Bugun mening anduhim do'stim
Sevmaslikka yetmadi kuchim
Kechir meni og'ringan ko'nglim
Yana mashshoq qildi muxabbat
Qo'llarimga tutqazib torim
Beayovdir ishqim beshavqat
Kechir meni yo'qolgan borim
Ayro qoldim yana quvonchdan
G'am-g'ussaga ulanar kunim
Beqarordir yana g'ururim
Kechir meni iymangan dilim
Qaytib keldi sayyor baloyim
Hayotim tinch, bo'lganda so'lim
Makkor ekan bilsam muxabbat
Kechir meni ishongan ko'nglim
Armon dilda topajak qo'nim
Ham ko'markan qayta orzuyim
Yana jazoladim seni ishonchim
Kechir meni soddadil ishqim
Alg'ov-dalg'ov yana so'zlarim
Tilkalanar sevgidan jismim
Sevmaslikka yetmadi kuchim
Kechir meni aldangan sevgim
So'nggi najot tark etib jonim
Ozor bo'lar armondan bir dil
Sevmaslikka yetmadi kuchim
Kechir meni og'ringan ko'nglim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев