jonzod,
Chumolidan tortib fillar ham o'tar.
Sultonlar o'tadi goh shod, goh
noshod,
Zanjirlarin sudrab qullar ham
o'tar.
Elchilarga o'xshab turfa
zamondan,
Shaloq aravalar, "mers"lar o'tadi.
Ro'baro' kelishib ikki tomondan,
Bir-biriga tamom terslar o'tadi.
Suyishganlar o'tar suyab bir-birin,
Buzuvchilar o'tar, o'tar ustalar.
Hushyorlar o'tadi tejab ko'z qirin,
O'tadi emaklab piyonistalar.
O'tib borayotir ana juft guruh,
Biri sh'o'x, birovin ko'zlarida nam.
Yetaklab bormoqda birini
shukuh,
Boshqa birovini yetaklagan g'am.
Oliftalar o'tar g'arib siyrati,
Botirlar o'tadi - qalbida o'tlar.
Beshiklar o'tadi - dunyo ziynati,
O'tadi lapanglab, vazmin tobutlar.
Muttasil bu yo'lda keladi to'qnash,
Nur bilan zulumot, o'lim va hayot.
Bu ko'prik olamning o'ziga
o'xshash,
Bir farqi - sohibi ixtiyorsiz zot.
Ko'prik ostidagi jo'sh urgan
daryo,
Suv emas - o'tganlar taxir ko'z
yoshi.
Har neni ko'targan bir o'zi tanho,
Bor na ta'mirchisi, na bir
yukdoshi.
Bu ko'prik, bu ko'prik qulasa
agar,
Ne hislar qolardi sarson -
sargardon.
Garchi qismatida bor qancha
xatar,
Har nechuk bariga u balogardon..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев