∞ ♥ » » ♥ Siz mana bu savolni
tez-tez eshitasizmi
“Ishlar qalay?”,
Qanday oddiy bularning bari…
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi. Vannada o‘tirib, onang eshitmasligi uchun suvni ochib
qo‘yib yig‘laysan. Bu yaxshi…
–Ishlar qalay? –Hammasi
yaxshi. Yaxshi, kechasi bilan ko‘z
yoshlaringni yostig‘ingga tomizasan,
ertalab yuzingni yuvib hech narsa bo‘lmagandek yurasan. Yaxshi,
derazang ostida tanish odamlarning
kulgusini eshitish. Ko‘rinishidan
“Do‘stlar”. Hursandchilik avjida, seni
unutishdi, chaqirishmadi. Aniq nima
uchun? Senga kimdir SMS yozadi… –Salom, ishlar qalay?
–Yaxshi.
–Uydamisan?
–Ha.
–Nega uyda o‘tiribsan? Nima uchun
sayrga chiqmading? –Bilmadim, xohlamayman...
–Nima bo‘ldi?
–Hech nima. Hammasi
yaxshi. Qachondir yaqining
bilan arazlashganingda. Qachondir
uni yo‘qotganingda. Senga og‘ir bo‘ladi.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Qachondir yolg‘izlikda
qolsang, hayotdan to‘yib ketsang:
–Ishlar qalay? –Yaxshi" Qachondir sen bilan nimadir
sodir bo‘lsa: Onang bilan urushib
qolsang yoki kimdir vafot etsa.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Kimnidir sevsang, u deb aqldan ozsang va keyingi kun uni eng
yaqin do‘sting bilan ko‘rsang.
–Ishlar qalay?
–Yaxshi.
Do‘stlaring tashlab ketsa, azoblashsa,
ustingdan kulishsa. Hech kim e’tibor bermasa, yordamga kelmasa.
–Ishlar qalay?
–Hammasi yaxshi.
Sevganing bilan suhbat paytida, seni
sevmasligini, ayriliqni taklif qilganini
eshitsang. Yuzingda yosh dumalasa, u eshitmasligi uchun, yostig‘ingni olib
yuzingga bossang.
–Qalaysan?
–Yaxshi. Hammasi yaxshi.
Agar, kimdandir
qachondir so‘rasangiz: –Ishlar qalay?"
Va sizga, hammasi yaxshi, deb javob
berishsa – ishonmang! Unda hammasi
yomon bo‘lishi mumkin, shunchaki u
bu haqida gapirishni xohlamaydi, yoki
yolg‘on do‘stlardan qo‘rqadi ..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев