"Bir-ikki oy
oldin avval ancha yaqin bo'lgan
bir tanishimni ko'rib gaplashib
qoldim. Maktabda o'qib yurgan
kezlarimizda o'zidan bir-ikki yosh
katta bir yigit bilan gaplashib
yurar, ularning munosabati shu
qadar samimiy ediki hamma
ularni keyinchalik albatta turmush
qurishadi deb o'ylardi. Maktabni
bitirib har yoqqa tarqalib ketdik.
Dugonam Samarqanddagi
institutlardan biriga kirdi. Men
Toshkentga ketdim. Ish-o'qish
bahona uchrashmay ketdik. Keyin
eshitsam bir kursdoshiga
turmushga chiqib boshka
tumanlik bo'lib ketibdi.
Uchrashganimizda birinchi
gapirgani o'sha yigit bo'ldi. Men
xayron qolib "Xali ham esingdan
chiqmabdi. Nega o'shanga
turmushga chiqmagandingq”
deb so'radim. "O'qishga kirgach
u bilan mening oramizda katta
farq borga o'xshab ko'ringandi.-
dedi u. Keyin qo'shib qo'ydi
-”Qizig'i shundaki keyinchalik
turmush o'rtog'imni faqat unga
solishtiradigan bo'ldim. Uni
ko'rgim kelaverardi. Yaqin bir
yildan buyon esa tez-tez
tushimga kiradigan bo'lib qoldi.
Yaqinda eshitsam xozir og'ir
kasal bo'lib qolibdi.Tushimga
kirgani bejiz emas ekan”. Xullas,
dugonam menga yana dardlarini
aytib nima qilishni so'radi. Siz
unga nima derdingiz?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9