Turobjon eshikdan hovliqib kirar
ekan, qalami yaktagining yengi
zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi.
Uning shashti qaytdi. Jo‘xori
tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi
tugunchani ko‘rib, kelisopni
kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli
lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan
jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon
tugunchani orqasiga bekitib,
tegishdi:
— Akajon, degin!
— Akajon! Jo-on aka!..
— Nima berasan?
— Umrimning yarmini beraman!..
Turobjon tugunchani berdi.
Xotini shu yerning o‘zida, eshik
oldida o‘tirib tugunchani ochdi-
da, birdan bo‘shashib ketdi va
sekin boshini ko‘tarib eriga
qaradi. O’z qilmishiga gerdayib
turgan Turobjon uning ko‘zini
jiqqa yosh ko‘rib:
— Nima ekanini bildingmi?—
dedi.— Asalarining uyasi!
Turgan-bitgani asal! Mana, mana,
siqsang asal oqadi. Bunisi oq
mum, harom emas — shimsa
ham bo‘ladi, chaynasa ham
bo‘ladi.
Xotin yengini tishlab bir nuqtaga
qaraganicha qoldi.
— Yo, qudratingdan, ishonmaydi-
ya!—dedi Turobjon
keltirgan matoini titkilab. —
Mana, chaynab ko‘r! Ko‘rgin,
bo‘lmasa innaykeyin degin...
Turobjon qizardi. U bir zamon
betob o‘rtog‘ini yo‘qlab eltgan
tarvuzini, bemaza chiqqan bo‘lsa
kerak, sigirning oxurida ko‘rib
shunday xijolat bo‘lgan edi.
Hovli yuzida aylanib yurgan
oqsoq mushuk to‘kilgan jo‘xorini
iskab ko‘rdi, ma’qul bo‘lmadi
shekilli, Turobjonga qarab
shikoyagomuz «myau» dedi.
— Tur, jo‘xoringga qara! Uni ko‘r,
mushuk tegdi.
Xotin turayotib baralla yig‘lab
yubordi.
— Bu yer yutkur qanday balo
ekan!.. Odamlarday
gulutaga, tuzga, kesakka
boshqorong‘i bo‘lsam-chi!
Turobjon do‘ppisini boshidan
oldi va qoqmoqchi bo‘lganida
ko‘zi yirtiq yengiga tushdi, yuragi
achidi: endi uch-to‘rt suv yuvilgan
yangigina yaktak edi!
— Axir, boshqorong‘i bo‘l, evida
bo‘l-da!—dedi do‘ppisini
qoqmasdan boshiga kiyib. —
Anor, anor... Bir qadoq anor falon
pul bo‘lsa! Saharimardondan suv
tashib, o‘tin yorib, o‘t yoqib bir
oyda oladiganim o‘n sakkiz tanga
pul. Akam bo‘lmasa, ukam
bo‘lmasa...
Er-xotin tek qolishdi. Xotin
jo‘xorini tuyib bo‘ldi, uni kelidan
togorachaga solayotib to‘ng‘illadi:
— Havasga anor yeydi deysiz,
shekilli...
— Bilaman... Axir, nima qilay?
Xo‘jayinimni o‘ldirib pulini olaymi,
o‘zimni hindiga garov qo‘yaymi?
G’alatimisan o‘zing?
Xotin ovqatga unnadi, erining
«boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-
da», degani unga juda alam qildi,
xo‘rligi keldi, o‘pkasi to‘ldi.
Ovqat pishdi. Qozonning zangi
chiqib qoraygan go‘jaga qatiq
ham rang kirgizolmadi. Turobjon
ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz
bir kosani yarimlatolmas edi.
Uning imillashini ko‘rib
Turobjonning ko‘ziga negadir
oqsoq mushuk ko‘rindi. Mushuk
yirtilgan yengini esiga tushirdi,
avzoyi buzildi. Uning avzoyidan
«esiz jo‘xori, qatiq, o‘tin» degan
ma’noni anglab xotin, ko‘ngli
tortmasligiga qaramasdan,
kosani bo‘shatdi, ammo darhol
tom orqasiga o‘tib ko‘zlari
qizargan, chakka tomirlari
chiqqan holda qaytdi.
— Hali tug‘ilmagan bolani yer
yutkur deding-a, — dedi
Turobjon borgan sayin tutaqib.
Xotin indamay dasturxonni
yig‘ishtirib oldi, qozonga suv
quyayotib, eshitilar-eshitilmas
dedi:
— O’sha asalning puliga anor
ham berar edi.
— Berar edi! — dedi Turobjon
zaharxanda qilib. — Anor olmay
asal oldim!
— Albatta berar edi! Albatta anor
olmay, asal olgansiz!
Mana shunday vaqtlarda til qotib
og‘izda aylanmay qoladi, mabodo
aylansa, mushtning xizmatini
qiladi.
— Ajab qildim, — dedi Turobjon
titrab, — jigarlaring ezilib ketsin!
Bu so‘z unga qanday ta’sir
qilganini faqat boshqorong‘i
xotingina biladi. Turobjon bu
gapni aytdi-yu, xotinining
ahvolini ko‘rib achchig‘idan
tushdi, agar izzat-nafs qo‘ysa
hozir borib uning boshini silar va:
«Qo‘y, xafa bo‘lma, jahl ustida
aytdim», der edi.
— Kishining yuragini qon qilib
yuborasan, — dedi anchadan
keyin. — Nainki men asal olsam!
Asal otliqqa yo‘q, hali biz piyoda-
ku! Xo‘jayinga bir oshnasi sovg‘a
qilib kelgan ekan, bildirmasdan...
o‘zidan so‘rab oz-rog‘ini oldim...
O’zi berdi. Tansiq narsa, xursand
bo‘larmikansan debman. Yo
tansiq emasmi? Umringda necha
marta asal yegansan? O’zim
umrimda bir marta yeganman:
Shokirxo‘ja qandolatchi asal
qiyom qildirayotganda qozoniga
ammamning jo‘jasi tushib
ketgandi, shu jo‘jani
yalaganman...
Turobjonning bu so‘zlari
xotinining qulog‘iga notayin bir
g‘uldirash bo‘lib kirar edi. Uning
Turobjon bilan uy qilganiga uch
yil bo‘lib kelayotir, nazarida, bu
odam shu uch yildan beri
g‘uldirab kelgan, hozirgisi
shuning davomiday edi. Ittifoqo,
bu kun, nima bo‘ldi-yu, uch so‘zni
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1