to'la o'kinish.
Ellik yoshdan oshsa ham
araq, ishrat, so'kinish.
Shunday bezor bo'ldimki
zirillardim kelsa ham. Hafa bo'lmasdim agar
javobimni bersa ham.
Ohirati ne bo'lar? endi Alloh
biladi.
Naqqoshlikni tashlab
sudho'rlik ham qiladi. Yalinaman yoshmassiz
namoz o'qing dadasi
Jon omonat, o'lim haq, desam
qotar ensasi.
Bu odamni tek qo'ysam endi
shundoq o'tadi. Agar bir gap bo'lsa ham naq
do'zahga ketadi.
Voy voy hudo saqlasin
qo'rqitaman do'zahdan,
parvoyi palak.
Bir kun gap boshladim jannatdan.
Dedim daryosida may, tubida
lal, durlar bor.
Dadasichi, jannatda 15
yoshlik hurlar bor.
Qomadlari kelishgan, harirdir ko'plaklari.
Ko'rinib turar shundoq
boldirin iliklari.
Biqinlari tasmadek, semizmas
manga o'hshab.
Rohat qilasiz nafis barmoqlarin ushlab.
Ko'zlaringiz qamashar
badanining nuriga.
Faqat pok erkak loyiq
jannatning bu huriga
dedimu, Erimning lovilladi yuzlari.,
o'sha hurni ko'rganday.
Dedi yonib ko'zlari:
O'ylabmanki jannatda meva
cheva bor holos.
Unga qanday kiradi o'rgatib qo'y iltimos.
Dedim ichishni tashlab halol
hunar kasb qiling.
Hulqingiz bo'lsin go'zal,
sudho'rlikni bas qiling.
Allohga deb do'st bo'lasiz ilm hunar, san'atga.
Pokligu iymon bilan kiriladi
jannatga.
Dedi: hurdan rashq qilib
hurpaymaydimi pating?
Dedim: ming bor rozimaaaan iloyo qo'shaqaring.
Tongda mani uygotdi ko'zi
to'la nur bilan.
Bir qo'lida jaynamoz, bir
qo'lida gul bilan.
Dedim hay nima bo'ldi? nega tegdiz gulimga?
Dedi: ilinib ketdim jannatdagi
hurimga.
Alloh Alloh qoilman dedim
ko'ksimga urib.
Shu erga ham bir gapni bo'lar ekana uqtirib?
Tutagan shamchiroqqa
quygan kabi moyini.
Voy voy shu qaysarni ham
topdim nozik joyini.
Boshladi yangi hayot, chizdi go'zal naqshlar.
Hatto chet eldan kelib sotib
olar muhlislar.
Yashar qalbi jismi pok, el
yurtini sevadi.
Endi bizning mavlono manga qilar nasihat.
Har so'zida yuz ma'no, har
ishida yuz hikmat .
Undan bezor bo'lgandim,
kulsangiz ham aytaman.
Bugun uni shu yoshda sevib qoldim qaytadan.
Hatto o'sha hurlardan rashk
qilib qoldim andak.
Jannat eshigidan ham
mo'ralab tursam kerak.
Darvozasiga yozib qo'yaman shu sherimni.
Ey jannatning hurlari, hafa
qilmang erimni.
Sizga loyiq qilguncha
aroqho'r bu kishimni,
Yerdan terib olganman singan qancha tishimni.
Yorildi qancha kursi, qancha
eshik oynaklar,
Uchib o'tgan boshimdan
qanchalik ko'p choynaklar....
Mehnatini man ko'rdim, oqdi qancha ko'z yoshim.
Rohatini siz ko'ring
jannatdagi kundoshim.
Erim qayta yosharib
yoningizga kirganda
Duo qilib qo'ying man sho'rlikni ham.
Siz haqizda bir eshitgan
erkak holi shu bo'lsa,
Nima bo'lr ekana o'zingizni
bir ko'rsa?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев