Bir kishi bir oz pulga muhtoj
bo‘lib qoldi, do‘stidan
yordam olish maqsadida
uning uyiga kelib eshikni
taqillatdi. Do‘sti chiqib, u
bilan ko‘rishdi, uyga taklif
qilsa ham u kishi qabul
qilmay:
— Do‘stim, meni kechir, uyga
qilgan taklifingni hozircha
qabul eta olmayman, vaqtim
ziq. Bir kishidan yuz so‘m
qarzdor edim, bugun kelib
pulini qistadi. Qo‘limda pul
yo‘q edi. Shuning uchun
sening huzuringga keldim,
yordam etarsan deb umid
qilaman,— dedi.
Uy egasi darhol ichkaridan
yuz so‘m olib chiqib,
do‘stining qo‘liga berdi.
— Do‘stim, biror narsaga
muhtoj bo‘lib qolsang,
mendan yashirma, qo‘limdan
kelgancha yordam berishga
tayyorman,— deb do‘stining
ko‘nglini ko‘tardi. Do‘sti
xursand bo‘lib, u bilan
xayrlashib uyiga qaytdi.
Uy egasi do‘sti qaytib
ketgandan keyin yig‘lab
uyiga kirdi. Xotini: «Erim
ko‘p pul berib yuborganiga
pushaymon qilib
yig‘layotgan bo‘lsa kerak»,—
deb eriga:
— Biror narsani bahona qilib
pul bermasdan qaytarib
yuborsangiz bo‘lmasmidi?
Endi pushaymon qilib
yig‘laysiz,— degan edi, eri
shunday javob berdi:
— Yo‘q, sen o‘ylagancha
emas, do‘stim pulga muhtoj
bo‘lib qolganini
bilmaganman. U kelib
so‘ramasdan oldin o‘zim
borib:
— Do‘stim, biror narsaga
muhtojmisan, tortinma, ayt,
— deb so‘rashim kerak edi,—
g‘aflatda qolganimga achinib
yig‘layman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев