ajib hisiyotni sharofida mast bo'lib
o'tirishibdi. Men esa bu hisiyot sharobidan
ichganman-ku! Lekin mast bo'lmaganman
yana o'sha o'zim men sevgan humor ko'zli
sochlari tim qora, ikki yuzidagi kulguchlari
o'ziga yarashib turgan do'konchi qizga
termulib turibman-ku lekin yoniga borib
gapirgani o'zimda kuch topa olmayabman.
Har gal yoniga borganimda "keling" deb
jilmayganida butkul tilim aylanmay qolardi. U
qizni kuzatayotganimga, u go'zalni ishqida
yonayotganimga mana deyarli bir yil bo'libdi.
Har kunim shu hiyobonda katta chinor
tagida meni qalbimni ishg'or qilgan sanamni
kuzatishdan boshqa ish qilmay qo'ygandim.
Sevgimni hammadan yashirardim biron
odamga aytgani qo'rqardim. Men o'zimdan
emas balki u qiz uchun u qiz taqdiriga qora
dog' tushishidan qo'rqardim. U qiz haqida
odamlar noto'g'ri fikrga borishlaridan ha
men ul sanamni shunday sevardim tunlar
kelajagimiz haqida shirin-shirin orzular
surardim xatto bo'lajak farzandlarimizga
ham ism topib qo'ygandim. Kunlardan bir
kun yuragim shu qadar jo'shib toshib ketdi-
ki men ichimdagi sirlarimni butun-butun
olamga jar solib Nigorani sevishimni aytgim
keldi. O'zimga-o'zim "Nigorani sevishimni
aytaman ha bugun aytman" deb o'sha men
uchun qadrli hiyobonga bordim. Ne ko'z
bilan do'kon tomon qaramay do'kon berk
go'yo yuragim urishdan to'xtadi, badanim
esa muzlab ketdi, hayolimda "nega u yo'q" "
balki betob bo'lib qolgandur" degan savolar
charx urib aylanar edi. Mana Nigorani
ko'rmaganimga do'koni berkligiga ham bir
haftadan oshdi. Meni ko'nglimda g'ul-g'ulla
kuchaya boradi. Oxiri surushtirib Nigorani
manzilini topdim. Mahallasi tomon
yaqinlashib borar ekanman yuragim shu
qadar urar ediki xatto badanimni teshib
chiqib ketguday bo'lib urardi. "Nahot-ki,
bo'lishi mumkin emas ko'zlarimga
ishonmiman yo'q-yo'q bu u emas" degancha
qotib qoldim Nigora oppoq libosda yor-yor
ostida uyidan chiqib kelardi meni esa
hayolimda shu so'zlar aylanardi. " ex oppoq
yuzli farishta oq libosda seni ko'rishni qay
darajada hohlagandim-ki buni faqat Ollohim
biladi lekin seni o'zga yigit oldida emas
o'zimni oldimda ko'rishni orzu qilgandim,
baxtli bo'l unsiz sevgim baxtli bo'l"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев