Men baxtni pullarga qilmayman harid!
Siz òsha, yuzida kulguchi bor qiz,
Men hamon qavoği osilgan yigit!
Yuribman, sayr etib rashkning boğida,
Diydor ilinjida kòzlarim mushtoq.
Aldayman òzimni gohi-gohida,
"Unutdim"deymanu, soğinib ko'proq!
Men bilan bir umr dóst tutingan ğam,
Qalbimda hayollar misli Favvora.
Siz esa, bir bora eslamaysiz ham,
O'zganing ishqida bòlib ovvora!
Qanotsiz uchyapsiz, osmon falakda,
Bir paytlar "qanotim" degan edingiz.
Yolğonmi?
Ósha tor, ósha yòlakda,
Siz mening "Hayotim" degan edingiz!
Qoyil !
Yashayapsiz, shodligi bisyor,
Mensiz bahorini boshlagan qushcha.
Men qolib mayli siz bòling baxtiyor,
Baxtimni pullarga alishgan qizcha!
Siz mening "HAYOTIM" degan edingiz!
Hayot arzon bòlsa, bekor sevibsiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев