Предыдущая публикация
etar!
Sen qaydanam bilarding
dardim.
Shuncha kuydim
ishqingda, yetar.
To'ydim netay? tugadi
sabrim.
Qiynoqlaringga
chidolmayman.
Ortiq yo'qdir mening
bardoshim..!
Seni balki unutolmayman,
Ey bevafo, ey
bag'ritoshim.
Afsusdaman,
nadomatdaman!
Ko'ngil qo'ygan o'zimman
axir.
Yuragim voz kechmaydi
sendan,
Qismat ekan, ekan-da
taqdir.
O'zga qo'llar gul tutsa
senga!
Sen baxtiyor, men bedor
edim.
,,Xayr'' deb ham
ketmading menga,
So'zlaringga qancha zor
edim.
Armon bo'lgan yolg'on
sevgingdan,
Dilimda bir ketmas dog'
qolar.
Tanam tonar tobora
jondan...
Oshiq yurak o'tlarda
yonar.
Menga orzu edi visoling.
So'zlaringdan ko'nglim edi
to'q.
Endi o'zga yoningda
yoring,
Baxt tilashdan o'zga
choram yo'q!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев