3-QISM
Ammo, qanday qilib bilishni, bilmasdim. Uyga qaytdim.
Kechqurun oila a'zolarim bilan singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. O'sha kuni kechqurun, ko'zimga uyqu kelmadi. Eh Muhabbat... O'ylay-o'ylay u haqda o'rtog'im Elyorga aytishga va dardlashishga qaror qildim.
Ertasi kuni o'rtog'im bilan Xiyobonga chiqdik va bor gapni unga aytdim.
- Elyor, kecha uyimizga singlimni dugonalari kelganidan xabaring bor.
- Xo'sh?
- Shu desang...
- Nima???
- Haligi... Sen o'shanda haq eding.
- Nimani aytyapsan o'rtoq?
- Ovqatni olib kelgan qiz...
-E, ha-a-a-a, bo'ldi. Xo'sh-xo'sh???
- O'sha qiz, rostdan ham yuragimdan urdi...
- Ha-ha-ha-ha (Kulib ketdi)
- Nega kulasan ? Elyor, shu kulguli gapmi ?
- Voy, kechirasan o'rtoq. O'zimni tutib turolmadim. Bilasanmi Otabek, buni birinchi o'zgarib qolgan parishon xotirligingdan sezgandim. Ko'zlaring kimnidir qattiq sevib qolganingni ta'kidlab turardi. Xo'sh, endi nima qilmoqchisan?
- Eh, hamm
Shu ishimga jahl qilibmi bilmadim, Elyor hammasini o'zi aniqlabdi. Oradan 2 kun o'tib Elyor uyim keldi. Xonamga kirib, ozroq suhbatlashdik.
- Otabek, qani telefoningni olib yozchi.
- Nimani Elyor?
- Bitta nomer aytaman yoz.
- Iye...
- Qani yoz-yoz...
- Nima uchun?
- E, yozsangchi tez-tez. Keyin aytaman.
- Xo'sh...
- +998...
- Xo'p yozdim. Kimni telefon raqami bu?
- Maftunani.
- Maftuna?
- Hmm...
- Kim u Maftuna?
- Qalbingni, keyin aql-u hushingni o'g'irlagan qiznida!
- Nima? Qanaqasiga?
- Shunaqasiga! O'zing ismini, kimligini bilmoqchi eding. Mana, senga birgina ismi emas, telefon raqami ham. Endi sevgingni unga bildir.
- Qanday aniqlading buni?
- Uzumini yegin-u, bog'ini surishtirma o'rtoq. Qani endi olg'a! Bo'pti, men ketdim. Haliroq senga qo'ng'iroq qilib, nima bo'lganini so'rayman. Omadingni bersin!
Elyor uydan chiqib ketdi. Men esa bir so'z deyolmadim. Chunki kutmagandim. Bu so'zlaridan bir quvongim kelardi, bir shubhalanardim. Shubham esa, asosli ekan. Keyinroq bilsam, Singlimdan so'rab, aniqlashtirgan ekan.
Yolg'ondan: "U qiz meni kelajakda kelinoyim bo'ladi, nomeri kerak edi. Faqat o'zi bilmasin Shahnoz. U qizda 2 og'iz gapim bor edi, iltimos" deb, singlimdan qo'l telefon raqamini olgan ekan. Mayli, unga nima ham derdim. Har holda buni men uchun qilganku.
Shuni o'ylab biroz tinchlandim. Qo'l telefonimda uning raqamlari terilgan holda, ko'z o'ngimda turardi.
ORADAN 5 OY O'TDI...
- Allo? Maftun, qayerdasan?
- Voo-oy, sizni 1 soatdan beri kutib o'tiribmanku! O'zingiz qayerdasiz? Nega kelmayapsiz?
- Maftun, uyga qaytgin. Men borolmayman.
- Nima? Bu nima deganiz?
- Shunaqa bo'lib qoldi...
- Nima gap o'zi? Tinchlikmi?
- Tinchlikka tinchlikku-ya, lekin endi uchrasholmaymiz. Meni kechir...
- Axir... Axir...
- Maftun, Ortinga bir qarachi!
Ortida men telefonim bilan turgandim. Uni bir hazil qilib, qo'rqitmoqchi bo'ldim. Ortiga qayrilib, meni ko'rishi bilan, suyunib ketdi. Lekin bildirmay, jahl qila boshladi.
- Nega bunaqa qilasiz?
- Voy, hazillashdimku!
- Shunaqayam hazil qilasizmi axir?
- Bo'ldi-bo'ldi, bir tomchi qonimdan keching malikam!
- Yo'q! Malikam demang endi! Kechmayman!
- Boshqa takrorlanmaydi Maftun. So'z beraman! Darrov arazlaysan-a?
- Ha arazlayman! Qo'rqib ketdim- ku!
- Qo'rqma beg'uborim, seni hech qachon tashlab ketmayman! Men hamisha yoningdaman. Qaysidir kinoda aytardi, "Oldinga kelmagan kunim, o'lgan kunimdir!" O'lim yoqasida bo'lsam ham, kelaman beg'uborim. Qani kelchi, ko'z yoshingni artib qo'yaman.
- Oh-ho, yangi ijod namunalarizdan birimi-bu? Doim shunaqa samimiy gapirib, bir zumda ko'nglimga taskin bera olasiz. (kulib) Otabek aka, faqat o'lim haqida gapirmang, xo'p.
- Mayli beg'uborim, boshqa bu so'zni aytmayman. Nima desang, shu bo'ladi.
- Rahmat. Ajoyibsiz-da. Nega kech qoldiz?
- Ha-aa, ishxonadan chiqib kelyapman. Shunga biroz kech qoldim. Uzr kuttirib qo'yganim uchun.
- Hechqisi yo'q. Tushunaman. - Tushunganing uchun ham, seni qattiq yaxshi ko'ramanda. Aytgancha Maftun, hozir sentyabr oyi-a?
DAVOMI BOR...☝️
3-QISM TUGADI
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев