Xaqiqat oldida egilganda bosh
Tobutda yotardi go'zal qora qosh,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin achchiq-achchiq,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
U kirmagan edi yigirmaga ham,
Endi qo'ygan edi hayotga qadam.
Karaxtt bo'lib qolar eshitgan odam,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
Ona voh dod deydi hushin yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
Seplar yig'gan edi orzular qilib,
Bezatib ham qo'ydik liboslar ilib,
Onasi yig'laydi bag'rini tilib,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
Taqdirmi qaranga yosh ketdi essiz,
Mevasi
qolmadi o'tdiku izzsiz,
Oq libos kiyvolib yotardi hushsiz,
Yor-yor aytib bordik mozorgacha.
Mana so'nggi yo'lga kuzatdik go'zal,
So'nggi bor qo'limiz uzatdik go'zal,
Bu dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor aytib bordik mozorgacha...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3