Gohi yig'lab gohi kulib sevgandim
Borim nima jonim nima xattoki
Xayotimni senga berib sevgandim
Afsus o'sha damlar xayol bo'ldiku
Javobi yo'q dilda savol bo'ldiku
Vujudimda yashayotgan muxabbat
Sho'rlik qalbim ichra uvol bo'ldiku
Shumi baxtim...
Men sho'rlik buni bilolmayman
Ich ichimdan yig'lab chindan kulolmayman
Na tirikman na o'lib ham o'lolmayman
Meni balki sevar kimdir
Men endi sevolmayman...
Sevdim degan so'zlaring
Qolib ketdi vafosiz
Chertilmay qalb torlarim
Nolib ketdi navosiz
Jaxannammi bu dunyo
Yo g'urbat bu xayotda
Tomchi suvga tashna
Keng saxrodaman xavosiz
Senga ayon edi qalbim dardlari
Senga bayon edi sevgim xatlari
Oxim yetar xatto osmon falakka
Senga yetmas ming faryodu dodlarim
Sevgim bo'ldi bu dunyoda bir kamim
Muxabbatim bor xasratim alamim
Ishqim o'ldi xiyonatning qo'lida
Tuyg'ularim armon endi sevolmasman.
..
Armonim...
Shu qo'llaringdan tutmay sevdim
G'unchagina labingdan bol ichmay sevdim
Sevdim deya meni tashlab ketsang xamki
Men bechora yo'llaringni to'smay sevdim
O'zga qo'llar silar endi sochlaring
O'zga so'zlar maqtar ko'zu qoshlaring
Yuragimga otib isyon toshlaring
O'zga lablar erkalaydi yuzlaring
O'tib ketdi sensiz g'urbat kunlarim
Qayg'ularim allalagan tunlarim
Yoshligimdan armon bo'lgan sevgimga
Bugun so'nggi kunim...
So'nggi so'zlarim...
Tugar bo'ldi umrim...
Endi sevolmasman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3