so'zlamasang
ham,Angladim termulib
qarashlaringdan.Yig'lama
keldimku suyukli erkam,Ko'zing
qizaribdi
ko'zyoshlaringdan.
Sezdim qon
yig'labsan yolg'on desang
ham,Ko'zing lolalardan olibdiku
rang.Dunyoda sen kabi
vafodorlar kam.Mayuslik rangiga
kiribdi chehrang.
Bildim
qiynalibsan yo'lga
termulib,Ko'ringan sharpani
o'shamikan deb.Mana
turibmanku qarshingda
kulib,Qoshing qaldirg'ochga
o'xsharmikan deb.
Sezdim
sog'inibsan, sog'inchki
cheksiz,Shirin bo'salarning
iliqligini.Sezdim oyog'inga
cho'karkanman tiz,Yuragim
mehringa intiqligini.
Sezdim
sog'inibsan so'zlamasang
ham,Ko'zing so'zlamoqda
sog'inchlaringni.Tashrifim
qalbinga beribdi
malham,Ko'zlaring yashirmas
sevinchlaringni.
Hijron zanjirlarin
uzolmaganda,Uzun kipriginga
ilinibdi yosh.Sog'inch qafaslarin
buzolmaganda,Mening suratimni
etibsan sirdosh.
Sezdim
sog'inibsan so'zlamasang
ham,Sevasiz-a? deya
so'rashlaringdan.Jimgina
tortaman bag'rimga
erkam,Mehrla o'paman ko'z
qoshlaringni.
Sezdim sog'inibsan,
sog'inchlar ahir,Har baxtli
oshiqqa berilgan ehson.Garchi
ming bor achchiq, zahardek
tahir,Shu sabab sevgisin
anglaydi inson.
Sezdim
sog'inibsan,
turishlaringda,Zarracha firoq
yo'q, zarracha noz yo'q.Sog'inch
bor o'zingni
tutishlaringda,O'paman
yuzlaring misoli bir cho'g'.
Sezdim
yurakdagi shirin
tilaging,O'tmishdagi visol etilsa
takror.So'zlay sevinchlarga
to'lsin yuraging,Bu visol ulardan
shirinroq ming bor.
Sezdim
sog'inibsan, pokiza
dildan,Bilsang shu sog'inchlar
qiynagan meni.Sog'inch savolini
qo'ymasdan tildan,Mehribonim sog'indim seni.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев