"… Adabiyot o’qituvchisi
jurnalni stol ustiga qo’ydi-da,
dumaloq ko’zoynagini burni
uchiga qo’ndirib, sinfga razm
soldi.
- Demak, gap bunday:
o’ttizinchi yillar adabiyotini
o’rganishni kechiktiramiz.
RayONOdan topshiriq bo’ldi,
bugun siz bizga “Baxtli
bolalik” degan mavzuda erkin
insho yozib berasiz.
- Hamma yozadimi?
- Bu nima deganlari bo’ldi,
Zoirali bo’tam, sizga alohida
taklif lozimmi, yo?
- Inshoni erkin deyabsiz-ku?
- Nomi shunaqa, bo’tam.
Qani, qog’oz olib, ish
boshlanglar. Vaqt ketmasin.
- Samad aka biz bolalikdan
o’ttik-ku, nimasini yozamiz?
Hali o’tib bo’lganingizcha
yoq, Zoirali bo’tam, endi
o’tayabsiz. Qilayotgan
ishingizga o’zingiz to’g’ri
baho bera olgan oningizdan
boshlab bolaligingiz bilan
vidolashasiz. Ha, ha aynan
vidolashasiz. Bolalik qaytmas
bo’lib ketadi. Bolalik sizning
hotirangizga ko’chadi. Vaqti
kelib, bu hotira vijdon
azobiga soladi, vaqti kelib
nimalarnidir qo’msashga
majbur qiladi. Xullas, sizni
har ko’yga soladi. U bilan
vidolashishga oshiqmang.
Bolalik-hayotning asl pallasi,
undan ko’proq bahramand
bo’lishga intiling. Asaldan
keyin turli achchiqliklarga
duch kelasiz.
- Samad aka, shularni yozsak-
chi? “Baxtli bolalik” emas,
“Alvido bolalik” desak-chi?
- Bo’tam, ko’p aqilli bolasiz-
ku, biroq ayrim vaqtlarda
kaltafahmlik qilib qo’yasiz.
Tushuning, “Baxtli bolalik”
menga emas, RayONO ga
kerak. Shu bois men bilan
tortishmang. Ishni boshlang.
Bolalarni sizlab, yumshoq
gapiruvchi bu odam
ko’pincha o’z ishini o’zi
qiyinlashtirardi. Bolalar uni
bo’shang deb bilib, baravar
tortishishdan tap
tortishmasdi. Ba’zan butun
dars tortishuv bilan o’tardi.
Kitob o’qishni jonidan ham
ortiq ko’radigan Zoir
ko’pincha baxs boshlab
qolardi.
Samad aka bugungi baxsga
barham berish uchun deraza
oldiga bordi-da, qo’lini
orqasiga qilib, hovliga tikilib
oldi.
Sinfda shivir-shivir,
qog’ozlar shitiri boshlandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
varaq yirtib olib “Baxtli
bolalik” deb yozdi-da, o’yga
toldi:
“Zoir tog’ri aytdi. Insho
keyin bo’lganidan keyin
hammani majbur qilishning
nima keragi bor? Hamma
o’zini baxtli deb
hisoblaydimi? Ana, Turob,
akasining jasadini
Afg’onistondan olib kelishdi.
Onasi bunga chidolmay jinni
bo’lib qoldi. Hozir
jinnixonada. Etti bola
otasining o’ziga qolgan. “Men
baxtliman…” deb
boshlaydimi inshosini.
Manzura-chi? Otasi ketib
qolgan. Onasi ikkovi turadi. U
nima deb yozadi? Otaullaga
ham qiyin. “Men baxtliman,
chunki otamning puli
ko’p”deya olmaydi. Aslida-ku,
ular pulning ko’pligini baxt
deb bilishadi. Lekin ochiq
ayta olishmaydi. Pul dengiz
bo’lib mavjlanadi ularning
uyida. Biroq, o’zlari
xohlagancha ishlata
olishmaydi. Bu baxtmi yoki
baxtsizlik? Harholda nima
deb yozarkin, u boyvochcha?
Bunaqa gaplarga Zoir usta
qotirib tashlaydi. Umuman,
baxtli bola u. Ota-onasi
injener, uyda o’zi-yu singlisi.
Gazetaga habar yozadi. Nima
istasa s...ЕщёAsror daftar orasidan ikki
varaq yirtib olib “Baxtli
bolalik” deb yozdi-da, o’yga
toldi:
“Zoir tog’ri aytdi. Insho
keyin bo’lganidan keyin
hammani majbur qilishning
nima keragi bor? Hamma
o’zini baxtli deb
hisoblaydimi? Ana, Turob,
akasining jasadini
Afg’onistondan olib kelishdi.
Onasi bunga chidolmay jinni
bo’lib qoldi. Hozir
jinnixonada. Etti bola
otasining o’ziga qolgan. “Men
baxtliman…” deb
boshlaydimi inshosini.
Manzura-chi? Otasi ketib
qolgan. Onasi ikkovi turadi. U
nima deb yozadi? Otaullaga
ham qiyin. “Men baxtliman,
chunki otamning puli
ko’p”deya olmaydi. Aslida-ku,
ular pulning ko’pligini baxt
deb bilishadi. Lekin ochiq
ayta olishmaydi. Pul dengiz
bo’lib mavjlanadi ularning
uyida. Biroq, o’zlari
xohlagancha ishlata
olishmaydi. Bu baxtmi yoki
baxtsizlik? Harholda nima
deb yozarkin, u boyvochcha?
Bunaqa gaplarga Zoir usta
qotirib tashlaydi. Umuman,
baxtli bola u. Ota-onasi
injener, uyda o’zi-yu singlisi.
Gazetaga habar yozadi. Nima
istasa shunga erishadi.
Ergash-chi? Otasi aravakash.
Dars tugashi bilan
somonbozorga yuguradi.
Shuni yozadimi? Agar
Dilfuzalarga ham shu mavzu
berilsa u nimani yozadi? Ikki
oyog’I qirqib tashlangan
otasining injiqliklari, onasiz
qolishning naqadar
baxtsizlik ekanini bayon
qiladimi? Hosh, o’zim-chi?
O’zim nimani yozay, kechagi
voqeanimi yo otam bilan
to’yma-to’y yurishimnimi?
Otamning o’yinchi xotinga
suykalishinimi? Ming la’nat!”
Asror hayo’liga kelgan
fikrdan titrab, o’zini
tutolmay qoldi. Ruchkani stol
ustiga taq etib urdi. O’ziga
tikilgan nigohlarni tuyib,
boshini egdi. U sinfda o’tira
olmasligini sezib, shart
o’rnidan turdi-da, chiqib
ketdi…"
Bolalikning ko'chalari ko'zdan
o'tar...
Umr karvon to'xtamaydi mangu
ketar....
Yuragimga zilday sog'inch
tig'day botar
Ayt sho'xligim sen ham meni
sog'indingmi....????