Ayolning
uyqusi kelmay shiftga tikilib
yotar, közlari yig'idan shishib
ketgan, boshi tars yorilgudek
og'riyapti. Bugun suyukli eri
birinchi bor unga qöl kötardi.
Yetti yil bir yostiqqa bosh
qöygani, özi tanlab sevib
turmush qurgani... Tarsaki
ovozi shunchalik qattiq
chiqdiki, yonlarida ötirgan ikki
yoshli ög'ilchasi onasiga
qöshilib yig'lab yubordi. Olti
yoshli qizalog'i esa qöshni
xonadan yugurib keldi.
хонадан югуриб келди. Nima
bölganini tushunmay hayron…
Ayol yon tarafga boqdi, eri yöq.
Chekkani chiqqandir. Faqat
qattiq siqilganida, ba'zan
sigareta oladi qöliga. Аyol özini
aybdor his qila boshladi. Bir
gapdan qolmay teng
aytishgani uchun. Eri tag'inam
sabrli, boshida tög'ri
tushuntirishga harakat qildi.
Lekin "Siz ham erkakmisiz?”
degan gapga har qanday
erning sabr kosasi tölsa kerak.
U özini bosib olgan, ichmaydi,
yomon odatlari yöq, xotinboz
emas. Faqat biroz
yetishmovchilik bor oilada.
Bugungi janjal ham eri bolalari
sevadigan “Chokotellа” kremini
olib kelmagani uchun
chiqqandi. Shunga noshukrlik
qilgani uchun ayolning vijdoni
qiynadi. Uxlay olmayotgani
sababi ham tarsaki emasdi.
Bаlki erining dilini og'ritgani
uchun özidan xafa edi... Eridan
xavotir olib eshikni ochdi,
uning bolalar xonasi oldida
turganini körib hayron qoldi.
Erining qölida bir parcha
qog'oz bor edi, közlaridan esa
yosh oqardi. Ayol bu
manzaradan qotib qoldi,
erining közlari namlanganini
birinchi bor körishi edi.
Bildrimasdan joyiga kelib
yotdi… Мiyasida ming hayol…
Ertasiga eri özini hech narsa
bölmagandek tutar, doimgidek
kulib, hazillashib bolalarini
öynatardi. Оradan bir hafta
ötgach ham ösha voqea haqida
söz ochilmadi, ayolning köngli
ham tinchlangandek böldi.
Yakshanba kuni kiyimlarni
yuvishga shaylangan ayol
erining shimi chöntagidan bir
parcha qog'oz topib oldi.
Undagi yozuvlar kimniki
ekanligini darrov angladi,
qiyshiq harflar bilan bitilgan
maktubni öqirkan qizalog'i
Muxlisa köz oldiga keldi: “Ey
Хudо, iltimos, adam oyijonimni
urmasin... Endi hech qachon
“Chоkоtеllа” yemayman..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев