Yod qo'lida uzulgan qiz bechora qiz,
Ich-ichida aytolmagan so'zi singan,
Ko'zida yosh tizilgan qiz
bechora qiz...
Qo'ymabmiding yorga ro'molchalar to'qib,
Quzg'un yulib ketdiku pok ishqing cho'qib,
Otasini qarg'ishidan qo'rqib qo'rqib,
Pinxon pinxon ezilgan qiz bechora qiz...
Yig'lar edi muxabbating chechaklari,
Gul umrini chirimadi g'am pechaklari,
Endi yolg'on orzu visol ertaklari,
Sevging qasri buzulgan qiz bechora qiz...
Yorni tushda ko'rmog'ing ham endi gunox,
Ota uyiga bormog'ing ham endi gunox,
Yod uyida qolmog'ing ham endi gunox,
Baxti dorga osilgan qiz bechora qiz...
Bilolmayman endi seni qanday yupatmog'ni,
Undan ko'ra yelkamga qo'y bobo tog'ni,
Endi sabr yuvsin dilingdagi dog'ni,
Dunyolardan uzulgan qiz bechora qiz...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев