Shahar. Chiroyli kiyinib
olgan bir qiz taksi töxtatdi.
Qölida chiroyli guldasta. -Iltimos,
faqat tezroq haydang. Men
tug'ilgan kunga kech qolyapman,
soat 15:00 gacha yetib borishim
kerak. Bugun sevganimning
tug'ilgan kuni. -Xöp singlim,
manzilni ayting. -Qabristonga...
Haydovchi oynadan qizga qaradi.
Qiz közida yosh bilan yigiti bir oy
oldin halok bölganini va tushiga
kirib, agar meni sog'ingan
bölsang ertaga 15:00 da
tug'ilgan kunimga kel, deganini
aytdi. Haydovchi ma'yus bosh
chayqab, mashinani qabriston
tomon haydadi. 14:45. Yöl
tirband. Haydovchi: -
Ulgurmaymiz singlim. -Hechqisi
yo'q, buyog'i yaqin qoldi, piyoda
yetib olaman,- deb qiz
mashinadan tushib piyoda ketdi.
Yöl ancha böshaganidan keyin
haydovchi yölida davom etdi.
Shahar qabristoni yonidan
ötayotib yölda ösha guldasta va
yonida ösha qizni jonsiz holda
bir mashina ostida körib avariya
bölganini bildi. Haydovchi
soatiga qaradi: 15:00. -
Ulguribdi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3