Предыдущая публикация
Mart oyi boshlarida Yerga 2013-yil 15-fevralda Rossiyaning Chelyabinsk viloyati osmonida yonib ketgan asteroidga o‘xshash 2013 TX68 asteroidi yaqinlashadi. Bu haqda NASA sayti xabar bermoqda.
Asteroid 2016-yil 5-mart kuni Yerga 17 ming kilometr masofagacha yaqinlashadi. Hozirda diametri 30 metr bo‘lgan mazkur samoviy obyekt 14 million kilometr uzoqlikda.
Bu yil asteroid Yer bilan to‘qnashmaydi, biroq 2017-yil 28-sentabrda sayyoraga qulashi ehtimoli yuqori. Uning portlashi tufayli Chelyabinskda yongan asteroiddan ko‘ra (uning diametri 20 metr bo‘lgan) ikki barobar ko‘proq energiya hosil bo‘ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев