Yaponiya - Polsha 0:1 LIVE
Gol:Bednarek 59.
Yaponiya:1.Eyji Kavashima, 5.Yuto Nagatomo, 19.Xiroki Sakai, 20.Tomoaki Makino, 21.Gotoku Sakai, 22.Maya Yoshida, 7.Gaku SHibasaki, 11.Takashi Usami (Inui 65), 16.Xotaru Yamaguchi, 9.Sinzi Okazaki (Osako 47), 13.Yoshinori Muto.
Polsha:22.Lukash Fabianski, 3.Artur Edjeychik, 5.Yan Bednarek, 15.Kamil Glik, 18.Bartosh Berezinski, 6.Yachek Goralski, 10.Gjegoj Krixovyak, 11.Kamil Grosicki, 19.Pyotr Zelinski, 21.Rafal Kurzava, 9.Robert Levandovski.
Ogohlantirishlar: Makino 66.
Gollarni bu erda ko'rishingiz mumkin:
Japan
World Cup Grp. H . 3-tur
28/06/2018, 19:00
1:0
2-bo'lim
Poland
Jan Bednarek -59'
Stadion:Volgograd Arena, 42189 tomoshabin
Bosh hakam:Janny Sikazwe
45'
90'
47' Shinji Okazaki (Yuya Osako)
65' Takashi Usami (Takashi Inui)
66' Tomoaki Makino
59' Jan Bednarek
59' Rafal Kurzawa
66. Sariq kartochka. Makino ogohlantirildi.
65. Onlayn jadval:
1) Senegal - 5 ochko
2) Kolumbiya - 4 ochko
3) Yaponiya - 4 ochko
4) Polsha - 3 ochko
62. Muxlislar telefoniga qarab Senegal - Kolumbiya uchrashuvidagi hisobni kuzatishmoqda.
59. GOOOOOOL!!! Polsha standart vaziyatdan so'ng hisobni ochdi. Kurzava to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Yan Bednarek esa oyog'i bilan to'pga zarba berib, hisobni ochdi.
57. Yaponiya so'nggi daqiqalarda Polsha darvozasi oldida xavfli vaziyatlar vujudga keltirmoqda, ammo hozircha ulardan unumli foydalana olishmayapti
54. Zelinski va Grosicki qarshi hujumga o'tishdi. Grosickining uzatmasi biroz kuchliroq chiqdi, aks xolda Zelinski darvozabon bilan birga-bir chiqib ketishi mumkin edi.
52. Muxlislar va teletomoshabinlar biroz zerikib qolishdi. Jamoalar tomoshabop o'yin namoyish etishmayapti.
47. O'zgarish. Sinzi Okazaki o'rniga Yuya Osako maydonga tushdi.
46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS!
45.Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
37.Zelinski Levandovski bilan qarshi hujumga o'tishdi, ammo Petrning Robertga uzatmasini yaponiyalik himoyachi qaytarib yubordi.
35. Yaponlardan javob hujumi xavfli ko'rinish oldi. Usami jarima maydonchasining burchagidan Fabianski darvozasiga zarba berdi, burchak o'tkir bo'lganligi tufayli Lukash to'pni qaytarishda qiynalmadi.
32.ZARBAAAAA!! Grosicki jamoadoshining uzatmasini boshi bilan darvozaga burdi, Kavashima esa katta qiyinchilik bilan o'z jamoasini goldan qutqardi. Qoyil! Golni aniqlash texnologiyasi ko'rsatishicha to'p chiziqni to'liq kesib o'tmagan ekan.
25. Hozircha ushbu o'yin bilan parallel ravishda o'tayotgan Senegal - Kolumbiya bahsida ham hisob ochilgani yo'q.
21.ZARBAA! Glik burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'naltirdi, ammo bu ishni qoidabuzarlik bilan amalga oshirdi va hakam xushtagini chaldi.
20. Muto jamoadoshining uzatgan to'pini o'ziga to'g'irlashda xatoga yo'l qo'ydi, aks xolda Fabianski yana ishga kirishishiga to'g'ri kelar edi.
16. Yaponlar 16 daqiqa ichida 3 marta Polsha darvozasiga zarba berdi. Ularning 2tasi aniq. Muto va Sakailarning zarbalarini Fabianski qaytardi.
12. Polshaliklar o'z jarima maydonchasi yonida to'pni raqibga topshirishdi, osiyoliklar esa vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.
8. Hozircha jamoalar bir-birini o'rganish bilan band. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi. Tarkiblar biroz tepada.
- Ayni damda guruhdagi holat quyidagicha:
1) Yaponiya - 4 ochko
2) Senegal - 4 ochko
3) Kolumbiya - 3 ochko
4) Polsha - 0 ochko
- Yaponiya hamda Polsha terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur o'yinini birga kuzatib boramiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев