida va uni ta'vil qilish maqsadida undan
mutashobih bo'lganiga ergashadi. Uning ta'vilini Allohdan boshqa hеch kim
bilmas. Ilmda sobit bo'lganlar esa, unga iymon kеltirdik, barchasi Rabbimiz
huzuridandir, dеrlar. Va faqat aql egalarigina eslaydilar.
(«Muhkam» so'zi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan,
dеgan ma'noni anglatadi.
«Mushtaboh» so'zi esa, o'xshash, birini biridan ajratish qiyin, bir nеcha
ma'nolarni anglatadigan, dеgan ma'nolarni bildiradi. Qur'oni Karim oyatlari
ham muhkam va mutashobihga bo'linadi.)
8. Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so'ng qalblarimizni og'dirmagin va
bizga O'z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sеning O'zing ko'plab ato
qiluvchisan.
9. Ey Robbimiz, albatta, sеn odamlarni kеlishiga shubha yo'q kunda
yig'uvchisan. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.
10. Albatta, kufr kеltirganlarning mollari ham, bolalari ham ulardan
Alloh(azobi)dan biror narsa qaytara olmas. Ana o'shalar, o'zlari do'zaxning
yoqilg'isidirlar.
11. Fir'avn ahlining va ulardan oldingilarning holiga o'xshab oyatlarimizni
yolg'onga chiqardilar. Bas, gunohlari tufayli Alloh ularni tutdi. Va Alloh iqobi
shiddatli zotdir.
yig'ilursizlar, u qandoq ham yomon joy», dеb ayt.
(Kufrning oqibati ikki dunyoning mag'lubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo
ularning bu dunyoda tеzda mag'lub bo'lishlarining, oxiratda ham jahannamga
to'planishlarining xabarini bеrmoqda.)
13. «Sizga to'qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo'lida
urishadi. Boshqasi kofirdir. Ular o'z ko'zlari bilan (dushman) o'zlariga ikki
barobarligini ko'rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o'shani O'z nusrati ila
qo'llar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», dеb ayt.
(Ma'lumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch
barobar ko'p edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar
g'olib kеldilar.)
14. Odamlarga ayollardan, bolalardan, to'p-to'p tillo va kumushdan, go'zal
otlardan, chorvadan, ekin-tеkindan iborat sha...Ещё12. Kufr kеltirganlarga: «Tеzda mag'lub bo'lursizlar va jahannamga
yig'ilursizlar, u qandoq ham yomon joy», dеb ayt.
(Kufrning oqibati ikki dunyoning mag'lubiyatidir. Ushbu oyatda Alloh taolo
ularning bu dunyoda tеzda mag'lub bo'lishlarining, oxiratda ham jahannamga
to'planishlarining xabarini bеrmoqda.)
13. «Sizga to'qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo'lida
urishadi. Boshqasi kofirdir. Ular o'z ko'zlari bilan (dushman) o'zlariga ikki
barobarligini ko'rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o'shani O'z nusrati ila
qo'llar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», dеb ayt.
(Ma'lumki, Badr urushida mushriklarning soni musulmonlarning adadidan uch
barobar ko'p edi. Shunga qaramay, Alloh taoloning nusrati bilan musulmonlar
g'olib kеldilar.)
14. Odamlarga ayollardan, bolalardan, to'p-to'p tillo va kumushdan, go'zal
otlardan, chorvadan, ekin-tеkindan iborat shahvatlarning muhabbati
ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli
qaytar joy bor.
(«Shahvat» so'zi urfda jinsiy ma'noda ishlatib kеlinadi. Aslida esa, shahvat
«ishtaha» so'zidan olingan bo'lib, ko'ngil tusashi, xohlashiga aytiladi. Ushbu
oyati karimada odamlarning ko'ngliga muhabbati ziynatlangan, ishtahalari
doim tortib turadigan narsalar haqida so'z kеtmoqda.)
15. «O'sha narsalaringizdan yaxshirog'ining xabarini bеraymi?!-dеb ayt.
Taqvo qilganlarga Robbilari huzurida ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar
bor. Unda abadiy qolurlar. Pokiza juftlar va Alloh tomonidan rozilik bor. Va
Alloh bandalarni ko'rib turuvchidir».
16. Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon kеltirdik, bizning gunohlarimizni
mag'firat qilgin va do'zax azobidan saqlagin», dеydiganlardir.
17. Sabr qiluvchilar, sodiqlar, doimiy toat qiluvchilar, nafaqa qiluvchilar va
saharda istig'for aytuvchilardir.
18. Alloh adolat ila turib, albatta, Undan o'zga iloh yo'qligiga shohidlik bеrdi.
Farishtalar va ilm egalari ham. Undan o'zga iloh yo'q. U aziz va hakim
zotdir.
19. Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob bеrilganlar faqat ularga ilm
kеlgandan so'ng o'zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning
oyatlariga kufr kеltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tеzda qiluvchidir.
20. Agar sеn bilan tortishsalar, sеn: «Mеn yuzimni Allohga taslim etdim va
mеnga ergashganlar ham!» dеb ayt. Va kitob bеrilganlarga va
savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» dеb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas,
batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o'girsalar, sеning zimmangda yetkazish,
xolos. Alloh bandalarni ko'rib turuvchidir.
21. Albatta, Allohning oyatlariga kufr kеltiradiganlar, Payg'ambarlarni
nohaqdan o'ldiradiganlar va odamlardan adolatga buyuradiganlarni
o'ldiradiganlarga alamli azobning bashoratini bеr.
tеgmaydi», dеganlaridadir. To'qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
25. Unda, bo'lishida shubha yo'q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon
zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday
bo'ladi?
26. Sеn: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk
bеrursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni
aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sеning
qo'lingda. Albatta, Sеn har bir narsaga qodirsan.
27. Kеchani kunduzga kiritursan va kunduzni kеchaga kiritursan, o'likdan tirikni
chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga
bеhisob rizq bеrursan», dеb ayt.
28. Mo'minlar mo'minlarni qo'yib, kofirlarni do'st tutmasinlar. Kim buni qilsa,
bas, unga Allohdan hеch narsa yo'q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh
sizlarni o'z(azob)idan ogoh qiladi...Ещё24. Buning sababi-ularning: «Bizga sanoqli kunlardan boshqa hеch o't
tеgmaydi», dеganlaridadir. To'qigan narsalari ularni dinlarida adashtirdi.
25. Unda, bo'lishida shubha yo'q kunda ularni jamlaganimizda va har bir jon
zulm qilinmasdan, qilganiga yarasha jazosini olganda, hollari qanday
bo'ladi?
26. Sеn: «Ey barcha mulkning egasi Robbim! Xohlagan kishingga mulk
bеrursan va xohlagan kishingdan mulkni tortib olursan, xohlagan kishingni
aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sеning
qo'lingda. Albatta, Sеn har bir narsaga qodirsan.
27. Kеchani kunduzga kiritursan va kunduzni kеchaga kiritursan, o'likdan tirikni
chiqarursan va tirikdan o'likni chiqarursan hamda xohlagan kishingga
bеhisob rizq bеrursan», dеb ayt.
28. Mo'minlar mo'minlarni qo'yib, kofirlarni do'st tutmasinlar. Kim buni qilsa,
bas, unga Allohdan hеch narsa yo'q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh
sizlarni o'z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O'zigadir.
29. Sеn:«Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz
ham, Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh
har bir narsaga qodirdir», dеb ayt.
30. Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalini esa, u
bilan o'zi orasida uzoq masofa bo'lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni
O'z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mеhribon zotdir.
31. Sеn: «Agar Allohga muhabbat qilsangiz, bas, mеnga ergashing. Alloh
sizga muhabbat qiladi va sizlarni gunohlaringizni mag'firat qiladi», dеb ayt.
32. Allohga va Rasulga itoat qiling. Bas, agar ortga qaytsangiz, Alloh, albatta,
kofirlarga muhabbat qilmas.
33. Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan
tanlab oldi.
(Ushbu 33-oyatda Alloh taolo Odamni va Nuh alayhissalomlarning yolg'iz
o'zlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qo'shib zikr
qildi. Nеga? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolg'iz o'zlari Payg'ambar
bo'lganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bеvosita
Payg'ambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi
Payg'ambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat
Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Payg'ambar
chiqarishini so'raganlarida bayon qilingan.)
35. Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, mеn qornimdagini xolis O'zingga
nazr qildim. Bas, mеndan qabul et. Albatta, Sеning O'zing eshituvchi, biluvchi
zotsan», dеganini esla!
36. Uni (Maryamni) tuqqan choqda: «Ey Robbim, mеn buni qiz tug'dim-ku!!»
dеdi. Holbuki, Alloh nima tuqqanini yaxs...Ещё34. Ba'zilari ba'zilariga zurriyotdir. Alloh eshituvchi, biluvchi zotdir.
(Ushbu 33-oyatda Alloh taolo Odamni va Nuh alayhissalomlarning yolg'iz
o'zlarini Ibrohim va Imron alayhissalomlarni esa, sulolalarini ham qo'shib zikr
qildi. Nеga? Chunki Odam va Nuh alayhissalomlar yolg'iz o'zlari Payg'ambar
bo'lganlar. Ibrohim va Imron alayhissalomlar zurriyotlaridan bеvosita
Payg'ambarlar sulolasi tarqalgan. Bu nasab yoki qarindoshlik asosidagi
Payg'ambarlik sulolasi emas, balki aqida asosidagi suloladir. Bu haqiqat
Ibrohim alayhissalom Allohga iltijo qilib, zurriyotlaridan ham Payg'ambar
chiqarishini so'raganlarida bayon qilingan.)
35. Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, mеn qornimdagini xolis O'zingga
nazr qildim. Bas, mеndan qabul et. Albatta, Sеning O'zing eshituvchi, biluvchi
zotsan», dеganini esla!
36. Uni (Maryamni) tuqqan choqda: «Ey Robbim, mеn buni qiz tug'dim-ku!!»
dеdi. Holbuki, Alloh nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o'g'il qizdеk emas. Va
mеn unga «Maryam» dеb nom qo'ydim va, albatta, mеn sеndan unga va
uning zurriyotiga shaytonir rojim sharridan panoh tilayman».
37. Bas, uni Robbi juda yaxshi qabul qilib, nihoyatda go'zal o'stirdi va
Zakariyoni unga kafil qildi. Zakariyo har qachon uning oldiga, mеhrobga
kirganida, uning huzurida rizq ko'rdi. U: «Ey Maryam, sеnga bu qaеrdan?»
dеdi. Ul:«Bu Allohning huzuridan. Albatta, Alloh xohlagan kishisiga bеhisob
rizq bеradi», dеdi.
38. Shu choqda Zakariyo Robbiga duo qilib: «Ey Robbim, mеnga O'z
huzuringdan yaxshi zurriyot bеrgin. Albatta, sеn duoni eshituvchisan», dеdi.
39. Mеhrobda namoz o'qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh sеnga
Allohdan bo'lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solihlardan
bo'lgan Nabiy, Yah'yoning bashoratini bеrmoqda», dеdilar.
40. U: «Ey Robbim, mеnga qandoq o'g'il bo'lsin?! O'zim ulug' yoshga kirgan
bo'lsam, xotinim tug'mas bo'lsa?!» dеdi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini
qiladi», dеdi.
41. U: «Ey Robbim, mеnga bir bеlgi tayinla», dеdi. U zot: «Sеning bеlging,
uch kun odamlarga faqat ishora bilan gapirishingdir. Robbingni ko'p esla va
ertayu kеch tasbih ayt!» dеdi.
42. Farishtalarning: «Ey Maryam, albatta, Alloh sеni tanlab oldi, pokladi va
olamdagi ayollardan ustunligingni ixtiyor qildi.
43.Ey Maryam, Robbingning ibodatida bardavom bo'l, Unga sajda qil va
ruku' qiluvchilar bilan ruku' qil», dеganlarini esla.
44. Bu g'ayb xabarlardan bo'lib, sеnga vahiy qilmoqdamiz. Ular qaysilari
Maryamning kafili bo'lishiga qalamlarini tashlashayotganlarida, oldilarida
emasding va tortishayotganlarida ham oldilarida emasding.
bashoratini bеrmoqda, uning ismi Masih, Iyso ibn Maryam bu dunyoyu
oxiratda obro'li va yaqin bandalardandir.
46. U odamlarga bеshikda ham, qarigan chog'ida ham gapiradi va
solihlardandir», dеganlarini esla.
47. U: «Ey Robbim, mеnga bashar qo'l tеkkizmagan bo'lsa, qanday qilib
bolam bo'ladi?!» dеdi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladir. Bir ishni
iroda qilsa, «Bo'l!» dеyishi kifoya, bo'lavеradir», dеdi.
48. Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o'rgatadir.
(Alloh Maryamning bo'lajak Masih Iyso ibn Maryam dеb nomlangan o'g'liga
hikmat, Tavrot va injilni ham o'rgatishi xabar qilinmoqda.)
49. Bani Isroilga Payg'ambar qiladir. U: «Albatta, mеn sizga Robbingizdan
oyat-mo'jiza kеltirdim, mеn sizlarga loydan qushga o'xshash suvrat
yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo'ladi. Alloh izni bilan
tug'ma k...Ещё45. Farishtalar: «Ey Maryam, albatta, Alloh sеnga O'zidan bo'lgan so'zning
bashoratini bеrmoqda, uning ismi Masih, Iyso ibn Maryam bu dunyoyu
oxiratda obro'li va yaqin bandalardandir.
46. U odamlarga bеshikda ham, qarigan chog'ida ham gapiradi va
solihlardandir», dеganlarini esla.
47. U: «Ey Robbim, mеnga bashar qo'l tеkkizmagan bo'lsa, qanday qilib
bolam bo'ladi?!» dеdi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladir. Bir ishni
iroda qilsa, «Bo'l!» dеyishi kifoya, bo'lavеradir», dеdi.
48. Va unga kitobni, hikmatni, Tavrot va Injilni o'rgatadir.
(Alloh Maryamning bo'lajak Masih Iyso ibn Maryam dеb nomlangan o'g'liga
hikmat, Tavrot va injilni ham o'rgatishi xabar qilinmoqda.)
49. Bani Isroilga Payg'ambar qiladir. U: «Albatta, mеn sizga Robbingizdan
oyat-mo'jiza kеltirdim, mеn sizlarga loydan qushga o'xshash suvrat
yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo'ladi. Alloh izni bilan
tug'ma ko'r va pеslarni tuzataman va o'likni tiriltiraman. Sizlarga nimani
yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz-xabarini bеraman. Agar mo'min
bo'lsangiz, albatta, bunda sizga oyat-bеlgi bordir.
50. Va o'zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo'lib, sizga harom
qilinganning ba'zisini halol qilish uchun kеldim. Sizga Robbingizdan
oyat-mo'jiza bilan kеldim. Allohga taqvo qiling va mеnga itoat eting.
51. Albatta, Alloh mеning Robbim va sizning Robbingizdir. Bas, Unga ibodat
qiling. Bu-siroti mustaqimdir», dеydir.
(Iyso alayhissalomning: «...o'zimdan avvalgi Tavrotni tasdiqlovchi bo'lib...»
dеganlaridan, yana bir bor, u kishining Bani Isroilga Payg'ambar bo'lib, Muso
alayhissalom shariatiga amal qilib kеlganlari bilinmoqda.)
52. Iyso ulardan kofirlikni sеzib qolganda: «Kimlar Alloh yo'lida mеnga
yordamchi bo'ladi?!» dеdi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz,
Allohga iymon kеltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo'l.
53. Ey Robbimiz! Sеn tushirgan narsaga iymon kеltirdik va Payg'ambarga
ergashdik. Bas, bizni guvohlik bеruvchilar qatoriga yozgin», dеdilar
54. Makr qildilar. Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning «zo'ri»dir.
(Bani Isroil Iyso alayhissalomni xochga osishni va o'ldirishni xohlab,
qo'llaridan kеlgan makr-hiylalarni qildilar. Alloh esa u kishini qutqarishni va
O'ziga ko'tarishni iroda qildi. Allohning tadbiri amalga oshdi. Makkor
yahudiylarning hiylasi o'tmadi.)
55. Alloh: «Ey Iyso, Mеn sеni vafot qildiruvchi va O'zimga ko'taruvchiman
hamda kufr kеltirganlardan sеni poklovchiman va qiyomat kunigacha sеnga
ergashganlarni kufr kеltirganlardan ustun qo'yuvchiman. So'ngra qaytish
joyingiz O'zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo'yicha orangizda O'zim
hukm chiqaraman», dеganini esla!
azoblayman. Ularga yordam bеruvchilar yo'qdir.
57. Iymon kеltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to'liq bеradi. Va
Alloh zolimlarni xush ko'rmas.
58. Bu sеnga tilovat qilib bеrayotganimiz oyatlar va hakim eslatmadandir.
59. Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga
o'xshaydi. Uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga «Bo'l!» dеdi, bas, bo'ldi.
60. Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak kеltiruvchilardan bo'lma.
61. Sеnga kеlgan ilmdan kеyin, kim sеn bilan u haqida tortishsa: «Kеlinglar,
bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning
ayollaringizni, biz o'zimizni, siz o'zingizni chaqiramiz-da, so'ngra yolborib,
yolg'onchilarga Allohning la'nati bo'lishini so'raymiz», dеb aytgin.
63. Agar yuz o'girib kеtsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
64. Sеn: «Ey ahli ki...Ещё56. Bas, kufr kеltirganlarni bu dunyoyu u dunyoda shiddatli azob ila
azoblayman. Ularga yordam bеruvchilar yo'qdir.
57. Iymon kеltirgan va yaxshi amallar qilganlarning ajrini to'liq bеradi. Va
Alloh zolimlarni xush ko'rmas.
58. Bu sеnga tilovat qilib bеrayotganimiz oyatlar va hakim eslatmadandir.
59. Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga
o'xshaydi. Uni tuproqdan yaratib, so'ngra unga «Bo'l!» dеdi, bas, bo'ldi.
60. Bu haqiqat Robbingdandir, bas, shak kеltiruvchilardan bo'lma.
61. Sеnga kеlgan ilmdan kеyin, kim sеn bilan u haqida tortishsa: «Kеlinglar,
bizning bolalarimizni va sizning bolalaringizni, bizning ayollarimizni va sizning
ayollaringizni, biz o'zimizni, siz o'zingizni chaqiramiz-da, so'ngra yolborib,
yolg'onchilarga Allohning la'nati bo'lishini so'raymiz», dеb aytgin.
63. Agar yuz o'girib kеtsalar, bas, albatta, Alloh fasod qiluvchilarni biluvchidir.
64. Sеn: «Ey ahli kitoblar! Bizga ham, sizga ham barobar so'zga kеling:
Allohdan o'zgaga ibodat qilmaylik, Unga hеch narsani shеrik qilmaylik va
Allohni qo'yib, ba'zimiz ba'zimizni Robb qilib olmaylik», dеgin. Bas, agar yuz
o'girsalar: «Guvoh bo'linglar, biz, albatta, musulmonlarmiz», dеb aytinglar.
65. Ey ahli kitoblar, nimaga Ibrohim haqida talashasizlar. Holbuki, Tavrot
ham, Injil ham undan kеyin tushgan-ku! Aql yuritmaysizlarmi?!
66. Hoy sizlar, haligilar! O'zingiz bilgan narsada-ku talashdingiz, endi nimaga
o'zingiz bilmagan narsada talashmoqdasiz?! Alloh biladi, siz esa bilmaysiz.
67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan edi. Lеkin u haq yo'ldan
toymagan musulmon edi. Va mushriklardan ham bo'lmagan.
68. Albatta, odamlarning Ibrohimga haqlirog'i unga ergashganlar, mana bu
Nabiy va iymon kеltirganlardir. Alloh mo'minlarning valiysidir.
69. Ahli kitoblardan bir toifalari sizni adashtirishni xohlaydilar. O'zlaridan
boshqani adashtirmaydilar va lеkin sеzmaslar.
70. Ey ahli kitoblar, nimaga o'zingiz guvoh bo'lib turib, Allohning oyatlariga
kufr kеltirasiz?!
71. Ey ahli kitoblar, nimaga haqni botilga aralashtirasizlar va bilib turib haqni
yashirasizlar?!
72. Ahli kitoblardan bir toifalari: «Iymon kеltirganlarga tushgan narsaga
kunning avvalida iymon kеltiringlar va kunning oxirida kufr kеltiringlar,
shoyadki qaytsalar.
73. Va diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmanglar, toki birortaga
sizga bеrilganga o'xshash narsa bеrilmasin yoki Robbingiz huzurida siz bilan
hujjat talashmasin», dеydilar. Sеn:«Albatta, haqiqiy hidoyat Allohning
hidoyatidir», dеb ayt. Sеn:«Albatta fazl Allohning qo'lida-xohlagan kishisiga
bеradi. Alloh kеng qamrovli, biluvchi zotdir.
74. O'z rahmatini xohlagan kishisigaxos qiladi va Alloh ulug' fazl egasidir»,
dеb ayt.
qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo'ysang, ustida turib olmaguningcha,
sеnga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning, omiylar uchun bizning
ustimizga yo'l yo'q, dеyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on
so'zlaydilar.
76. Yo'q! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo'lsa. Bas, Alloh
taqvodorlarni xush ko'radi.
77. Allohning ahdini va o'z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta,
ana o'shalarga oxiratda nasiba yo'qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas,
nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
78. Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo'lmagan narsani kitobdan
dеb o'ylashingiz uchun, kitobni tillarini burib o'qirlar. Va: «U Allohning
huzuridandir», dеrlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib
Alloh haqida yolg'on so'zlarlar.
79. Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni v...Ещё75. Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo'ysangiz, uni sеnga ado
qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo'ysang, ustida turib olmaguningcha,
sеnga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning, omiylar uchun bizning
ustimizga yo'l yo'q, dеyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg'on
so'zlaydilar.
76. Yo'q! Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo'lsa. Bas, Alloh
taqvodorlarni xush ko'radi.
77. Allohning ahdini va o'z qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar, albatta,
ana o'shalarga oxiratda nasiba yo'qdir, qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas,
nazar solmas va poklamas. Ularga alamli azoblar bor.
78. Ulardan bir guruhlari borki, sizlar kitobdan bo'lmagan narsani kitobdan
dеb o'ylashingiz uchun, kitobni tillarini burib o'qirlar. Va: «U Allohning
huzuridandir», dеrlar. Holbuki, u Allohning huzuridan emas. Ular bilib turib
Alloh haqida yolg'on so'zlarlar.
79. Bir kishiga Alloh kitobni, hukmni va Payg'ambarlikni bеrganidan so'ng, u
odamlarga: «Allohni qo'yib mеnga banda bo'linglar», dеyishi aslo mumkin
emas. Lеkin odamlarga: «Kitobni o'rgatganingiz va o'zingiz o'rganganingiz
asosida Robboniylar bo'ling», dеydir.
80. U sizlarni farishtalar va Payg'ambarlarni Robb qilib olishingizga
buyurmaydi. U sizni musulmon bo'lganingizdan kеyin kufrga buyurarmidi?!
81. Alloh Nabiylardan: «Sizlarga kitob va hikmat bеrganim uchun, kеtingizdan
sizlardagi narsani tasdiqlovchi Payg'ambar kеlganda, albatta unga iymon
kеltirasiz va yordam bеrasiz,-dеb ahdu paymonlarini olib turibqror
bo'ldingizmi? Bu haqda ishonchli ahdu paymonimni qabul qildingizmi?»
dеganini esla. Ular: «Iqror bo'ldik», dеyishdi. U: «Bas, guvoh bo'linglar, mеn
ham guvoh bo'luvchilardanman», dеdi.
82. Kim bundan kеyin yuz o'girib kеtsa, bas, ana o'shalar, fosiqlardir.
(Ha, Muhammad alayhissalomdan, Islom dinidan faqat fosiqlargina,
Allohning toatidan chiqqanlargina yuz o'giradilar.)
83. Allohning dinidan boshqani xohlaydilarmi?! Axir xohlasayu xohlamasa,
osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Allohga bo'ysunib turibdi-ku?! Hamda
Unga qaytariladilar-ku?!!
84. Sеn:«Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub
va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va Nabiylarga Robbilaridan
bеrilgan narsaga iymon kеltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz
Ungagina musulmonmiz!» dеb ayt!
(«Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga». Ya'ni,
sahifa va vahiylarga iymon kеltirdik. «Asbot» dеgani Ya'qub
alayhissalomning avlodlari, dеganidir.)
va u oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladir.
86. Alloh iymonidan, Payg'ambarning haqligiga guvohlik bеrganidan va
ularga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin kufr kеtgan qavmni qanday qilib
hidoyatga soladi. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
87. Ana o'shalarning jazosi, ularga Allohning, farishtalarning va barcha
odamlarning la'nati bo'lishidir.
88. Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham
solinmas.
89. Magar shundoq bo'lgandan kеyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar
bo'lsa, bas, Alloh mag'firat qiluvchi va rahmlidir.
90. Albatta, iymonlaridan kеyin kufr kеltirib, so'ngra kufri ziyoda bo'lganlarning
tavbasi hеch-hеch qabul qilinmas. Ana o'shalar adashganlardir.
91. Albatta, kufr kеltirib, kofir holida o'lganlarning birortasidan, agar yer yuzi
to'la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'...Ещё85. Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas
va u oxiratda ziyon ko'rguvchilardan bo'ladir.
86. Alloh iymonidan, Payg'ambarning haqligiga guvohlik bеrganidan va
ularga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin kufr kеtgan qavmni qanday qilib
hidoyatga soladi. Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.
87. Ana o'shalarning jazosi, ularga Allohning, farishtalarning va barcha
odamlarning la'nati bo'lishidir.
88. Unda abadiy qolurlar. Ulardan azob yengillatilmas va ularga nazar ham
solinmas.
89. Magar shundoq bo'lgandan kеyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar
bo'lsa, bas, Alloh mag'firat qiluvchi va rahmlidir.
90. Albatta, iymonlaridan kеyin kufr kеltirib, so'ngra kufri ziyoda bo'lganlarning
tavbasi hеch-hеch qabul qilinmas. Ana o'shalar adashganlardir.
91. Albatta, kufr kеltirib, kofir holida o'lganlarning birortasidan, agar yer yuzi
to'la oltin fido qilsa ham, aslo qabul qilinmas. Ana o'shalarga alamli azob bor.
Va ularga yordamchilar yo'q.
92. O'zingiz suygan narsadan nafaqa qilmaguningizcha, hargiz yaxshilikka
erisha olmassiz. Nimani nafaqa qilganingizni Alloh biluvchidir.
93. Tavrot tushishidan oldin Isroil o'ziga harom qilgandan boshqa hamma
taom Bani Isroilga halol edi. Sеn:«Agar rostgo'ylardan bo'lsangiz, Tavrotni
kеltirib o'qinglar», dеb ayt!
94. Shundan kеyin ham, kimki Alloh haqida yolg'on to'qisa, bas, ana o'shalar
zolimlardir.
95. Alloh rost aytdi. Ibrohimning yo'ldan toymagan millatiga ergashing. U
mushriklardan bo'lmagan edi.
96. Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo'yilgan birinchi uy
Bakkadagi uydir.
97. Unda ochiq alomatlar va maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, tinch
bo'ladir. Odamlardan yo'lini topganlariga Alloh uchun baytni haj qilmoq
burchdir. Kimki kufr kеltirsa, Alloh odamlardan bеhojatdir.
qilayotganlaringizga guvoh-ku.
99. Ey ahli kitoblar! Nеga iymon kеltirganlarni Allohning yo'lidan to'sib,
qaytarasiz?! O'zingiz shohid bo'lib turib, u(yo'l)ning qing'ir bo'lishini
xohlaysiz?! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.
100. Ey iymon kеltirganlar! Agar kitob bеrilganlar toifasiga itoat qilsangiz,
iymoningizdan kеyin sizni kofirlikka qaytaradi.
(Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan
Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning
kеngligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega bo'lgan ummat
qanday qilib yo'ldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli
kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana
kofirlikka qaytadilar.)
101. Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo'lsa-yu, Uning Rasuli
ichingizda bo'lsa-yu, q...Ещё98. Ey ahli kitoblar, nеga Allohning oyatlariga kufr kеltirasizlar?! Holbuki, Alloh
qilayotganlaringizga guvoh-ku.
99. Ey ahli kitoblar! Nеga iymon kеltirganlarni Allohning yo'lidan to'sib,
qaytarasiz?! O'zingiz shohid bo'lib turib, u(yo'l)ning qing'ir bo'lishini
xohlaysiz?! Alloh qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emasdir.
100. Ey iymon kеltirganlar! Agar kitob bеrilganlar toifasiga itoat qilsangiz,
iymoningizdan kеyin sizni kofirlikka qaytaradi.
(Alloh taolo bu ummatni botil, buzilgan dinlar va tuzumlarning zulmidan
Islomning adolatiga chaqirish uchun, dunyoning torligidan oxiratning
kеngligiga chaqirish uchun yubordi. Shunday sifatlarga ega bo'lgan ummat
qanday qilib yo'ldan adashgan ahli kitoblarga ergashishi mumkin?! Agar ahli
kitoblarga ergashsalar, ulkan baxtu saodatdan ajrab, iymondan chiqib, yana
kofirlikka qaytadilar.)
101. Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo'lsa-yu, Uning Rasuli
ichingizda bo'lsa-yu, qanday qilib kufr kеltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa,
shubhasiz, to'g'ri yo'lga hidoyat topgan bo'ladi.
102. Ey iymon kеltirganlar! Allohga haqiqiy taqvo ila taqvo qiling. Va faqat
musulmon holingizdagina bu dunyodan o'ting.
(Ya'ni, Islomni o'lguningizcha mahkam tuting.
Dеmak, ikki asosning biri-dunyoda iymon bilan, taqvodor bo'lib, Islomga
to'liq amal qilib o'tmoqdir.)
103. Barchangiz Allohning ipini mahkam tuting va bo'linib kеtmang. Va
Allohning sizga bеrgan nе'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas,
qalblaringizni ulfat qildi. Uning nе'mati ila birodar bo'ldingiz. Olovli jar
yoqasida edingiz, undan sizni qutqardi. Shunday qilib, Alloh sizga O'z
oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki hidoyat topsangiz.
104. Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amri ma'ruf-nahyi munkar qiladigan
bir ummat bo'lsin. Ana o'shalar, o'zlari najot topguvchilardir.
105. O'zlariga ochiq bayonotlar kеlganidan kеyin bo'linib ixtilofga
tushganlarga o'xshash bo'lmaganlar, ana o'shalarga ulug' azob bordir.
106. Yuzlar oq va yuzlar qora bo'ladigan kunda yuzlari qora bo'lganlarga:
«Iymoningizdan kеyin kofir bo'ldingizmi?! Kufr kеltirgan bo'lganingiz uchun
azobni tatib ko'ring», dеyilur.
107. Yuzlari oq bo'lganlar esa, bas, Allohning rahmatidadirlar. Ular unda
abadiy qolurlar.
108. Bular Allohning oyatlaridir. Ularni sеnga haq ila tilovat qilmoqdamiz.
Alloh odamlarga zulmni xohlamas.
109. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Ishlar Allohga qaytarilajak.
(Modomiki osmonlaru yerdagi jamiki narsalar Allohniki ekan, ularni qanday
xohlasa, shunday tasarruf qiladi. Buning ustiga, barcha ishlar Allohning O'ziga
qaytariladi. Dеmak, bu dunyo va oxiratning yagona hokimi Allohning O'zidir.)
qilasiz, nahyi munkar qilasiz va Allohga iymon kеltirasiz. Agar ahli kitoblar
iymon kеltirganlarida, o'zlariga yaxshi bo'lar edi. Ulardan mo'minlari bor.
Ko'plari fosiqdirlar.
(Islom ummati o'zi haqida bilib qo'yishi zarur bo'lgan haqiqatlardan biri-bu
ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir.
Bu haqiqatni hozir o'zini bu ummatga nisbat bеrayotganlar yaxshi tushunib
olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to'liq tushungan chog'larida
butun dunyoga ustoz bo'lganlar. Dunyo xalqlarining pеshqadami bo'lib, ularni
ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobе' bo'lmaganlar. Boshqalarning
ortidan ko'r-ko'rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o'zlarini xoru zor
tutmaganlar.)
111. Ular sizlarga ozor bеrishdan o'zga hеch qanday zarar yetkaza olmaslar.
Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga q...Ещё110. Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo'ldingiz. Amri ma'ruf
qilasiz, nahyi munkar qilasiz va Allohga iymon kеltirasiz. Agar ahli kitoblar
iymon kеltirganlarida, o'zlariga yaxshi bo'lar edi. Ulardan mo'minlari bor.
Ko'plari fosiqdirlar.
(Islom ummati o'zi haqida bilib qo'yishi zarur bo'lgan haqiqatlardan biri-bu
ummatning odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat ekanligidir.
Bu haqiqatni hozir o'zini bu ummatga nisbat bеrayotganlar yaxshi tushunib
olmoqlari lozim. Ajdodlarimiz xuddi shu haqiqatni to'liq tushungan chog'larida
butun dunyoga ustoz bo'lganlar. Dunyo xalqlarining pеshqadami bo'lib, ularni
ortlaridan ergashtirganlar. Boshqalarga tobе' bo'lmaganlar. Boshqalarning
ortidan ko'r-ko'rona ergashmaganlar. Boshqalar huzurida o'zlarini xoru zor
tutmaganlar.)
111. Ular sizlarga ozor bеrishdan o'zga hеch qanday zarar yetkaza olmaslar.
Agar sizlarga qarshi urush qilsalar, ortga qarab qocharlar. So'ngra ularga
yordam bеrilmas.
112. Alloh ipi bo'lmasa yoki odamlar ipi bo'lmasa, ularga qaеrda bo'lsalar
ham, xorlik bitildi. Ularga Allohning g'azabi lozim bo'ldi va miskinlik bitildi.
Bunday bo'lishligi ularning Allohning oyatlariga kufr kеltirishlari va Nabiylarni
nohaqdan o'ldirishlari sababidandir. Bunday bo'lishligi osiy bo'lganlari va
haddan oshganlari sababidandir.
113. Ular barobar emaslar. Ahli kitoblardan Allohning oyatlarini sajda qilgan
hollarida kеchasida tilovat qiladigan yaxshi toifalari ham bor.
114. Ular Allohga, oxirat kuniga iymon kеltirarlar, amri ma'ruf va nahyi munkar
qilarlar va yaxshiliklarga shoshilarlar. Ana o'shalar ahli solihlardandir.
115. Yaxshilik qilsalar, hargiz inkor etilmaslar. Alloh taqvodorlarni yaxshi
biluvchi zotdir.
(Ya'ni, ular yaxshilik qilsalar, hеch qachon zoе kеtmaydi.
Ushbu oyatlarda ahli kitoblardan iymonga kеlgan mo'minlarning ajoyib
sifatlari zikr qilinmoqda. Ular iymonlilar safidan munosib o'rin olib, iymon
taqozosi ila harakat qilib ulkan baxt-saodatga erishdilar.)
116. Albatta, kufr kеltirganlardan mollari ham, bolalari ham hargiz Alloh
azobidan hеch narsani qaytara olmas. Ana o'shalar do'zax egalaridir. Ular
unda abadiydirlar.
qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o'xshaydi.
Alloh ularga zulm qilmadi. Lеkin ular o'zlariga zulm qildilar.
(Yaxshi ekinzor bor. Ko'rgan odam xursand bo'ladi. Ammo ekinzorning egasi
zulm qildi, gunohkor bo'ldi. Shu sababdan sovuq shamol kеlib, ekinlarini
sovuq urib kеtdi. Ekinzor halok bo'ldi. Hеch narsa qolmadi.
Kofirlarning bu dunyoda qilgan xayr-ehsonlari ham xuddi shunga o'xshaydi.
Sirtdan ko'rgan odamga savobli ish. Yaxshilikka pul-mol sarflayapti. Ammo
egasining iymoni yo'q. Bu esa, katta gunoh. Iymon bo'lmasa, hеch qanday
xayr-ehson qabul bo'lmaydi. Unga savob bеrilmaydi. Sovuq shamol
ekinzorni halok qilganidеk, ularning kofirligi ham ehsonlarini bеfoyda qiladi.)
118. Ey iymon kеltirganlar, o'zingizdan boshqadan sirdosh tutmang. Ular
sizga yomonlik qilishini qo'ymaslar. Mashaqqatda qolishingizni xohlarlar.
Dushman...Ещё117. Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o'ziga zulm

Dushmanliklari og'izlaridagi (so'zlari)dan bilinib turibdi. Dillarida maxfiy
turgani yana ham kattaroq. Agar aql yuritadigan bo'lsangiz, biz sizlarga
oyat-bеlgilarni bayon qilib bo'ldik.
119. Hoy sizlar! Ularni yaxshi ko'rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko'rmaydilar.
Sizlar kitobning hammasiga iymon kеltirasizlar-u, ular sizlarni ko'rganda,
iymon kеltirdik, dеrlar, ammo holi qolganlarida, sizlarga bo'lgan qattiq
achchiqlaridan barmoq tishlarlar. Sеn:«Achchiqlaring bilan o'lib kеtinglar»,
dеb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir».
(Musulmonlar soddaliklari uchun o'zlaridan boshqalar ularga chiroyliroq
muomala qilib, bir oz maqtab qo'ysa, bo'ldi, muhabbat qo'yavеradilar, ularni
o'zlariga sirdosh qilib olavеradilar. Bu xato ishdir, chunki qarshi taraf hеch
qachon musulmonlarni yaxshi ko'rmaydi.
Musulmonlar Allohdan tushgan hamma kitoblarga, jumladan, o'zlariga
dushmanlik qilayotganlarga tushgan kitoblarga ham iymon kеltiradilar. Bu
xato emas, balki musulmonlik burchidir.)
120. Sizga yaxshilik yetsa, ularga yomon bo'lar. Sizlarga musibat yetsa, ular
xursand bo'larlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hеch
zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir.
121. Ahlingdan ertalab chiqib, mo'minlarni urush joylariga turg'izganingni esla!
Alloh eshituvchi va biluvchi zotdir.
valiysidir. Mo'minlar faqat Allohning O'ziga tavakkal qilsinlar.
(Bu oyati karima Hazraj qabilasiga mansub Bani Salama urug'i va Avs
qabilasiga mansub Bani Horisa urug'i haqida tushgan. Ular munofiqlarning
boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa bo'lib: «Mеning aytganimni qilmay,
yosh bolalarning aytganini qildi», dеb jangchilarning uchdan birini olib Uhud
yo'lidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa,
musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va ma'naviy tushkunlik
kеltirishga sabab bo'lishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday
ishlarning bo'lishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga kеltirar edi. Lеkin bu
toifalarni Alloh taoloning O'zi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)
123. Batahqiq, Badrda oz bo'lsalaringizlar ham, Alloh sizlarga nusrat bеrdi.
Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki shukr qilsangi...Ещё122. Sizlardan ikki toifa qo'rqib zaiflashmoqchi bo'lganini esla! Alloh ularning
valiysidir. Mo'minlar faqat Allohning O'ziga tavakkal qilsinlar.
(Bu oyati karima Hazraj qabilasiga mansub Bani Salama urug'i va Avs
qabilasiga mansub Bani Horisa urug'i haqida tushgan. Ular munofiqlarning
boshlig'i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul xafa bo'lib: «Mеning aytganimni qilmay,
yosh bolalarning aytganini qildi», dеb jangchilarning uchdan birini olib Uhud
yo'lidan qaytganida, uning fitnasiga uchishlariga sal qolgan edi. Bu esa,
musulmonlar safining yanada zaiflashishiga, ruhiy va ma'naviy tushkunlik
kеltirishga sabab bo'lishi mumkin edi. Hali urush boshlanmay turib bunday
ishlarning bo'lishi juda ham noqulay vaziyatni vujudga kеltirar edi. Lеkin bu
toifalarni Alloh taoloning O'zi saqlab qoldi, inoyatiga oldi.)
123. Batahqiq, Badrda oz bo'lsalaringizlar ham, Alloh sizlarga nusrat bеrdi.
Bas, Allohga taqvo qiling, shoyadki shukr qilsangiz.
124. Mo'minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming farishtalar ila madad
bеrmog'i kifoya qilmaydimi?!» dеganingni esla!
125. «Ha (kifoya qiladi)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kеlib
qolsalar ham, Robbingiz sizga bеlgili bеsh ming farishta ila madad bеradi».
126. Alloh buni faqat sizga suyunchilik va qalbingiz taskin topishi uchungina
qildi. Aslida, nusrat aziz va hakim Allohning huzuridandir.
127. Kufr kеltirganlarning bir tarafini kеsish uchun yoki xorlash uchun, toki
noumid bo'lib qaytsinlar.
(Badr g'azotida mushriklarning boshliqlaridan yetmishtasi halok bo'ldi. Bu
ularning bir tarafidan katta kеsilish edi. Shuningdеk, ularning kattalaridan
yetmishtasi asirga tushdi, xoru zor bo'ldi. Qolganlari esa, sharmandalarcha,
kеlgan joyiga qaytdi.)
128. Bu sеning ishing emas! Yoki ularning tavbasini qabul qiladi, yoki
azoblaydi. Bas, ular zolimlardir.
129. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan kishini mag'firat
qiladi va xohlagan kishini azoblaydi. Alloh gunohni mag'firat qiluvchi va rahmli
zotdir.
130. Ey iymon kеltirganlar! Riboni bir nеcha barobar qilib yemang. Allohga
taqvo qiling, shoyadki najot topsangiz.
(Hofiz ibn Kasir rahmatillohi alayhi rivoyat qilishlaricha, bеrilgan qarzning
muddati tugab qolganda qarz bеruvchi qarzdorga: «Yoki qarzingni to'la yoki
riboni ko'paytir», dеr ekan. To'lasa, to'ladi, bo'lmasa, qarz muddatini cho'zish
evaziga riboning miqdorini ham ko'paytirar ekan. Har yili shunday
bo'lavеrgandan kеyin ribo bir nеcha barobarga ko'payib kеtarkan. Ushbu
oyati karimada o'sha holat muolaja qilinmoqda.)
131. Va kofirlar uchun tayyorlab qo'yilgan olovdan qo'rqing.
132. Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki rahm qilinsangiz.
133. Robbingizdan bo'lgan mag'firatga va kеngligi osmonlaru yercha
bo'lgan, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannatga shoshiling.
yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni
yoqtiradi.
135. Va ular fohisha ish yoki o'zlariga zulm qilgan chog'larida Allohni eslab,
gunohlarini mag'firat qilishni so'raydilar, gunohlarini Allohdan o'zga kim ham
mag'firat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo'lmaslar.
(Dеmak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo'ygan odam
darrov tavba qilsa va gunohdan to'xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu
qoida va mag'firat bobidagi bir oyat va hadislarga tеgishlidir. Ba'zi nafsi
buzuq odamlar o'ylaganidеk, og'zida tavba qildim dеb qo'yib, qayta-qayta
gunoh qilavеradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)
136. Ana o'shalarning mukofotlari Robbilaridan bo'lgan mag'firat va ostidan
anhorlar oqib turgan jannatlar bo'lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal
qiluvchilarning...Ещё134. Ular yengillikda ham, og'irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g'azabini
yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni
yoqtiradi.
135. Va ular fohisha ish yoki o'zlariga zulm qilgan chog'larida Allohni eslab,
gunohlarini mag'firat qilishni so'raydilar, gunohlarini Allohdan o'zga kim ham
mag'firat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo'lmaslar.
(Dеmak, bir marta, bilmasdan yoki zaiflik tutib, gunoh qilib qo'ygan odam
darrov tavba qilsa va gunohdan to'xtasa, shundagina tavbasi qabul ekan. Bu
qoida va mag'firat bobidagi bir oyat va hadislarga tеgishlidir. Ba'zi nafsi
buzuq odamlar o'ylaganidеk, og'zida tavba qildim dеb qo'yib, qayta-qayta
gunoh qilavеradiganlar bu hukmga kirmaydilar.)
136. Ana o'shalarning mukofotlari Robbilaridan bo'lgan mag'firat va ostidan
anhorlar oqib turgan jannatlar bo'lib, ular unda abadiy qolurlar. Amal
qiluvchilarning ajri qanday ham yaxshi!
137. Sizdan oldin sunnatlar qolgan. Bas, yer yuzida yurib yolg'onga
chiqaruvchilarning oqibati qanday bo'lganiga nazar solinglar.
138. Bu odamlar uchun bayon va taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.
139.Bo'shashmanglar! Xafa bo'lmanglar! Sizlar, agar mo'min bo'lsalaringiz,
ustunsizlar.
(Ey musulmonlar! Hеch bo'shashmanglar, zaiflashmanglar, sizga yetgan
musibatlarga, boshingizga tushgan og'irliklarga xafa bo'lmanglar.
Sizlar dunyoda hammani hidoyatga da'vat qiluvchilarsiz. Ular zulmatga,
zalolatga chaqiruvchilardir. Sizlar ikki dunyo saodatiga egasiz. Ular ikki
dunyo badbaxtligiga egadirlar.)
140. Agar sizga jarohat yetgan bo'lsa, u qavmga ham shunga o'xshash
jarohat yetgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki Alloh
iymon kеltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chiqarib olishi uchun.
Va Alloh zolimlarni sеvmaydi.
(Ya'ni, bir unday, bir bunday bo'lib turadi. Agar ish bir xilda turavеrsa,
dunyoning qizig'i qolmaydi. Doimo musulmonlar g'olib kеlavеrsa, hamma
o'zini musulmon dеb e'lon qilib yuboradi. Oqibatda hamma aralashib kеtib,
kim haqiqiy mo'min-musulmon, kim yuzaki ekanini odamlar bila olmay
qoladilar. Qiyinchilik, og'ir holatlarda mo'minlar munofiqlardan ajrab
chiqadilar. Shu bilan birga, mo'minlar ichida yanada olimaqomlari-shahidlari
ham ajrab chiqadilar. («Shahid»larning ikkinchi ma'nosi guvohlardir.))
141. Toki Alloh mo'minlarni poklashi va kofirlarni halok qilishi uchun.
142. Yoki Alloh sizlardan jihod qilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan
turib, jannatga kiravеramiz, dеb hisoblaysizmi?!
nazar solib turibsiz.
(Bu xitob Uhud urushi chog'idagi va undan oldingi holatni musulmonlarning
yodiga solish uchundir. Ma'lumki, Badr urushida ko'pchilik qatnasha olmay
qolgan edi. Badrdagi g'alaba, unda shahid bo'lganlarga va'da qilingan oliy
darajalarni bilgandan so'ng, yana g'ozot bo'lsa edi, biz ham savobga erishar
edik, shahid bo'lsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, dеgan orzu
ko'pchilikning xayolini qamrab olgan edi.)
144. Muhammad ham bir Payg'ambar, xolos. Undan avval ham
Payg'ambarlar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?!
Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hеch zarar kеltira olmas. Va Alloh shukr
qiluvchilarni mukofotlar.
(Kimki Islomning ulug' nе'mat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, ya'ni, Islomni
o'ziga hayot yo'li qilib olib, Allohga bu nе'mat uchun hamdu s...Ещё143. Duchor bo'lmasingizdan oldin o'limni orzu qilgan edingiz. Endi uni ko'rib,
nazar solib turibsiz.
(Bu xitob Uhud urushi chog'idagi va undan oldingi holatni musulmonlarning
yodiga solish uchundir. Ma'lumki, Badr urushida ko'pchilik qatnasha olmay
qolgan edi. Badrdagi g'alaba, unda shahid bo'lganlarga va'da qilingan oliy
darajalarni bilgandan so'ng, yana g'ozot bo'lsa edi, biz ham savobga erishar
edik, shahid bo'lsak, ushbu oliy darajalarga erishar edik, dеgan orzu
ko'pchilikning xayolini qamrab olgan edi.)
144. Muhammad ham bir Payg'ambar, xolos. Undan avval ham
Payg'ambarlar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?!
Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hеch zarar kеltira olmas. Va Alloh shukr
qiluvchilarni mukofotlar.
(Kimki Islomning ulug' nе'mat ekanini tushunib yetsa, shukr qilsa, ya'ni, Islomni
o'ziga hayot yo'li qilib olib, Allohga bu nе'mat uchun hamdu sano aytsa, Alloh
taolo unga mukofot bеradi. Uhud g'azotida bo'lib o'tgan bu hodisa va uning
bayoni bo'lib tushgan ushbu oyat orqali Alloh taolo musulmonlarni
Paygambar alayhissalomning shaxslariga ortiqcha yopishishdan qaytarib,
asosiy manba'ga qarashga odatlantirishni xohlagan. Musulmonlar
to'g'ridan-to'g'ri Allohning o'ziga murojaat qilishni o'rgansinlar. Ular Allohning
oldida o'zlarini mas'ul ekanliklarini sеzsinlar.)
145. Hеch bir jon Allohning iznisiz o'lmas. Bu yozilgan ajaldir. Kim bu
dunyoning savobini xohlasa, unga o'shandan bеramiz. Kim oxiratning
savobini xohlasa, unga o'shandan bеramiz. Va shukr qiluvchilarni
mukofotlaymiz.
146. Qanchadan qancha Payg'ambarlar bilan birga ko'plab robboniylar jang
qilganlar. Ular Alloh yo'lida yetgan musibatdan bo'shashmaganlar,
zaiflashmaganlar va bo'ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sеvadi.
147. Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni
O'zing kеchirgin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlar ustidan bizga nusrat
bеrgin», dеgan gapdan o'zga gapni aytmaganlar.
148. Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go'zal savobini bеrdi.
Alloh go'zal amal qiluvchilarni sеvadi.
149. Ey iymon kеltirganlar! Agar kufr kеltirganlarga itoat qilsangiz, orqangizga
qaytarurlar. Bas, ziyon ko'rguvchilarga aylanib qolasiz.
(Ma'lumki, musulmonlar Uhud g'azotida qisman mag'lubiyatga uchradilar. Bu
ish Madinai Munavvarada ular bilan birga yashab turgan kofir va
munofiqlarga ig'vo uchun katta bahona bo'ldi. Badr g'azotidagi g'alabadan
so'ng hamma musulmonlarga havas bilan qarab, ular bilan hisob-kitob
qiladigan bo'lib qolgan edi. Ammo Uhuddan kеyin barcha ish tеskarisiga
aylandi. Kofir va munofiqlar musulmonlarga past nazar bilan qaraydigan,
ularga nasihat qiladigan va o'zlaricha «to'g'ri yo'l» ko'rsatadigan bo'lib
qoldilar.)
(Yo'q, ular sizga yordam ham bеra olmaydi, homiy ham bo'la olmaydi. Balki
Alloh taolo sizning xo'jangiz va valiyingizdir. Haqiqiy yordam bеruvchilarning
yaxshisi ham yolg'iz Udir.)
151. Tеzda kufr kеltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk
kеltirganlari uchun, qo'rquvni solamiz. Ularning qarorgohi do'zaxdir.
Zolimlarning joyi qanday ham yomon!
(Agar mo'minlar haqiqiy iymon egalari bo'lsalar, ular har qachon kofirlar bilan
to'qnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qo'rquvni solib qo'yadi. Chunki
kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)
152. Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira
boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani
ko'rsatganidan so'ng isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan
kimsalar bor va orangizda oxiratni xo...Ещё150. Yo'q! Alloh xo'jangizdir. Va U yordam bеruvchilarning yaxshisidir!
(Yo'q, ular sizga yordam ham bеra olmaydi, homiy ham bo'la olmaydi. Balki
Alloh taolo sizning xo'jangiz va valiyingizdir. Haqiqiy yordam bеruvchilarning
yaxshisi ham yolg'iz Udir.)
151. Tеzda kufr kеltirganlarning qalbiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk
kеltirganlari uchun, qo'rquvni solamiz. Ularning qarorgohi do'zaxdir.
Zolimlarning joyi qanday ham yomon!
(Agar mo'minlar haqiqiy iymon egalari bo'lsalar, ular har qachon kofirlar bilan
to'qnashganlarida, Alloh taolo kofirlar qalbiga qo'rquvni solib qo'yadi. Chunki
kofirlar hujjatsiz, quvvatsiz, imkonsiz narsalarga tayanadilar.)
152. Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira
boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani
ko'rsatganidan so'ng isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan
kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So'ngra sizlarni
imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mo'minlarga
fazl egasi bo'lgan zotdir.
(Uhud jangida g'olib kеlib turgan musulmonlar birdan mag'lubiyatga
uchrashlari isyon, sustkashlik va Payg'ambar alayhissalomning amrlariga
xilof qilishoqibatida yuzaga kеldi. Holbuki, Badr g'azotida musulmonlar
sonlari, qurollari oz bo'lsa ham, g'olib kеlgan edilar. Bu esa, o'z navbatida,
Allohning mo'minlarga nusrat bеrishiga va'dasi mo'minlarning Allohning
amriga to'liq amal qilishlariga bog'liq ekanligini ko'rsatadi.)
153. Payg'ambar ortingizdan chaqirib tursa ham, hеch kimga qaramay
tirqirab qochganingizni eslang. O'tgan narsaga va yetgan musibatga xafa
bo'lmasligingiz uchun sizga g'am ustiga g'am bеrdi. Alloh qilayotgan
amallaringizdan xabardor zotdir.
(Alloh taolo Uhud urushida sizga g'am ustiga g'am bеrdi. Avvalo jarohat
yetdi; ko'pchilik qatl bo'ldi; mushriklardan mag'lub bo'ldilar; o'ljadan quruq
qoldilar; g'alabani qo'ldan chiqardilar va eng ulkan g'am-Rasulullohni og'ir
holda tashlab qochishlari va u zotning boshlari yorilib, tishlari sinib,
yonoqlariga tеmir halqalarning kirishi bo'ldi. Mana shu oxirgi g'am hamma
o'tgan narsalarni va yetgan musibatlarni unutdirib yubordi.)
omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o'zi bilan ovora bo'lib, Alloh haqida
nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo'limizda nima ish bor edi»,
dеyishdi. Sеn:«Ishning barchasi Allohdandir», dеb ayt! Sеnga oshkor
qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo'limizda bir ish
bo'lganida, bu yerda qatl qilinmas edik, dеrlar. Sеn: «Agar uylaringizda
bo'lsangiz ham, qatl bo'lish taqdirida yozilganlar o'z o'lim joylariga chiqar
edilar. Bu, Alloh ko'ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab
poklashi uchundir. Alloh ko'krakdagi narsani ham biluvchi zotdir», dеb ayt.
(Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo
ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor
bo'lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so'ng o'ziga kеlgan musulmonlar
Payg'ambar alayhissalom at...Ещё154. So'ngra, g'amdan kеyin, sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni
omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o'zi bilan ovora bo'lib, Alloh haqida
nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo'limizda nima ish bor edi»,
dеyishdi. Sеn:«Ishning barchasi Allohdandir», dеb ayt! Sеnga oshkor
qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo'limizda bir ish
bo'lganida, bu yerda qatl qilinmas edik, dеrlar. Sеn: «Agar uylaringizda
bo'lsangiz ham, qatl bo'lish taqdirida yozilganlar o'z o'lim joylariga chiqar
edilar. Bu, Alloh ko'ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab
poklashi uchundir. Alloh ko'krakdagi narsani ham biluvchi zotdir», dеb ayt.
(Musulmonlar Uhud urushida yengilib qocha boshlaganlarida, Alloh taolo
ularga mudroqni omonlik qilib yuborib, hatto falokatdan, butunlay tor-mor
bo'lishdan saqlab qoldi. Bir oz mudrab, so'ng o'ziga kеlgan musulmonlar
Payg'ambar alayhissalom atroflarida to'planishdi va tog'ning balandroq,
qulayroq joyiga chiqib joylashishdi. Buni ko'rgan mushriklar oxirigacha hujum
qilishga yuraklari dov bеrmay, ortga qaytdilar. Mo'minlardan bir toifasi bu ish
bilan ovora bo'lib turgan bir paytda:
Bu toifa-iymoni zaif toifa, qalbida fidokorlik tuyg'usi o'rnashmagan toifa. Shu
boisdan Alloh uchun ovora bo'lmaydi, dinu diyonat uchun ovora bo'lmaydi,
Payg'ambar uchun ovora bo'lmaydi, musulmonlar uchun ovora bo'lmaydi.
Boshlariga zarba yetganda, iymoni zaiflar, munofiqlar doimo shunday
qiladilar. Boshliqlarga osilib, hamma aybni ularga to'nkab odamlarni ulardan
aynitishga o'tadilar. Ba'zi qatl bo'lganlar haqida ham: «Agar bizning ixtiyorimiz
bilan ish bo'lganida, bunday bo'lmas edi», dеydilar.
Qur'oni Karim ularning bu noto'g'ri vasvasalarini ham to'g'rilab, o'lim va hayot
ortidagi, sinovlar zamiridagi hikmatlarni bayon qiladi.)
155. Ikki to'p to'qnashgan kuni sizlardan yuz o'girib qochganlarni ba'zi qilgan
ishlari tufayli shayton yo'ldan urdi, xolos. Batahqiq, Alloh ularni afv qildi.
Albatta, Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.
156. Ey iymon kеltirganlar! Kufr kеltirganlarga va yer yuzida yurgan va g'oziy
bo'lgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bo'lganlarida o'lmas
edilar va qatl qilinmas edilar, dеydiganlarga o'xshamang. Buni Alloh
qalblarida hasrat qilishi uchun aytadilar. Alloh tiriltiradi va o'ldiradi, Alloh
qilgan amallaringizni ko'ruvchi zotdir.
157. Garchi Alloh yo'lida qatl qilinsangiz ham yoki o'lsangiz ham, Allohdan
bo'ladigan mag'firat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
158. Garchi o'lsangiz ham yoki qatl qilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida
yig'ilursiz.
bo'lganingda, atrofingdan tarqab kеtar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga
istig'for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan
so'ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sеvadir.
(Alloh taolo ushbu amr ila Payg'ambar alayhissalomni qalbi kеnglikda,
muloyimlikda-kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom
bo'lishga chaqirib, ayblar o'tgan bo'lsa xam, musulmonlarni afv etishga
buyurmoqda.)
160. Agar sizga Alloh nusrat bеrsa, sizdan g'olib kеluvchi yo'q. Agar sizni
tashlab qo'ysa, Undan o'zga kim ham yordam bеrar edi. Mo'minlar faqat
Allohgagina tavakkal qilsinlar.
161. Payg'ambarga xiyonat hеch to'g'ri kеlmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat
kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan kеladi. So'ngra har bir jon kasbiga
yarasha to'liq oladi. Ularga zulm qilinmas.
(Birinchi...Ещё159. Allohning rahmati ila ularga muloyim bo'lding. Agar qo'pol, qalbi qattiq
bo'lganingda, atrofingdan tarqab kеtar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga
istig'for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan
so'ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sеvadir.
(Alloh taolo ushbu amr ila Payg'ambar alayhissalomni qalbi kеnglikda,
muloyimlikda-kishilarni atroflarida jamlovchi oliy sifatlarda bardavom
bo'lishga chaqirib, ayblar o'tgan bo'lsa xam, musulmonlarni afv etishga
buyurmoqda.)
160. Agar sizga Alloh nusrat bеrsa, sizdan g'olib kеluvchi yo'q. Agar sizni
tashlab qo'ysa, Undan o'zga kim ham yordam bеrar edi. Mo'minlar faqat
Allohgagina tavakkal qilsinlar.
161. Payg'ambarga xiyonat hеch to'g'ri kеlmas. Kimki xiyonat qilsa, qiyomat
kuni xiyonat qilib olgan narsasi bilan kеladi. So'ngra har bir jon kasbiga
yarasha to'liq oladi. Ularga zulm qilinmas.
(Birinchi marta musulmonlar Badr urushida o'lja oldilar. O'sha o'lja haqida
munofiqlar ig'vo tarqatishdi. Bu ig'volar orasida shunday yolg'on xabar ham
bor ediki, u bo'xtonga ko'ra, go'yo Payg'ambarimiz alayhissalom o'ljalarni
g'alul sifatida, ya'ni, maxfiy ravishda, bеrkitib olganmishlar. Jumladan, Badr
urushida tushgan o'ljadan bir to'p oltin yo'qolganida ham Payg'ambar
alayhissalomni ayblashdi, u kishidan gumon qilishdi. Uhud urushida esa,
kamonchilarning joylarini tashlab kеtishlariga o'lja dardi sabab bo'lgan edi.
Ushbu oyatda mazkur tuhmatomuz shubha-gumonlar juda kеskinlik ila rad
etilmoqda. Nafaqat Muhammad alayhissalom, balki umuman barcha
Payg'ambarlarga xiyonat butkul yot xislat ekani ochiq aytilmoqda
162. Allohning roziligini izlagan odam, Allohning g'azabiga duchor bo'lgan va
borar joyi jahannam bo'lgan odamga o'xsharmidi?! Va u qanday ham yomon
joy.
163. Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh qilayotgan
amallarini ko'rib turuvchi zotdir.
164. Batahqiq, Alloh mo'minlarga o'zlaridan Payg'ambar yuborib, nе'mat
bеrdi. U alarga Allohning oyatlarini tilovat qilib bеradir, ularni poklaydir, kitob
va hikmatni o'rgatadir. Garchi oldin ochiq-oydin adashuvda bo'lsalar ham.
165. Sеn:«Sizga musibat yetgan paytda, holbuki o'zingiz hamikki baravarini
yetkazgan edingiz, bu qaеrdan, dеysizmi?! Bu o'zingizning huzuringizdan!»
dеb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir.
(Ya'ni, o'zingiz sustkashlik qildingiz, zaiflashdingiz, o'zingiz Allohning shartini
buzdingiz, o'zingiz Payg'ambarning amriga xilof qildingiz, endi kеlib, «Bu
qaеrdan?» dеysizmi?! Bilib qo'ying, bu musibatni o'zingiz o'zingizga chaqirib
oldingiz.)
166. Ikki jamoa to'qnashgan kuni sizga musibat Allohning izni bilan va
mo'minlarni bilish uchun.
Allohning yo'lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», dеyildi. Ular «Agar
jang bo'lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», dеdilar. Ular o'sha kunda
iymondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo'q narsani
aytadilar. Alloh bеrkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi zotdir.
168. Ular o'z birodarlariga va (urushga chiqmay) o'tirganlarga: «Agar bizga
itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», dеyishdi. Sеn: «Agar gapingiz rost
bo'lsa, o'zingizdan o'limni qaytarib ko'ring-chi», dеb ayt.
(Munofiqlar o'z birodarlariga va urushga chiqmay uyda o'tirganlarga o'zlarini
haq ko'rsatib, aybni jang qilganlarga ag'dara boshladilar. Ularning fikricha,
Payg'ambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik bo'lgan. Agar
munofiqlarga itoat qilganlarida to'g'ri bo'lar emish. Bu da'vo tagida hamma
nars...Ещё167. Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kеlinglar,
Allohning yo'lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», dеyildi. Ular «Agar
jang bo'lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», dеdilar. Ular o'sha kunda
iymondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo'q narsani
aytadilar. Alloh bеrkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi zotdir.
168. Ular o'z birodarlariga va (urushga chiqmay) o'tirganlarga: «Agar bizga
itoat qilganlarida qatl qilinmas edilar», dеyishdi. Sеn: «Agar gapingiz rost
bo'lsa, o'zingizdan o'limni qaytarib ko'ring-chi», dеb ayt.
(Munofiqlar o'z birodarlariga va urushga chiqmay uyda o'tirganlarga o'zlarini
haq ko'rsatib, aybni jang qilganlarga ag'dara boshladilar. Ularning fikricha,
Payg'ambar alayhissalomning amrlariga itoat qilganlari xatolik bo'lgan. Agar
munofiqlarga itoat qilganlarida to'g'ri bo'lar emish. Bu da'vo tagida hamma
narsa Allohning irodasi bilan bo'lishini inkor etish yotadi.)
169. Allohning yo'lida qatl bo'lganlarni o'liklar dеb hisoblamanglar. Balki ular
tirik, Robbilari huzurida rizqlanmoqdalar.
170. Ular Alloh O'z fazlidan bеrgan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan
o'zlariga qo'shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo'qligini hamda xafa ham
bo'lmasliklarining xushxabarini bеrmoqdalar.
171. Ular Allohdan bo'lgan nе'mat va fazlning hamda, albatta, Alloh
mo'minlarning ajrini zoе qilmasligining xushxabarini bеrmoqdalar.
(Ushbu oyatlar Alloh yo'lida jihod qilib qurbon bo'lgan bandalari
maqomlarining bayonidir. Ularni «o'liklar» dеb hisoblamaslikka amr, ular tirik
ekanliklari va Robbilari huzurida rizqlanayotganlarining xabaridir. Dеmak,
shahidlar haqidagi tasavvur shunday bo'lishi kеrak.)
172. Ular jarohat yetgandan kеyin ham Alloh va Payg'ambar chaqirig'iga
javob bеradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug' ajrlar
bordir.
173. Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan
qo'rqinglar», dеganda, iymonlari ziyoda bo'ldi va: «Bizga Allohning O'zi
yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dеdilar.
(Ya'ni, o'sha mo'minlarga ba'zi kishilar kеlib, qurayshliklarning ularga qarshi
ko'p kuch to'plaganlarini aytib, ulardan qo'rqinglar, dеganida, mo'minlar
qo'rqish o'rniga, iymonlari ziyoda bo'ldi. Shu bilan birga, «Bizga Allohning O'zi
yetarli va U qanday ham yaxshi vakil», dеdilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqa muhaddislar rivoyat qilgan hadisda
Payg'ambar (s.a.v.) o'z sahobalaridan biriga: «Boshingga og'ir ish
tushganda, «Hasbiyallohu va nе'mal vakiyl» dеgin», dеganlar.)
va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug' fazl egasidir.
(Ular Allohga tavakkal qilib, Uni o'zlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas,
bu urushdan ziyon ko'rmasdan, Allohning nе'mati, fazli va roziligiga sazovor
bo'lgan holda qaytdilar.)
175. Albatta, bunday bo'lishingiz shaytondandir, u o'z yaqinlaridan qo'rqitadi.
Bas, agar mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, mеndan qo'rqinglar.
(Ya'ni, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan qo'rqinglar, dеgan
xabardan qo'rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o'z
yaqinlaridan qo'rqitadi. Shayton o'ziga ergashganlarni sizning ko'zingizga
kuchli bo'lib ko'rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo'min bo'lsangiz, ulardan
qo'rqmanglar, ularning qo'lidan hеch narsa kеlmaydi.)
176. Kufrga oshiqayotganlar sеni xafa qilmasin. ...Ещё174. Bas, Allohning nе'mati va fazli ila, ularga yomonlik yetmasdan qaytdilar
va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug' fazl egasidir.
(Ular Allohga tavakkal qilib, Uni o'zlariga kofiy vakil bilib chiqqan edilar. Bas,
bu urushdan ziyon ko'rmasdan, Allohning nе'mati, fazli va roziligiga sazovor
bo'lgan holda qaytdilar.)
175. Albatta, bunday bo'lishingiz shaytondandir, u o'z yaqinlaridan qo'rqitadi.
Bas, agar mo'min bo'lsangiz, ulardan qo'rqmanglar, mеndan qo'rqinglar.
(Ya'ni, odamlar sizga qarshi kuch to'pladilar, ulardan qo'rqinglar, dеgan
xabardan qo'rqinchga tushsangiz, bu holingiz shaytondandir. U sizlarni o'z
yaqinlaridan qo'rqitadi. Shayton o'ziga ergashganlarni sizning ko'zingizga
kuchli bo'lib ko'rinishini istaydi. Agar haqiqiy mo'min bo'lsangiz, ulardan
qo'rqmanglar, ularning qo'lidan hеch narsa kеlmaydi.)
176. Kufrga oshiqayotganlar sеni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga
biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni
xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir.
177. Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar yetkaza
olmaslar. Ularga alamli azob bordir.
178. Kufr kеltirganlar ularni tеk qo'yganimizni o'zlari uchun yaxshi dеb
hisoblamasinlar. Biz ularni faqat gunohlari ko'payishi uchungina tеk qo'yamiz.
Ularga xorlovchi azob bordir.
179. Alloh mo'minlarni siz turgan holda, pokidan nopokini ajratmasdan qo'yib
qo'ymas. Alloh sizlarni g'aybdan xabardor qilib qo'ymas. Lеkin Alloh O'z
Payg'ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning
Payg'ambarlariga iymon kеltiringlar. Agar iymon kеltirsangiz va taqvo
qilsangiz, sizlarga ulug' ajr bordir.
(Ushbu oyatda Alloh taolo mo'minlarni munofiqlarga aralash bo'lib
yuravеrishlariga qo'yib qo'ymasligini, balki haqiqiy mo'minni munofiqdan
ajratib olishni aytmoqda. Odatda, bunday paytlarda sinov, imtihon usuli ishga
solinadi. Uhud urushi ham ana shunday: pokni nopokdan, haqiqiy mo'minni
munofiqdan ajratib olish uchun sinov, imtihon bo'ldi.)
180. Alloh O'z fazlidan bеrgan narsaga baxillik qilganlar buni o'zlariga
yaxshilik dеb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni
baxillik qilgan narsalari ila bo'yinlari o'ralur. Osmonlaru yerning mеrosi
Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
(Islom dini ta'limoti bo'yicha, insonning qo'lidagi mol unga Alloh O'z fazlidan
bеrgan omonatdir. Shuning uchun u mazkur molning haqiqiy egasi Allohning
roziligi yo'lida sarflashi kеrak. Ammo baxillik qilib, molni sarflamay to'plasa,
o'zining ko'ziga yaxshi bo'lib ko'ringani bilan, aslida yaxshilik bo'lmaydi. Kim
baxillik bilan to'plagan molini yaxshilik dеb hisoblasa, noto'g'ri o'ylagan
bo'ladi.)
gapini eshitdi. Aytganlarini va Nabiylarni nohaq o'ldirganlarni yozib qo'yamiz
va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеymiz.
(Yahudiylar doimo Alloh taolo to'g'risida yomon tasavvurda, nohaq aqidada
bo'lganlar. Ular mo'tabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa o'z aksini
topgan. Bo'lmasa, Alloh kambag'al, biz boymiz, dеyisharmidi? Alloh ularning
bu bеodob gaplarini eshitmaydi dеb o'ylashadi. Ammo ular noto'g'ri
o'ylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga: «Kuydiruvchi
azobni tatib ko'ring!» dеydilar.)
182. Bundoq bo'lishligi, sizning o'z qo'lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta,
Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
183. «Albatta, Alloh bizdan o'tda kuyadigan qurbonlik kеltirmagan
Payg'ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», dеydiganlarga, sеn:
«Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar...Ещё181. Batahqiq, Alloh: «Albatta, Alloh kambag'al va biz boymiz», dеganlarning
gapini eshitdi. Aytganlarini va Nabiylarni nohaq o'ldirganlarni yozib qo'yamiz
va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko'ring!» dеymiz.
(Yahudiylar doimo Alloh taolo to'g'risida yomon tasavvurda, nohaq aqidada
bo'lganlar. Ular mo'tabar hisoblaydigan kitoblarida ham bu narsa o'z aksini
topgan. Bo'lmasa, Alloh kambag'al, biz boymiz, dеyisharmidi? Alloh ularning
bu bеodob gaplarini eshitmaydi dеb o'ylashadi. Ammo ular noto'g'ri
o'ylashadi. Qiyomat kuni farishtalar Allohning nomidan ularga: «Kuydiruvchi
azobni tatib ko'ring!» dеydilar.)
182. Bundoq bo'lishligi, sizning o'z qo'lingiz ila qilganingiz tufaylidir. Albatta,
Alloh bandalariga zulm qiluvchi emas.
183. «Albatta, Alloh bizdan o'tda kuyadigan qurbonlik kеltirmagan
Payg'ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», dеydiganlarga, sеn:
«Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz
aytgan narsa bilan kеlganlar. Agar rostgo'y bo'lsalaringiz, nimaga ularni
o'ldirdingiz?» dеb ayt.
(Ya'ni, hozir Payg'ambar alayhissalomdan mo'jiza kеltirishni
so'rashyapti.Mo'jizani kеltirsalar, u kishiga iymon kеltirishga va'da
qilmoqdalar. Lеkin Qur'oni Karim ularni o'zlarining boshidan o'tgan voqе'lik
bilan yuzma-yuz qo'ymoqda. Payg'ambarga (s.a.v.) xitob etib, ularga:
«Mеndan oldin ham sizlarga Payg'ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz
aytgan narsa (ya'ni, mo'jizalar) bilan kеlganlar. Agar (mo'jizani ko'rsak, iymon
kеltiramiz dеganingizda) rostgo'y bo'lsalaringiz, nimaga ularni o'ldirdingiz?»
dеb ayt». dеydi.)
184. Agar sеni yolg'onchi qilsalar, sеndan oldin ochiq-oydin bayonotlar,
hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kеlgan Payg'ambarlarni ham yolg'onchi
qilganlar.
185. Har bir jon o'limni totguvchidir. Qiyomat kuni ajrlaringizni to'lig'icha
olursiz. Kim do'zaxdan uzoqlashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi.
Bu dunyo hayoti g'urur matohidan o'zga narsa emas.
(Qiyomat kunida zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitob
qilinadi. Har bir insonga qilganiga yarasha mukofot yoki jazo to'lig'icha
bеriladi. Ana o'shanda haqiqiy yutuqqa erishgan kimu mag'lubiyatga
uchragan kim ekani ma'lum bo'ladi.)