Bir yigit shunday hikoya qiladi:
"Juma tongida onajonimning:
"Bugun muborak kun, vaqtli
turib ibodatingni qilgin,”degan
ovozidan uyg’onib ketdim.
O’rnimdan turarkanman, ko’rgan
tushimni esalshga harakat
qildim. Tushimda mashinani tez
haydab ketayotgan ekanman.
Birdan ro’paramda ikki yo’l
chiqdi. O’ng tomondagi yo’ldan
shundayin bir nur taralardiki,
hayratda qoldim. Qay tomon
yurishni bilmay turganimda
onajonim uyg’otib yubordilar.
Namozdan keyin nonushta
qilgach, ishga jo’nadim. "Yaxshi
borib kel o’glim! Doimo Allohni
yod et. Hech esingdan
chiqazmaginki,doimo u Zot
sening madadkoring bo’ladi”,
deya fotiha berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor aka juda
jiddiy, salobatli kishi. Birinchi
ko’rganimda u kishini oldilarida
ozgina dovdiradim ham. G’alati
odam ekan, birovni xafa
qilmaydi, maqtamaydi ham.
Nima demoqchi ekanini ko’z
qarashidan bilaman. Yo’lda ketar
ekanmiz, Baxtiyor aka peshin
payti uchrashuvi borligini
tayinladi.
"Xo’p”deyishimga qaramay,
meni "Bugun juma, xo’jayinni
uchrashuvga olib borsam, juma
namoziga ulgurmay qolaman,
endi nima qildim?”, degan o’y
qiynay boshladi.
Belgilangan uchrashuvgaboorish
uchun ketayotganimizda
oldimda turgan manzarani ko’rib,
hayratdan yoqa ushladim: "Axir
bu tushimdagi yo’llar-ku! O’ng
tomondagisida masjid, to’grida
keti ko’rinmas yo’l…”. odamlar
masjid tomon oqib ketayotir.
"Allohim menga madad ber!
Nimaqilay, moshinani masjid
tomon buraymi, yoki xo’jayinni
manziliga olib boraymi?!” "Yo
Parvardigorim, O’zing meni
qo’lla”, deya moshinani masjid
tomonburdim. Baxtiyor aka
xayron bo’lib:
"Qayoqqa yurding, to’g’riga
ketishimiz kerak-ku?”, dedi. Men:
"Baxtiyor aka,bugun juma,
shundoq juma namozini o’qib
chiqay”, deganimni bilaman u
kishining rangi o’zgarib ketdi:
"Jinni bo’lganmisan, soatbirda
muhim uchrashuvim bor”. Bor
kuchimni to’plab: "Baxtiyor aka,
mana kalit, men jumaga kech
qolamay”, degancha masjid
tomon yugurdim.Yelkamdan tog’
ag’darilganday yengil bo’ldim,
ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga qo’shildim.
Ko’zlarim hech narsani ko’rmas,
quloqlarim eshitmas edi.Xuddi
Rabbimning qarshisida yolg’iz
turgandek edim. Bu halovatni
tushuntirib berish qiyin.
Namozdan keyin ko’zlarimda
yosh bilan duo qildim: "Ey,
Allohim, meni hech qachon ikki
yo’l orasida qoldirma, O’zing
to’g’ri yo’ldan adashtirma!
O’zingdan boshqaga muhtoj
qilma!”
Duodan keyin o’zimga kelib, sal
narida o’tirgan kishiga ko’zim
tushdi. Qo’lidagi uzuk tanish
edi.Hayajon ichra uning
yuzlariga boqdim. Ne ko’z bilan
qarayki, u boshlig’im Baxtiyor
aka edi. Juma ayyomi bilan
qutlab, meni quchog’iga oldi…”
Musulmonlar taqvim kitobi #
aziz Musilmonlar, bu dunyoni ishi
hecham tugamaydi... Shunday
ekan barchamiz iymonli
bo'laylik ... Bu dunyoni ishlarini
loaqal 1 soatga o'ylamasdan
Jum'a namozlariga borishni
bizga olloh hidoyat qilsin!
Barchamizga Alloh yor bo'lsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1