Men qamalib
chiqqanman. Besh yil
qilgan jinoyatim uchun jazo ötadim.
Qamoq hayoti özgacha. Lekin shunday
fayzsiz dargohda ham otashin qalblarni
kördim. Biz ösha yigit bilan qalin döst
bölib qolgandik. U uzoq muddatga
qamalgandi. Bilishimcha mashinada bir
"kattakon"ni turtib yuborgan. U
uylanganiga bir yil ham tölmay turib
qamalgandi. Ikkimiz deyarli bir
vaqtda qamoqxonaga kelganmiz. U
qamalganida xotini og'iroyoq edi. Ota
bölganini eshitganida u bilan bitta
kamerada edik. Öta samimiy, oqköngil
yigit edi u. Uni xotinining suratiga
termulib hayol surib ötirganini köp
marta körardim. Ha, u rafiqasini
judayam sevardi. 16-iyun... Uning
uchun alohida muhim sana edi bu.
Xotinining tug'ilgan kuni... Xotini 5 yil
davomida har safar shu kunda uni
körishga kelardi. Boshqa kunlar u
rafiqasiga qamoqxonaga kelishga
ruhsat bermasdi. Ehtimol siqilishini
istamagandir. Uning özi ham shu
sananing kelishini bir yil kutib yashardi.
Tört devor orasida kutish qanday azob
ekanligini faqat boshdan ötkazganlar
biladi. Lekin u sira dardini bildirmasdi.
Uning kechalari xörsinib qöyishidan
16-iyunni kutayotganini bilardim
xalos. Sönggi yil xotini kelganida u
juda xafa holatda kirib keldi...
DAVOMI WU GURUHDA BOR
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=52978055839862&_prevCmd=userAltGroups&tkn=9690
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4