Sabo sekin sozladi:
- Sevgi sening sozlaringda,sirdosh,
sadoqatli sevishganlar saroyidadur.
Sevgi seni sehrlasa, sen sevganingni sila.
Sevgi saroyida sira sarsonu sargardon so`nmagin.
Sen sehrli saroy sohibidursan,
seni sevguvchi sohibaning sohibjamolindir.
Saboning sozlari seniyam sehrladi.
Sabo sekin-sekin silkindi da, so`zlayverdi:
- Sevgi saroyida sof sevgini so`ndirguvchilar serob.
Sen sevgingga sodiqmisan, seni sira sindirisholmaydi.
Sevgi sevgilisiga sadoqatli, sodiqlarni suyadi. Sevgi sinovchan.
Sen sevgi sinov-vada sindingmi, sevging seni sira suyamaydi.
Seni sevgi sahrosida suvsizlikdan so`ndirib somon - dayin sargaytiradi.
Sevgi seni soroqlasa, suyun. Sen sevgini sirayam soroqlama.
Sevgi so`roqlaringni suymaydi. Sening sabringni sinaydi.
Sen sevdingmi, so`zsiz sevgi so`rog`idasan. Sevgi sinovchan, so`roqlari
sevishganlarni sinab, sabrlarini sharalaydi...Sabo sevgi sozlarini samo
sarhadlaridan saralaganday samimiy so`zlardi. Saboning sozlaridan sehrlanib,
sevgisini sir saqlaydigan sirli sevgiling !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев