Хayotda turmushi o'xshamaganlar... Onasin uyiga qaytadi majbur, Endi u qiz emas, emas endi hur, Sal gapga qo'shilsa, derlar "Jim o'tir", Xayotda turmushi o'xshamaganlar... Sevishga xaqqi yo'q endi umuman. Boshida bitta uy endi qaytaman. Yashaydi bir dunyo dardlari bilan., Xayotda turmushi o'xshamaganlar...Yetimcha nomini olar bolasi. Tog'larni qulatar chekkan nolasi. Oqarar sochining xar bir tolasi. Xayotda turmushi o'xshamaganlar...Xar kecha joyiga tikon toshaydi, Qadamin ming o'ylab keyin bir tashaydi, U endi o'lguncha shunday yashaydi. Xayotda turmushi o'xshamaganlar..! Yeganin osh demang yolg'iz ayolni, Shayton tovog'iga qo'lin soladi. Dasturxon boshida dadasin qo'msab, Yo o'g'li, yo qizi yig'lab qoladi... Yurganin yo'l demang yolg'iz ayolni, Kiftiga malomat botib boradi. Qo'sha jon qiynalib tortolmay turgan, Aravani yolg'iz o'zi tortib boradi... Tunlarin tun demang yolg'iz ayolni, Yo'qotgan uyqusin izlab toladi. Alahlab dadasin chaqirsa qizi, Alamdan yostiqni tishlab yig'laydi...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев