2-qism
Uyiga borar ekan köz oldidan bölgan voqealar bir bir öta boshladi. Avvaliga otasidan ayrildi, onasi buni kötarolmay xastalandi. Endi uni operatsiyasiga katta miqdorda pul kerak. Bu yoqda ukasi med universitetda kontraktga öqiydi. Xullas yosh bölishiga qaramay Oila masuliyati uning zimmasida qoldi. Shuning uchun kun-u tun ishlaydi. Ishdan chiqib öz sohasi böyicha ish qidirardi. Mana nihoyat topdi. U yaxshi ish topganidan xursand bölib ketdi. Sông soatga qaradi 7 yarim bulipti.
*voy jin ursin 8 da ishda bölishim kerak.
Malika qadamini tezlatdi. Uyiga borib kiyimlarini almashtirdiyu onasining ovqatlanib ol deganiga ham qaramasdan ishga ketdi. U kechqurun bir kafeda ofitsantlik qilardi. Har doimgidek ish vaqti 12 da tugadi. Hamma bilan xayrlashib kafedan chiqdi. Yarim tun bölishiga qaramay sal bölsada pulni tejash uchun piyoda ketardi. Mana yana tanish köchalarda yolg'iz ketardi.
* uff shu yerdan ötishni yomon köraman. Yana bir töda bölib köchada ötiribdi bekorchilar😒
Malika diskoteka yonidan ôtar ekan qadamini tezlatdi. Doim shu yerdan ötguncha unga gap otishlari yoqmaydi, agar birortasi yaqinlashsa boplab uradi. Axir bekorga shuncha yil karateda qatnashdimi. Shuning uchunmi Malika yolg'iz yurishga qörqmaydi. Lekin u judayam chiroyli qiz. Sochlari uzun beligacha tushadi, özi sarg'ishroq bölgani uchunmi sochlari malla rangda, öziga yarashib turadi. Kipriklari uzun, közlari esa moviy rangda, xullas yigitlarni nazaridan qocholmeydigan darajada gözal qiz. Uni körganlar darhol gap otishga tushishadi. Mana yigitlar undan köz uzmay qarab turishibdi. Bu esa Malikaning rosa jahlini chiqaryapti. Davomi bor
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев